25.08.2020 yildagi KQ-118-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 25.08.2020 yildagi KQ-118-IV-son
Kuchga kirish sanasi
25.08.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarining ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda oʻtgan qisqa davrda qonunchilik bazasini tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 1-iyulidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda “paket” prinsipi tatbiq etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish maqsadida Senat qoʻmitalari tomonidan qator qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganildi va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillar ayrim qonunlarda qayta oʻrganib chiqilishi hamda takomillashtirilishi lozim boʻlgan normalar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarning toifalari, madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazish jarayoni, ularga qoʻyiladigan talablar, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikka doir qoidalar belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish jarayonidagi munosabatlarning shaffofligini taʼminlashga xizmat qiluvchi zamonaviy uslublar nazarda tutilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazishga doir talablar koʻrsatilmagan, buning oqibatida esa madaniy boyliklarni noqonuniy yoʻllar bilan olib chiqish va olib kirish, milliy mentalityetimizga zid boʻlgan (pornografik mazmundagi) ashyolarni olib kirish holatlari koʻpaymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik huquqini olish va uni muhofaza qilishga doir jarayonlarni zamonaviy raqamli texnologiyalar vositasida amalga oshirishga doir qoidalar belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asarlarga boʻlgan mualliflik huquqining ijtimoiy mulkka aylanishiga doir qoidalar toʻliq koʻrsatilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmogʻida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasiga doir normalar aks ettirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida maqsadli dori vositalari va tibbiy buyumlarga boʻlgan ehtiyojning taʼminlanishini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari sifatida belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiyot muassalari tomonidan oʻz hududidagi tugish yoshidagi ayollarning ehtiyojiga asosan kontratsepsiya vositalarini oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishi oʻz ifodasini topmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, ayrim qonunlarda aniq mexanizmlarning aks ettirilmasligi, havolaki normalarning mavjudligi va sohaning asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi amaliyotda koʻplab muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda 8 ta havolaki norma mavjud boʻlib, ularning 3 tasi muayyan qonun hujjatlariga, 5 tasi esa Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga havola tarzida rasmiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan boʻlsa-da, mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan 20 ga yaqin qonunosti hujjatlari amalda boʻlib, ularda bir-biriga zid normalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada davlat xaridlari boʻyicha tegishli xarid qilish tartib- taomillarini oʻtkazmasdan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish amaliyoti, ayrim xususiy tijorat banklarining mijozlarning hisob raqamlaridagi mablagʻlaridan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish holatlari hamon kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ — Moliya vazirligi deb belgilangan boʻlsa, Qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, qonunlarda belgilangan tushunchalar bilan qonunosti hujjatlarida keltirilgan tushunchalar oʻrtasida nomuvofiqliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomda keltirilgan “Davlat chegarasi” tushunchasiga taʼrif “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunda keltirilgan “Davlat chegarasi” tushunchasiga nomuvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, qabul qilingan ayrim qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan normalar amaliyotda qoʻllanilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun 2019-yil yanvarda kuchga kirgan boʻlsa-da, bugungi kunga qadar mediatorlarning faoliyati, ular tomonidan koʻrilgan nizoli ishlar boʻyicha statistik maʼlumotlar yuritilmaydi. Mediatsiya mexanizmlari haqida jamoatchilikning xabardorlik darajasi pastligi natijasida u nizolarni hal etuvchi muqobil institutga aylana olmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada bugungi kunda professional mediatorlar faqatgina Toshkent shahrida (20 nafar), Toshkent (2 nafar), Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida (1 nafardan) faoliyat yuritmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman olganda, qonunlarda toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi normalarning yetarli emasligi, aksariyat sohadagi munosabatlar qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinishi huquqni qoʻllash amaliyotida turli xil muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, qonunlardagi ayrim normalarning amalda ishlamasligiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, ayrim davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qonunlarga zid, amalga oshirish mexanizmlari ochib berilmagan, huquqiy ziddiyat, sansalorlik va suiisteʼmollik holatlarini keltirib chiqaradigan, mamlakatdagi vaziyat va dunyoda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni inobatga olmasdan, hujjatlar loyihalarini joylashtirayotganligi natijasida koʻplab salbiy munosabatlar bildirilib, keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Senat qoʻmitalari tomonidan qonun hujjatlarining ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar 1 — 11 ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin hamda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 11-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga hujjatlar loyihalarini vazirlik va idoralar bilan kelishilganidan soʻng joylashtirish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy sugʻurta hisobidan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tugʻish va davolanish kabi holatlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonunga olib chiqiladigan (vaqtincha olib chiqiladigan) va olib kiriladigan (vaqtincha olib kiriladigan) madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilashga oid qonun loyihasini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan yetkazilgan zarar uchun toʻlanadigan tovon miqdorini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunga professional va noprofessional mediatorlarga qoʻyilgan talablar, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni qonunosti hujjatlar bilan tartibga solish amaliyotiga chek qoʻyish maqsadida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish choralarini koʻrsin hamda ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida joriy yilning 15-dekabriga qadar axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norma ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy tartib-taomillar sohasini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarini tubdan qayta koʻrib chiqqan holda ularni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ijrosi monitoringini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiluvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni bosqichma-bosqich qisqartirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda “paket” prinsipiga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (B. Matmuratov) adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish doirasida qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish masalalarini chuqur tahlil qilib, keng muhokama qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib, banklar faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yagona kodeksga birlashtirish masalasini oʻrganib chiqsin va taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha mazkur Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-118-IV-son