Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 26.08.2020 yildagi PQ-4815-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy taʼsirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va koʻmakka muhtoj oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6038-son Farmoniga muvofiq kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj odamlarga keng koʻlamli ijtimoiy yordam koʻrsatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini namoyon etgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini davom ettirish hamda moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh toʻplamlari, maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020-yilning sentabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga toʻlmagan bola uchun 500 ming soʻm etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlarini markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktabrga qadar bepul grippga qarshi emlash haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi har bir taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash oʻtkazishni va tegishli sogʻliqni saqlash muassasalarini vaksina va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorda belgilangan bir martalik moddiy yordam va xodimlarni emlash uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6038-son Farmonida nazarda tutilgan hamda boshqa qoʻshimcha manbalar hisobidan ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorda nazarda tutilgan mablagʻlarning yordam va koʻmakka muhtoj oilalarga maqsadli va manzilli yetkazilishi yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi — boquvchisini yoʻqotgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlari hamda nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga moddiy yordam pullarining pensiyalarni (nafaqalarni) toʻlash uchun belgilangan muddatda manzilli yetkazilishini tashkil etish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari — moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga toʻlmagan farzandlari sonidan kelib chiqib, toʻlov vedomostlari shakllantirilishi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari orqali ularga moddiy yordam pullarining oʻz vaqtida va manzilli yetkazilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi — zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlariga oʻz vaqtida ajratilishi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda — moddiy yordam mablagʻlarini tarqatish uchun naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, B.A. Musayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4815-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 07/20/4815/1222-son)