03.09.2020 yildagi PQ-4818-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bugungi kunda sudlarda ishlarni koʻrishda koʻpgina vazirlik va idoralar bilan maʼlumot almashinuvi ularning axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinmaganligi sababli asosan qogʻoz shaklida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar oʻrtasida maʼlumot almashinuvini yaxshilash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3250-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2020-yillarda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturining ijrosi natijasida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar oʻrtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internet tarmogʻida eʼlon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichdagi vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni koʻrib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini taʼminlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarda odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning tezkorlik bilan olinishini taʼminlash uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan elektron maʼlumotlar almashinuvini yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish boʻyicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash, xizmat axborotlari va maʼlumotlarini kompleks himoya qilish boʻyicha choralarni kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 ― 2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi (keyingi oʻrinlarda ― Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish boʻyicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatik ravishda taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab sud qarorlarini ish boʻyicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi boʻyicha esa qogʻoz shaklida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar, Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yanada yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda ― “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28 ta davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari axborot tizimlarini Oliy sudning axborot tizimiga bosqichma-bosqich ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladigan maʼlumotlarni elektron shaklda yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan ishni koʻrish jarayonida zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni fuqarolarni ovora qilmagan holda sudlar tomonidan bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar tomonidan jarimalarni kamaytirish yoki ularni qoʻllamaslik masalalarini koʻrib chiqishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va boshqa axborot tizimlarining integratsiyasi orqali fuqaroning mulkiy holati va ijtimoiy ahvoli haqidagi ishonchli maʼlumotlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilashda tumanlar kesimida oʻrtacha oylik ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oliy sud axborot tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi mavjud maʼlumotlar sudlarning elektron soʻrovi boʻyicha bepul asosda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2022-yil 1-yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga daʼvo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslar tomonidan daʼvo, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlisi ishtirokchilari tomonidan maʼlumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy sud 2020-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqsin va uni amaliyotga joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalarida maxsus xonalarni mahbuslarning sud majlislarida va sud rahbariyati qabullarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishlari imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudning 2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalar oliy kengashiga sudyalar, sudyalik lavozimlariga nomzodlar tomonidan elektron murojaat qilish, suhbat jarayonida beriladigan savollar va vazifalarni axborot tizimi yordamida avtomatlashtirilgan holda tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalar oliy maktabiga uning rasmiy veb-sayti orqali ariza va murojaatlarni yoʻllash, professor-oʻqituvchilar va tinglovchilarning reyting koʻrsatkichlarini elektron tarzda shakllantirish, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining oʻquv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tartibini oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi hamda uning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar zimmasiga sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi rejalashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish hamda ularning axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, axborot tizimlarini ishlab chiqish Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy maktabining buyurtmasi asosida doimiy ravishda “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi hamda uning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi, ularni ishlab chiqish uchun shartnomalar belgilangan tartibda tuziladi hamda shartnoma narxi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan oʻrtacha bozor narxi asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududlarda sudyalar hamda sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar keyingi yil uchun sudyalar hamda sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish yuzasidan hududlar kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudyalar oliy maktabi bir oy muddatda sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish boʻyicha tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv dasturlariga sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha alohida oʻquv modulini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tizimi uchun dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlarning mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter, server va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning samarali ijro etilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi (K. Kamilov) va Sudyalar oliy kengashi raisi (X. Yodgorov) Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari yigʻilishida hamda xalqaro anjumanlarda sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirishdagi ahamiyatini muhokama qilsin, shuningdek sudyalar va sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi (K. Kamilov), axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri (Sh. Sadikov) Dastur va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari (L. Qudratov) Oliy sud raisi (K. Kamilov) bilan birgalikda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha qarorda belgilangan loyihalar va tadbirlar ijrosini taʼminlash uchun xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlar mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi (O. Umarov) Dastur va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (A. Xodjayev) Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda aholi, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamjamiyati orasida sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlari hamda ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlar haqida keng targʻibot ishlarini, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy roliklarni muntazam ravishda joylashtirish choralarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oliy sud manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4818-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentabrdagi PQ-4818-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 ― 2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Baholangan qiymati*

(mln soʻm)

Moliyalashtirish manbasi**

Masʼul tashkilotlar

I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yanada rivojlantirish

1.

Sudyalar va sud xodimlarini zamonaviy kompyuter va idora texnikasi bilan zarur miqdorda taʼminlash.

1. Kompyuter va idora texnikasiga boʻlgan talabni aniqlash

2020-yil

31-dekabr

Inventarizatsiya yakuniga koʻra aniqlanadi

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Kompyuter va idora texnikasini belgilangan tartibda xarid qilish

2021-yil
1-iyul

2.

“Oʻzbektelekom” AKning Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari (Data-sentr)da sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy taʼminotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarini belgilangan tartibda zaxiralashni tashkil qilish.

1. Tegishli hujjatlarni tasdiqlash

2021-yil
1-aprel

Kelishuv asosida aniqlanadi

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsudov),

“Oʻzbektelekom” AK

(N. Xasanov),

Oliy sud

(B. Isakov)

2. Server uskunalarini ishga tushirish

2021-yil
1-iyul

3.

Sudning axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarining axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash, xizmat axborotlari va maʼlumotlarini kompleks himoya qilish boʻyicha choralarni kuchaytirish.

1. Axborot xavfsizligi zaifligini oʻrganish va tahlil qilish

2022-yil
31-dekabr

Tahlil yakuniga koʻra aniqlanadi

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(B. Olmatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(D. Chichenkov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Zarur uskunalar va dasturiy taʼminotlarni xarid qilish

2023-yil
1-iyul

4.

Fuqarolarga sud binosidan turib sudlar tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida sud bi�olariga maxsus terminallar oʻrnatish.

1. Terminal parametrlarini tasdiqlash

2021-yil

1-iyul

6000,0

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

L. Qudratov)

2. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2021-yil
31-dekabr

3. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2022-yil
1-iyul

5.

Murojaat qiluvchilar oqimi yuqori boʻlgan sud binolariga murojaatlarni qabul qilish va hujjatlarni berishda elektron navbat uskunasini oʻrnatish.

1. Elektron navbat uskunalari oʻrnatilishi lozim boʻlgan sud binolarini aniqlash

2021-yil
1-iyul

Inventarizatsiya yakuniga koʻra aniqlanadi

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov)

2. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2021-yil
31-dekabr

3. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2022-yil

1-iyul

6.

Sudlar faoliyatiga IP telefon tizimini joriy etish.

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2023-yil
1-yanvar

5000,0

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsudov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2023-yil
31-dekabr

7.

Tashrif buyuruvchilar uchun sud binolarini Wi-Fi tarmogʻi bilan taʼminlash.

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2021-yil
1-iyul

200,0

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsudov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2021-yil
31-dekabr

8.

Barcha sud zallarini sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish tizimi bilan taʼminlash uchun zarur uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish.

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2020-yil
1-oktabr

7000,0

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsudov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov)

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2020-yil
31-dekabr

9.

Videokonferensaloqa tizimi oʻrnatilmagan barcha sudlarni videokonferensaloqa tizimi bilan taʼminlash uchun zarur uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish:

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsudov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va harbiy sudlar;

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2021-yil
1-oktabr

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2022-yil
1-iyul

13975,0

fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar, maʼmuriy sudlar va iqtisodiy sudlar.

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2022-yil
1-iyul

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2023-yil
1-iyul

7500,0

10.

Sudyalar oliy maktabida simulyatsiya sud majlisi zaliga sud majlisini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etish hamda videokonferensaloqa tizimini joriy qilish orqali sud majlislarini oʻtkazishning oʻquv va namoyish etish imkoniyatini yaratish.

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2021-yil
1-aprel

150,0

Xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Sudyalar oliy maktabi

(H-M. Isoqov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2021-yil
1-oktabr

11.

Quyidagi holatlarning tezkor monitoringini olib borish maqsadida Oliy sud binosida Vaziyatli markaz yaratish:

murojaatlarning oʻz vaqtida roʻyxatga olinishi va ishlarning sudyalar oʻrtasida avtomatik tarzda taqsimlanishini;

ishlarni koʻrishda sudyalar tomonidan protsessual tartib va muddatlarga rioya etilishini;

server uskunalari va dasturlarning ishlash holatini;

kiberxavf va ularning oldini olishni;

sud zallaridagi vaziyatni, jumladan sud majlislari oʻz vaqtida oʻtkazilishini.

1. Texnik topshiriq ishlab chiqish

2021-yil
31-dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2022-yil
1-aprel

3. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2022-yil
31-dekabr

400,0

4. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2023-yil
1-iyul

150,0

II. Sud hokimiyati organlari faoliyatini yanada raqamlashtirish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ular bilan elektron hamkorligini taʼminlash

12.

Oliy sudning mavjud axborot tizimlari negizida, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda yangi dasturiy platforma asosida quyidagilarni joriy etish orqali yagona “Adolat” axborot tizimlari kompleksini yaratish:

apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatik ravishda taqsimlash imkoniyatini yaratish;

sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish tizimini yaratish;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan axborot tizimi orqali jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va maʼmuriy sudlarga elektron murojaat qilish tizimini yaratish;

amaldagi axborot tizimlarining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning ish yurituviga oʻtkazish bilan bogʻliq qismlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

amaldagi axborot tizimlarining apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarini isloh qilish, nazorat tartibida ish yuritish institutini bekor qilish bilan bogʻliq qismlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

amaldagi sudlarning Elektron qabulxonasi tizimiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun axborot tizimlarining mobil versiyalarini yaratish;

sudya va sud xodimlarini yangiliklardan va sudlar faoliyatiga oid maʼlumotlardan xabardor qilish modulini joriy etish;

sudlarning moddiy texnik taʼminlash holati boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqish;

sud qarorlarini ish boʻyicha taraflarga onlayn tarzda taqdim etish imkonini beruvchi dasturiy modulni ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish

2021-yil
31-dekabr

4800,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2023-yil
31-dekabr

13.

“Adolat” axborot tizimlari kompleksi doirasida quyidagilarni joriy �tish:

elektron hujjatlar almashinuvi, murojaat va arizalarni elektron shaklda yuborish, sudyalik lavozimiga nomzodlar, vakant sudyalik lavozimlari hisobini yuritish, sudyalik lavozimiga tayinlash uchun oʻtkaziladigan suhbat jarayonini raqamlashtirishni oʻz ichiga olgan Sudyalar oliy kengashining axborot tizimini;

elektron hujjatlar almashinuvi, murojaat va arizalarni elektron shaklda yuborish, professor-oʻqituvchilar va tinglovchilarning reyting koʻrsatkichlarini elektron tarzda shakllantirish, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining oʻquv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tartibini oʻz ichiga olgan Sudyalar oliy maktabining axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish

2021-yil
1-aprel

3600,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Sudyalar oliy kengashi
(X. Yodgorov),

Sudyalar oliy maktabi

(H-M. Isoqov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2022-yil

1-yanvar

14.

Zamonaviy vositalar (gadjetlar)dan foydalangan holda sud majlislarida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil videokonferensaloqani joriy etish.

1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2020-yil
1-noyabr

200,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2020-yil
31-dekabr

15.

Videokonferensaloqa rejimi orqali jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan shaxslarni bevosita ular joylashgan joydan turib sud majlislarida, shuningdek sud rahbariyatining shaxsiy qabullarida ishtirokini taʼminlash tizimini yaratish.

1. Texnik loyiha ishlab chiqish

2020-yil
1-oktabr

1000,0

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xorijiy hamkorlar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(Sh. Sobirov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

Oliy sud
(I. Muslimov)

2. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish

2020-yil
1-noyabr

3. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish

2020-yil
31-dekabr

16.

Oliy sudning my.sud.uz interaktiv xizmatlar portalida “Sud xabarnomasi” xizmatini joriy qilish.

1. Texnik topshiriq ishlab chiqish

2020-yil
31-dekabr

150,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2021-yil
1-iyul

17.

Quyidagi interaktiv xizmatlarni joylashtirish orqali aholi va tadbirkorlar tomonidan sudning axborot tizimida ochilgan “Shaxsiy kabinet”idan foydalanish imkoniyatini oshirish:

billing elektron toʻlov tizimi;

davlat boji kalkulyatori;

sud qarorlari banki;

sudlarda koʻrilayotgan ishlarning onlayn jadvali;

foydalanuvchilarni turi boʻyicha ajratish (advokat, jismoniy shaxs, yuridik shaxs vakili va hokazo);

elektron ish yuborishda ERIdan foydalanish majburiyligini taʼminlash;

sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalarni elektron koʻrinishda yuborish;

foydalanuvchi ERIdan foydalangan holda daʼvo, ariza, shikoyat va iltimosnomalarni avtomatik ravishda shakllantirish.

1. Texnik topshiriq ishlab chiqish

2021-yil

1-aprel

500,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2022-yil

1-iyul

III. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur maʼlumotlar talab qilib olinadigan davlat organlari va tashkilotlari bilan maʼlumotlarning elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish

18.

Maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ishlarni elektron koʻrinishda shakllantirish boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2020-yil
1-noyabr

70,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(R. Maxmudova),

Ichki ishlar vazirligi
(Sh. Sobirov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2020-yil

31-dekabr

19.

Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha“yoʻl xaritasi”ga asosan sudlarda muayyan ishni koʻrish jarayonida zarur maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olishni joriy etish.

1. Ishlarni “Yoʻl xaritasi”ga asosan amalga oshirish

2021-yil
1-iyul

2000,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(I. Muslimov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Pekos),

tegishli vazirlik va idoralar

20.

Sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish tizimini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish

2022-yil

31-dekabr

150,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud
(B. Isakov),

“Uzarxiv” agentligi
(U. Yusupov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish

2023-yil

1-yanvar

21.

Sudlarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud hujjatlarini elektron shaklda, shuningdek “SMS” xabar hamda elektron pochta manziliga yuborish orqali ularni xabardor qilish tizimini yaratish.

1. Texnik topshiriq ishlab chiqish

2021-yil
1-mart

50,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud

(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2021-yil
1-oktabr

IV.Sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlaridan keng va samarali foydalanish boʻyicha tashkiliy tadbirlar

22.

Sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida aholi orasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish.

Trening, seminar, video roliklar ishlab chiqish va boshqa tadbirlarni tashkil etish

Doimiy

-

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),

Oliy sud
(B. Isakov),

MTRK

(A. Xodjayev)

23.

Sudlar faoliyatiga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash

2. Zarur hollarda tanlangan ilgʻor xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajribalarni oʻrganish

Alohida reja asosida

Zarur hollarda alohida hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda

Oliy sud
(B. Isakov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

24.

Sudlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga masʼul boʻlgan xodimlar malakasini doimiy tarzda oshirib borish.

Reja-grafikni tasdiqlash

Har yili

-

-

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
(T. Teshaboyev),

Oliy sud
(R. Maxmudova, I. Muslimov, B. Isakov)

Jami

52895,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Loyihalarni ijro etishning yakuniy qiymati loyiha hujjatlari tayyorlanishi va tasdiqlanishi, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilishidan keyin aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Chora-tadbirlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik yordam mablagʻlari va grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentabrdagi PQ-4818-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Koʻchmas mulkni va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berishga taqiq qoʻyish, mol-mulkni xatlash, shuningdek taqiqni (xatlovni) bekor qilish haqidagi maʼlumotlarni sud (sudya) tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish mexanizmini joriy etish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil fevral

2021-yil mart

Oliy sud
(I. Muslimov),

Adliya vazirligi
(B. Kuchkarov)

2.

Oliy sud va Davlat xizmatlari agentligining axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash, xususan:

jismoniy shaxslarning tugʻilganligi toʻgʻrisida;

jismoniy shaxslarning tuzilgan nikohlari toʻgʻrisida;

jismoniy shaxslarning nikohdan ajratilganligi toʻgʻrisida;

jismoniy shaxslarning oʻlimi toʻgʻrisida maʼlumotlar.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil yanvar

2021-yil fevral

Oliy sud
(I. Muslimov),

DXA
(N. Muxammadiyev)

3.

Odil sudlovni amalga oshirishda sud-ekspertiza muassasalari bilan sud ekspertizasini oʻtkazishga soʻrov yuborish, ekspertni sud majlisiga chaqirtirish, ekspert xulosalarini va sud ekspertlarining qoʻshimcha yoki boshqa zarur maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini qabul qilish imkonini beruvchi oʻzaro elektron maʼlumotlar almashinuvini joriy etish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil aprel

2021-yil may

Oliy sud
(I. Muslimov),

Adliya vazirligi
(B. Kuchkarov)

4.

Sudlar tomonidan pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi bilan oʻzaro elektron hamkorlikni taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil sentabr

2020-yil oktabr

Oliy sud
(I. Muslimov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Pekos),

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

(A. Fayzullayev)

5.

Ish haqi, budjet oldidagi soliq qarzdorligi va yuridik shaxslardagi mavjud ish oʻrinlari soni haqidagi maʼlumotlarni sudlar tomonidan elektron shaklda olinishini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi

(M. Mirzayev),

Oliy sud

(I. Muslimov)

6.

Sudlar va davlat arxivi oʻrtasida arxivda saqlanayotgan hujjatlarni olishga soʻrov yuborish va hujjatlarni arxivdan olish qismi boʻyicha elektron axborot almashinuvini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil mart

2021-yil aprel

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

7.

Axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda
sud majlisi ishtirokchilarini xabardor qilish hamda odil sudlovni samarali amalga oshirish maqsadida sud ajri�iga asosan soʻraladigan maʼlumotlarni (jumladan, ishtirokchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan mobil telefon raqamlari va pelengatsiya maʼlumotlari) almashishning elektron shaklini yoʻlga qoʻyish.

1.Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil iyun

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Oliy sud

(I. Muslimov),

vakolatli idora

8.

Sudlarga sud jarayoni ishtirokchisi haqida quyidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish:

pensiya va nafaqalar olish;

ijtimoiy himoya yagona reyestrida mavjudligi
(kam taʼminlangan);

shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil mart

2021-yil aprel

Pensiya jamgʻarmasi

(A. Xaydarov),

Xalq banki

(F. Salamov),

Oliy sud

(I. Muslimov),

Moliya vazirligi
(O. Isakov)

9.

Sudlarga sud jarayonlari ishtirokchilarining suv taʼminoti, kanalizatsiya xizmati, shuningdek issiqlik taʼminoti boʻyicha mavjud qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishvazirligi

(S. Saifnazarov),

Toshkent shahar hokimligi

(S. Abdullayev),

Oliy sud

(I. Muslimov)

10.

Sudlarga sud jarayonlari ishtirokchilarining gaz va energiya taʼminoti xizmatlari boʻyicha mavjud qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil noyabr


2020-yil dekabr

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),

“Oʻzbekneftegaz” AJ

(M. Abdullayev),

Oliy sud

(I. Muslimov)

11.

Sudlarga sud jarayonlari ishtirokchilarining maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun mavjud qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr

Ekologiya qoʻmitasi

(N. Oblomurodov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

12.

Sudlarga koʻchmas mulk obyektlari, ularning mulkdorlari va egalik tarixi haqida maʼlumotlarni Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning Davlat reyestridan onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil oktabr

2020-yil noyabr

Davergeodezkadastr qoʻmitasi

(Sh. Xabibullayev),

Oliy sud

(I. Muslimov)

13.

Oʻzbekiston Respublikasining tumanlari kesimida korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni integratsiya yoʻli bilan olishni tashkil etish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil aprel

2021-yil may

Statistika qoʻmitasi
(Z. Ziyayev),

Oliy sud

(I. Muslimov)

14.

Oliy sud va Davlat statistika qoʻmitasi oʻrtasida statistik maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha elektron hamkorlikni tashkil etish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil aprel

2021-yil may

Oliy sud

(B. Isakov),

Statistika qoʻmitasi
(Z. Ziyayev)

15.

Sudlarga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar va JSHIRga ega boʻlgan) narkologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil iyun

2021-yil iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Azizov),

Oliy sud

(I. Muslimov),

IIV

(Sh. Sobirov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Turaxujayev)

16.

Sudlarga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar va JSHIRga ega boʻlgan) psixonevrologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil iyun

2021-yil iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Azizov),

Oliy sud

(I. Muslimov),

IIV

(Sh. Sobirov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Turaxujayev)

17.

Oliy sud axborot tizimini Ichki ishlar vazirligining “Sudlangan shaxslarni hisobga olish va ularga nisbatan qoʻllaniladigan intizomiy jazo choralari” tizimi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil yanvar

2021-yil fevral

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi

(B. Adilov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

18.

Oliy sud axborot tizimini Ichki ishlar vazirligining “Markazlashgan probatsiya elektron tizimi” bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil yanvar

2021-yil fevral

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi

(B. Adilov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

19.

Ishga jalb qilingan va mahkum shaxslarning Yagona axborot tizimi orqali sudlar tomonidan muqaddam sudlangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkonini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr

Oliy sud

(I. Muslimov),
IIV

(Sh. Sobirov)

20.

Ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar haqida maʼlumotlar olish imkoniyatini yaratgan holda Oliy sud axborot tizimini Ichki ishlar vazirligining “Manzil”, “E-Fuqaro” va Davlat personallashtirish markazining “Jismoniy shaxslar” axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil sentabr

2020-yil oktabr

Oliy sud

(I. Muslimov),

IIV

(Sh. Sobirov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Turaxujayev)

21.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning sud jarayonlarida va sud rahbariyatining shaxsiy qabullarida bevosita joriy joylashuv joyidan ishtirokini taʼminlash maqsadida Oliy sud va Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi videokonferensaloqa terminallarini bogʻlash.

1. Texnik loyihani ishlab chiqish

2. Sozlash va ishga tushirish

2020-yil sentabr

2020-yil oktabr

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi

(B. Adilov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

22.

Sudlarga xorijiy valyutalarning kursi va yuridik shaxslarninghisobvaraqlari holati haqida onlayn maʼlumot olish imkonini yaratish.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil may


2021-yil iyun

Markaziy bank

(I. Abdugafarov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

23.

Barcha sud toʻlovlarini faqat Oliy sudning billing tizimi orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish

2021-yil iyun

Moliya vazirligi

(O. Isakov),

Markaziy bank

(I. Abdugafarov),

Oliy sud

(I. Muslimov)

24.

Sud majlisi ishtirokchilarining haydovchilik guvohnomasi, avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, shuningdek transport vositalari va ularning texnik holati haqidagi maʼlumotlarni sudlar tomonidan onlayn olishni taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3.Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil fevral


2021-yil mart

IIV

(Sh. Sobirov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Pekos),

Oliy sud

(I. Muslimov)

25.

Oliy sud elektron hujjat almashinuvining Ijro intizomini nazorat qilishning yagona tizimi (Ijro.gov.uz) bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2020-yil oktabr


2020-yil noyabr

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Pekos),

Oliy sud

(I. Muslimov)

26.

Davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish), investitsiya masalalari va bankrotlik bilan bogʻliq iqtisodiy ishlarni koʻrish doirasida Oliy sud va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil fevral


2021-yil mart

Oliy sud

(B. Isakov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(T. Nabiyev)

27.

Oliy sudga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (pm.gov.uz) va Bosh vaziri (business.gov.uz)ning virtual qabulxonalari orqali elektron shaklda kelib tushadigan murojaatlar hamda ularning javoblari yuzasidan mavjud axborot tizimlarini Oliy sudning elektron hujjatlar aylanishi tizimi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil iyun


2021-yil iyul

Oliy sud

(B. Isakov),

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari
(A. Usmanov),

Savdo sanoat palatasi

(I. Djasimov)

28.

Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sudlar tomonidan onlayn olishni taʼminlash.

1. Texnik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish

2. Veb-xizmatni yaratish

3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish

2021-yil mart


2021-yil aprel

Oliy sud

(I. Muslimov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Axborot va maʼlumotlar almashinuvi idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 07/20/4818/1255-son)