27.08.2020 yildagi PF-6053-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyatning oʻziga xos tabiiy hududlarida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish, zamonaviy turistik infratuzilmaning jadal rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan Toshkent viloyatida mavjud turizm salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmagan, turistik infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, xizmat koʻrsatish sohasida rivojlangan mamlakatlar darajasidan kam boʻlmagan salohiyatga ega boʻlsada, bugungi kunga kelib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yetarli darajada emas hamda oʻz yechimini topmagan bir qator muammolar mavjud. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, tumanda mahalliy boshqaruv tizimidagi muammolar sababli, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida manzilli ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmogʻi infratuzilmalari eskirgan va talab darajasida emas, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, tumanning bosh rejasi, batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish yakuniga yetkazilmaganligi sababli noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasidagi ishlar talab darajasida amalga oshirilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, tumanning asosiy qismi dam olish rekreatsion hudud boʻlishiga qaramasdan, chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilish holati qoniqarsiz darajaga kelib qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boʻstonliq tumanining turistik yoʻnalishdagi raqobatdosh ustunliklaridan samarali foydalanish, hududning ixtisoslashuvini aniq belgilash, turistik, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini tubdan yaxshilash orqali aholi bandligini taʼminlash uchun 2030-yil 31-dekabrga qadar Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi joriy qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bosh vazir “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya), shuningdek, Boʻstonliq tumani (keyingi oʻrinlarda — tuman) hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq davlat mulki obyekti boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari Direksiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi (keyingi oʻrinlarda — turistik-rekreatsion zona) hududida joylashgan hamda ushbu bandning “b” kichik bandiga asosan Direksiyaga oʻtkazilgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish va unga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tumanda (turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno), shu jumladan oʻrmon fondi yerlarida koʻchmas mulkni buzish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani qurish bilan bogʻliq qarorlar Direksiya bilan majburiy tarzda kelishiladi;
(2-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tuman hokimi toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq boʻlinmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) barcha davlat boshqaruvi organlarining respublika darajasidagi rahbar (oʻrinbosar)laridan biri bir vaqtning oʻzida ularning tumandagi tegishlicha hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etish boʻyicha kelishuvlar (memorandum, shartnomalar) tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda joylashgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
(2-band “k” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda joylashgan davlat mulki obyektlarini garovga qoʻyish orqali kreditlar olish va jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik obyektlarni loyihalash va qurilish ishlariga nufuzli xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalari hamda malakali ekspertlarni jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida turistik-rekreatsion zona hududida yashil zonalarni tashkil qilish, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan xoʻjalik faoliyatini, shu jumladan chorvachilik, dehqonchilik, yangi sanoat va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish taqiqlangan zonalarni belgilash;
(2-band “k” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan ayrim davlat xizmatlarini autsorsing tizimi asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq davlat mulki obyektlari boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqaruv kompaniyalariga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Turizm va sport vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma 2023-yil 10-oktabrga qadar “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi boshqaruviga oʻtkazilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik-rekreatsion zonalarning turistik infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan birinchi bosqichda ajratiladigan 20 million AQSH dollari miqdoridagi kredit. Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ikkinchi bosqichda kredit ajratilishi mazkur Farmon bilan belgilangan vazifalar toʻliq bajarilgan va aniq natijalarga erishilgandan soʻng amalga oshiriladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi hamda yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari);
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti Jamgʻarmaga 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR+3 foizda ajratiladi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan krediti va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Jamgʻarma tushumlari, tumanning mahalliy budjeti qoʻshimcha manbalari, yetmagan qismini respublika budjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmogʻi infratuzilmalarini yaxshilash, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar va parklarni yaratish, chiqindilarni qayta ishlash, obodonlashtirish, atrof muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bilan bogʻliq zamonaviy yechimlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlari uchun haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarish, ularning foiz stavkalarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik-rekreatsion zonaning Maʼmuriy kengashi tomonidan belgilanadigan xarajatlarni qoplash;
(4-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan taʼminlash.
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻninchi band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Bosh vazir Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlovchisi hisoblanadi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Turizm qoʻmitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamgʻarmasining (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshiruvchi turoperator va turagentlar tomonidan zaxira qilinadigan mablagʻlar bundan mustasno) vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda litsenziya va ruxsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy budjetiga tushadigan mablagʻlar va bojlar toʻliqligicha tuman mahalliy budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari), shuningdek, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, tumanning oʻziga xos turistik qiyofasini yaratish va aholi turar joylarini zamonaviy infratuzilma asosida qayta barpo etish maqsadida mazkur hududda joylashgan aholi turar joylarini rekonstruksiya qilish (bino tashqi fasadi va tomlarini oʻzgartirish, qayta qurish, turizm xizmatlarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunlar, mebel va inventarlar bilan jihozlash) uchun kreditlar, shu jumladan Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi va daromadlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, shu jumladan taʼmirtalab taʼlim, tibbiyot tashkilotlarini zarur anjomlar, buyumlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushi hamda mahsulotlar (xizmatlar) eksportini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy budjetning daromadini koʻpaytirish, “yashirin iqtisodiyot” ulushini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash, shu jumladan chiqindilarni utilizatsiya qilishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda tuman hokimligi faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman hokimligiga quyidagi qoʻshimcha asosiy ustuvor vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sektorda turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy turistik infratuzilma obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar, restoran va kafelar hamda turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)da turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish va loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shu jumladan turizmni rivojlantirish uchun moʻljallangan yer uchastkalarini zonalar va lotlarga ajratish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanning turistik salohiyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsulotlari va xizmatlarining tumanda diversifikatsiya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi tumanning ichki turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashrif buyurgan turistlarning xavfsizligi va salomatligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda istiqomat qiluvchi aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda ishlab chiqilgan turizm mahsulotlarining xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilinishini taʼminlash, tumanning sayohat va dam olish uchun xavfsiz hudud sifatidagi imijini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reytinglarga asosan turizmni rivojlantirishga yetakchi xorijiy mamlakatlar, jumladan Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etgan holda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish sport bazalarini hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalari oʻtkazishga moʻljallangan yozgi va qishki sport obyektlari va inshootlarini barpo etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumandagi sport bazalari hamda sport obyektlari va inshootlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, sport turlari boʻyicha mahalliy va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini, shuningdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish orqali sport turizmini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy va professional sportni, shu jumladan yozgi va qishki sport turlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik va ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishga xalqaro moliya institutlari grantlari va mablagʻlarini jalb etish hamda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarni, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish, tumanning eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini taʼminlash hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda yangi turistik va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shu jumladan mehmonxona, umumiy ovqatlanish, madaniy koʻngil ochar maskanlari, dam olish va sayr qilish uchun yashil zonalari, parklar sonini keskin koʻpaytirish, sohada yangi xizmatlar turlarini kengaytirish, transport va logistikani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanning barcha hududlarida, shu jumladan togʻli va olis qishloqlarida axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, axborot, aloqa, internet xizmatlari sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali aholi turmush tarzini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish yakunlari boʻyicha mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarni toʻliq amalga oshirish uchun 2020-yil 1-dekabrga qadar tumanda mutlaqo yangi oʻzini oʻzi boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafardan iborat boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimiga tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya direktori taklifiga asosan boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, Direksiyaning boshqaruv tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni, ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va tartibi turistik-rekreatsion zonaning Maʼmuriy kengashi tomonidan belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish shuʼbasi tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba shtat birliklari Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaxshilash hamda ekoturizmni rivojlantirishga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazoratni tashkil etish hamda yer maydonlarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda noqonuniy obyektlar qurilishining oldini olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga 10 ta shtat birligini ajratish orqali Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tuman hududida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalariga qoʻshimcha ajratilayotgan boshqaruv xodimlari, shuningdek, yangi tashkil qilinayotgan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruvi xodimlari soni tegishlicha Toshkent viloyati boʻyicha hokimiyat, qurilish, adliya, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat birligini maqbullashtirish hisobidan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Adliya vazirligi tuman hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda konsultantlarni jalb qilgan holda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarining funksional tahlili asosida maʼmuriy-boshqaruv jarayonlarni qayta koʻrib chiqish va davlat xizmatlarini koʻrsatish ishlarining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi tumandagi boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korxonalarini barpo etish qatʼiyan man etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda tuman hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasini yangilash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Qurilish vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik hamda noqonuniy obyektlar qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Direksiya soʻrovlariga asosan turistik-rekreatsion zona hududida investitsiya loyihalarini dastlabki joylashuvini va rejalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun oʻz elektron geofondlaridan:
(17-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi — davlat oʻrmon kadastri toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzGASHKLITI” DUK — davlat shaharsozlik kadastri toifasiga kiruvchi obyektlarning muhandislik-geologik qidiruvlar ishlari va topografik xaritalar boʻyicha maʼlumotlarni elektron tarzda (bepul) yoki nusxa koʻchirish orqali (toʻlov sifatida faqat nusxa koʻchirish xarajatlari olinadi) Direksiyaga ochiq maʼlumotlar shaklida taqdim etishiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Direksiyaga turistik-rekreatsion zonaning infratuzilmasini rivojlantirish uchun, shuningdek, tumanning turistik salohiyati toʻgʻrisida foto va videomateriallarni tayyorlash maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) sotib olish va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qurilish vazirligi hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK 2021-yil 1-fevralga qadar mahalliy va xorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilgan holda erkin turistik zona hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi oʻn kun muddatda erkin turistik zona hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun Jamgʻarmaga 10 milliard soʻmgacha boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat organlari va tashkilotlari ikki oy muddatda budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan tuman boʻlinmalari bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga koʻra, yangi bino qurish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻn kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Togʻli joylarda turistik infratuzilmani rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti majmuasini qurishning 2-bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda erkin turistik zonada yangi istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini hisobga olgan holda uning chegaralarini kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) joriy yil yakuniga qadar “Oksok ota” va “Nurek ota” daryolari atroflari boʻylab turistik obyektlarni barpo etish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr va aloqa tarmogʻi infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2022-yil 1-fevralga qadar “Chimyon” QFY hududida joylashgan:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi balansida boʻlgan avtoturargohni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ balansida boʻlgan ishlamayotgan Oqova suvlar uzatish inshooti (SP-2), ishlamayotgan Oqova suvlar tozalash inshootining (KU-200) bino va inshootlari, ularga biriktirilgan yer maydonlari begʻaraz asosda operativ boshqarish huquqi bilan “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniya Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng yoritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5273-son Farmoniga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov 2020-yil 20-dekabrga qadar ushbu Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6053-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻstonliq tumani hokimligi boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻstonliq tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

I. Davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalariga qoʻshimcha ajratiladigan boshqaruv xodimlari

1.

Qurilish boʻlimi

6*

2.

Tuman turizm politsiyasi

10**

3.

Adliya boʻlimi

3*

4.

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

8*

5.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi

5*

II. Yangi tashkil qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruvi xodimlari soni

6.

Qurilish sohasida tuman nazorat inspeksiyasi

10*

7.

Tuman hokimligi huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

5***

Jami

47

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* davlat boshqaruvi organlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** qoʻshimcha shtat birliklari davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni. Bundan tashqari, tuman turizm politsiyasining qoʻshimcha yana 15 nafar xodimini saqlash, shu jumladan ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va boshqa zarur boʻlgan xarajatlar Boʻstonliq tumani mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** tuman hokimi hokimlik huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi boshqaruv xodimlarining soniga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5273-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning birinchi xatboshisidan “Energiya tejash milliy kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzmilliybank, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATB” soʻzlari “tijorat banklari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tijorat banklariga:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)