16.09.2020 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Filial Toshkent davlat agrar universitetining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida Filialning professor-o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarining malakasini oshirish va stajirovkalarini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafedralar ixtisosligi bo‘yicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va to‘garaklarni, shuningdek, “Yosh olimlar klubi”ni (Young Scholars Club) tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga o‘qishga va stajirovkaga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va boshqaruv jarayonini tashkil va nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy qilish, talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun masofaviy o‘qitish shaklini tatbiq etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalarning mustaqil o‘quv va amaliy faoliyatini (keys-stadi, kouching va boshqalar) rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ishlarning bajarilishini rag‘batlantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim (double degree) dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli yosh bitiruvchilarni respublika va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning magistratura va doktoranturasiga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida 2020/2021 o‘quv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlashning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Filialga talabalar respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish, bunda ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qishni hamda haftaning shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq Filialning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial professor-o‘qituvchilarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlanishini hamda amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarning hozirgi bosqichiga hamohang tarzda yangi avlod darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari turkumini xorijiy olimlar, oliy ta’lim va agrar sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, o‘quv rejalari va dasturlarini yangilash hamda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning axborot-resurs markazini o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 o‘quv yilida Filialning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va samarali faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari hamda xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni saqlash xarajatlari 2020-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2021-yildan boshlab mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari va inshootlari, o‘quv-laboratoriya jihozlari va yotoqxona mebellarini Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga boshqa hududlardan ishga qabul qilinadigan professor-o‘qituvchilarni Filialda faoliyat yuritgan davrda turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda talabalarning o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlarini, professor-o‘qituvchilarning hamda ilmiy tadqiqotchilarning dala tajribalari va ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida “Axborot maslahat markazi”ni (Extension center) tashkil etish uchun 50 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
556-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 556-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida 2020/2021 o‘quv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlashning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QABUL KVOTASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yo‘nalish shifri

Ta’lim yo‘nalishi

Qabul kvotasi

shundan

davlat granti

to‘lov-kontrakt

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

1.

5230100

Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)

50

10

40

2.

5230900

Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

25

5

20

3.

52332500

Logistika (agrologistika)

25

5

20

4.

5233300

Agrobiznes va investitsion faoliyat

25

5

20

5.

5410100

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

25

5

20

6.

5410200

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

50

10

40

7.

5410300

O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

50

10

40

8.

5410400

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

25

5

20

9.

5410500

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

25

5

20

10.

5411000

Mevachilik va uzumchilik

25

5

20

11.

5411500

O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

25

5

20

12.

5411600

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

25

5

20

13.

5411700

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

25

5

20

14.

5430100

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

25

5

20

15.

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

25

5

20

16.

5610300

Turizm (agroturizm)

25

5

20

Jami:

475

95

380

Magistratura mutaxassisliklari

1.

5A410101

Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)

3

3

2.

5A410102

Agrokimyo

3

3

3.

5A410201

Agronomiya

3

3

4.

5A410202

O‘simlikshunoslik (ekin guruhlari bo‘yicha)

4

4

5.

5A410301

O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha)

4

4

6.

5A410401

Seleksiya va urug‘chilik (ekin guruhlari bo‘yicha)

4

4

7.

5A410501

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

4

4

8.

5A411001

Sabzavotchilik va polizchilik

4

4

9.

5A411002

Mevachilik

4

4

10.

5A411701

Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

3

3

11.

5A430101

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

4

4

Jami:

40

40

Hammasi:

515

135

380

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/556/1289-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)