Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Buyurtmachi | Mo‘ljallangan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati materiallarini Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga Internet jahon axborot tarmog‘idaorqali taqdim qiladi. | zarur bo‘lganda | |||
2-bosqich | Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari | Taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiqligi va atrof muhitga ta’sir bo‘yicha toifa to‘g‘ri aniqlanganligi yuzasidan ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha: hujjatlar muvofiq bo‘lganda — to‘lovni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlab beradi; hujjatlar muvofiq bo‘lmagan taqdirda — qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda buyurtmachini xabardor qiladi. | 1 ish kunida | |||
3-bosqich | Buyurtmachi | Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ushbu Nizomning 58-bandida belgilangan to‘lovni amalga oshiradi. | 5 kun ichida | |||
4-bosqich | Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari | 1. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ularning natijasi ijobiy bo‘lganida davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. 2. Ko‘rib chiqish natijasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etgan holda loyihani qayta ishlab chiqish haqida javob tayyorlanib, buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. | I toifa — 20 kun II toifa — 15 kun III toifa — 10 kun IV toifa — 5 kun | |||
5-bosqich | Buyurtmachi | Loyihadagi kamchiliklarni bartaraf etib, tegishli hujjatlarni elektron shaklda to‘lovsiz qayta taqdim qiladi. | 60 kun ichida | |||
6-bosqich | Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari | Davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan qayta taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ularning natijasida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi: davlat ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi; loyihani rad etish haqida davlat ekologik ekspertiza xulosasi tayyorlanadi va buyurtmachining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. | I toifa — 10 kun II toifa — 7 kun III toifa — 5 kun IV toifa — 3 kun |
ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Buyurtmachi | Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarining texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume shaklida ilova qilingan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish yuzasidan arizani Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlariga taqdim qiladi. | Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin | |||
2-bosqich | Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari | Arizani qabul qiladi, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish zarur ekanligini aniqlagan taqdirda tegishli jamoatchilik eshituvlari tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimliklari)ga jamoatchilik eshituvini tashkil etish uchun jo‘natadi. | 2 ish kunida | |||
3-bosqich | Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimligi) | 1. Buyurtmachi bilan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilaydi. 2. Buyurtmachi va Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqti haqida xabarnomani jo‘natadi. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish vaqti va joyi haqidagi ma’lumotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi. | 1 ish kunida 2 ish kunida | |||
4-bosqich | Buyurtmachi | Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi haqidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi, shuningdek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xabardor qilishning boshqa usullaridan foydalanadi. | Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 20 kun oldin | |||
5-bosqich | Jamoat eshituvi tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimligi) | 1. Jamoatchilik eshituvini tashkil etadi, o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtiradi va uning nusxasini buyurtmachiga taqdim qiladi. 2. O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan bayonnomaning bir nusxasini Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organiga jo‘natadi. | 5 ish kunida 2 ish kunida |