Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Papenburg Uzbekistan” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-avgustdagi 471-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4145-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-sentabr,
551-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-sentabrdagi 551-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Papenburg Uzbekistan” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-avgustdagi 471-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 2-banddagi “6,1” raqami “8,3” raqami bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
“41.Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyat xokimligi ikki hafta muddatda qurilish ishlarida sifatli va arzon inert materiallarini ishlab chiqarish maqsadida Chirchiq (1989) qum-shagʻal aralashmasi konida joylashgan “Xoʻkiz orol” hududidagi Xalqaro quyosh energiyasi institutining tajriba laboratoriyasiga tegishli 20 gektar yer maydonini “Papenburg Uzbekistan” MChJga ajratsin xamda yer qaʼridan foydalanish uchun tegishli litsenziya rasmiylashtirsin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 09/20/551/1277-son)