02.09.2020 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni rasmiylashtirish, saqlash va ularga nisbatan qaror qabul qilishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiz ashyolarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga olib kelishda xavfsizlik choralarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiz ashyolarni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiz ashyolarni saqlash va ularni ekspertizadan oʻtkazish (baholash) tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan egasiz ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish va uni bajarish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
533-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 533-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — Chegara qoʻshinlari) boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini (keyingi oʻrinlarda — Davlat chegarasi) qoʻriqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni (keyingi oʻrinlarda — egasiz ashyo) rasmiylashtirish, saqlash, ekspertizadan oʻtkazish (baholash), ularga nisbatan qaror qabul qilish va ularni sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar Nizomga ilovaga muvofiq sxemada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Egasiz ashyo deganda, Davlat chegarasining oʻtkazish punktlaridan tashqari hududda Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda oʻtkazilishiga urinilgan vaqtda Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan aniqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-bobida nazarda tutilgan egasi boʻlmagan yoki egasi nomaʼlum boʻlgan moddiy neʼmatlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tayyorlash, saqlash, tashish va olib yurish taqiqlangan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi va ular yuzasidan qonun talablariga muvofiq qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chegara qoʻshinlari aniqlagan egasiz ashyolar ular topilgan joyda sinchkovlik bilan koʻzdan kechiriladi, foto suratga olinadi hamda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan koʻzdan kechirish bayonnomasi tuzilib, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bayonnomani tuzish vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bayonnoma tuzuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va harbiy unvoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) egasiz ashyoni olib qoʻyishda ishtirok etgan xolislar (guvohlar, mutaxassis va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) egasiz ashyolar aniqlangan vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) egasiz ashyoning nomi, soni va alohida (identifikatsiya) belgilari (vazni, hajmi, uzunligi, foydalanilganlik holati va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs, egasiz ashyoni aniqlagan Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va xolislar (guvohlar, mutaxassis va boshqalar) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat chegarasida egasiz ashyoni aniqlagan harbiy xizmatchilar va mazkur aniqlangan ashyo yuzasidan xolis (guvoh), mutaxassis va ekspert sifatida jalb qilingan shaxslardan tushuntirish xatlari olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Egasiz ashyolar Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga zarur xavfsizlik va saqlash choralarini koʻrgan holda olib kelinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Egasiz ashyo yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnomaning nusxasi va unga oid barcha maʼlumotlar Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligida umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Egasiz ashyolarni Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarida saqlash va ekspertizadan oʻtkazish (baholash) tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Egasiz ashyolar ular yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining maxsus omborlarida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tez buziladigan tovarlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa ashyolar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda, Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarida mavjud boʻlgan muzlatgich (sovitgich) larda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoqilgʻi-moylash mahsulotlari Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari omborlaridagi maxsus rezervuarlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mayda va yirik shoxli hayvonlar, parrandalar va boshqa hayvonlar Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga yoki Chegara qoʻshinlari taʼsisligidagi yuridik shaxslar hududlariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolarning isteʼmol qilish, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, ularni baholash maqsadida Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining vakolatli mansabdor shaxslari egasiz ashyo aniqlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ekspertiza ashyoning turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolati organlar (tashkilotlar) (“Oʻzstandart” agentligi yoki u tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, fitosanitariya, sanitariya-karantin va veterinariya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza organlari) tomonidan oʻtkaziladi. Ekspertiza natijalari toʻgʻrisida ekspertiza organlari ekspertiza tayinlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir sutka mobaynida Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uch sutka muddatda ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmagan, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan ashyolarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar boʻyicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud maʼlumotlari asosida baholanadi. Mutaxassis baholovchi tashkilot tayinlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir sutka mobaynida yozma ravishda xulosa (maʼlumot) taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari bundan mustasno) va ular boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlmagan egasiz ashyolar boʻyicha Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan ularni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez buziladigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida amalga oshiriladi. Boshqa turdagi mol-mulklarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek, boshqa mutaxassislar oʻzlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq moddiy va boshqacha tarzda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Egasiz ashyolar ularning isteʼmolga (foydalanishga) yaroqsizligi boʻyicha xulosa olingan taqdirda, Chegara qoʻshinlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Egasiz ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish toʻgʻrisidagi qaror Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyrugʻi bilan joylarda tashkil etiladigan hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda – hududiy komissiya) tomonidan qabul qilinadi. Hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi. Hududiy komissiyaga Chegara qoʻshinlari operativ qoʻmondonligi boshligʻi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hududiy komissiya toʻplangan hujjatlarga muvofiq ekspertiza hulosasi olingandan soʻng uch sutka mobaynida, tez buziladigan ashyolarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qoʻshinlari hisobiga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingandan soʻng hududiy komissiya bir sutka ichida egasiz deb topilgan ashyolarning hisobga olinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarida foydalanilmaydigan egasiz ashyolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda savdo tashkilotlari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining ruxsatiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga begʻaraz berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq Chegara qoʻshinlari hisobiga oʻtkazilgan egasiz ashyolarni Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarida hisobga olish, saqlash, tashish, oʻtkazish, sarflash, sotuvga qoʻyish va hisobdan chiqarish (yoʻq qilish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng uch sutka ichida qarordan koʻchirma ashyo topib olingan joydagi ichki ishlar organiga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlumot uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Egasiz ashyolarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari toʻliq Chegara qoʻshinlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Egasiz oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolga yaroqli deb topilgan holatlarda, Chegara qoʻshinlari shaxsiy tarkibining isteʼmoli uchun foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish va saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar Chegara qoʻshinlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hududiy komissiyaning aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qoʻshinlari hisobiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ashyolarni egasiz deb topish va ularni Chegara qoʻshinlari hisobiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinganda yoki oʻzgarganda, shuningdek, ularni naturada qaytarish yoki qiymatini qoplab berish toʻgʻrisida sud qarori qabul qilingan taqdirda, Chegara qoʻshinlari ushbu ashyolarni belgilangan tartibda tegishli shaxslarga qaytarilishini yoki ularning qiymati Chegara qoʻshinlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMA

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari

Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish davomida egasiz ashyolarni aniqlash.

Doimo

2-bosqich

Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining vakolatli mansabdor shaxslari

Aniqlangan egasiz ashyolarni koʻzdan kechirish, foto suratga olish hamda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan bayonnomani rasmiylashtirish va tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olish.

Zudlik bilan

3-bosqich

Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining vakolatli mansabdor shaxslari

Aniqlangan egasiz ashyolar yuzasidan tegishli ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlash.

Tez buziladigan tovarlar boʻyicha bir sutka mobaynida, qolgan ashyolar boʻyicha uch sutka mobaynida

4-bosqich

Ekspertiza organlari va baholash tashkilotlari

Aniqlangan egasiz ashyolar boʻyicha ekspertiza va baholash xulosalarini berish.

Tez buziladigan tovarlar boʻyicha bir sutka mobaynida, qolgan ashyolar boʻyicha uch sutka mobaynida

5-bosqich

Hududiy komissiya

Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qoʻshinlari hisobiga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilish.

Tez buziladigan tovarlar boʻyicha bir sutka mobaynida, qolgan ashyolar boʻyicha uch sutka mobaynida

6-bosqich

Chegara qoʻshinlari

boʻlinmalari

Egasiz deb topilgan ashyolarni Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarida hisobga olish.

Qaror qabul qilingandan soʻng
bir sutka
mobaynida

7-bosqich

Chegara qoʻshinlari

boʻlinmalari

Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarida foydalanilmaydigan egasiz ashyolarni savdo tashkilotlari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatda

8-bosqich

Chegara qoʻshinlari

boʻlinmalari

Egasiz ashyolarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini Chegara qoʻshinlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobiga oʻtkazish.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatda

9-bosqich

Hududiy komissiya

Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish toʻgʻrisidagi qarordan koʻchirmani ashyo topib olingan joydagi ichki ishlar organiga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yuborish.

Qaror qabul qilingandan soʻng
uch sutka mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2020-y., 09/20/533/1245-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)