1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish, qabul komissiyasi faoliyati, hujjatlarni qabul qilish, test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda magistraturaga oʻqishga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish, hujjatlarni topshirish, suhbat oʻtkazish, shu jumladan, suhbatni masofaviy (onlayn) tarzda oʻtkazish hamda suhbat natijalarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish, magistratura bitiruvchilarini oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha ishlab berish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlarni TDYU magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYU magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali (xorijiy fuqarolar va ayrim toifadagi abituriyentlar bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYUda korrupsiya muammolarini oʻrganish boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, yuridik oliy oʻquv yurtlarida “advokatlik faoliyati” boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi xorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etish uchun davlat grantlarini ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent davlat yuridik universitetiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish muddatini istisno tariqasida 2020-yil 15-sentabrga qadar uzaytirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A.Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
513-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari)ni mutaxassisliklar boʻyicha TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan qabul parametrlariga muvofiq davlat granti va TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan toʻlov-kontrakt, shu jumladan TDYU tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyent — TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va kirish imtihonlarida ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyent ruxsatnomasi — pasport, ID-karta (ular boʻlmaganda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi vakili — Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino rahbari — Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh nazoratchisi — Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat boʻyicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib boʻyicha oʻtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan hamda test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul komissiyasi — Adliya vazirining buyrugʻi bilan har yili tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek, abituriyentlarga maslahat xizmatlari koʻrsatadigan komissiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasining joriy ishlari qabul komissiyasi masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda — masʼul kotib) va magistraturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha masʼul kotib oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — masʼul kotib oʻrinbosari) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish abituriyentlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar toʻplangan ballarning reyting tizimi asosida toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilish parametrlari, shu jumladan belgilangan tartibda qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun TDYU magistraturasiga kirish imtihonlari 5-avgustdan 25-avgustgacha boʻlgan muddatda test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test topshiriqlari TDYU taqdim etgan oʻquv dasturlari hamda oʻquv adabiyotlari (darslik va oʻquv qoʻllanma) asosida Davlat test markazi tomonidan TDYU hamda yuridik taʼlim muassasalari va fakultetlari mutaxassislari jalb qilingan holda shakllantirilib, abituriyentning yurisprudensiya sohasidagi mutaxassislik fanlari boʻyicha nazariy bilimlarini, shuningdek, chet til (ingliz, nemis, fransuz)larini bilishning tegishli darajasini aniqlashga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Test sinovlari oʻtkaziladigan fanlarlarning oʻquv dasturlari hamda oʻquv adabiyot (darslik va oʻquv qoʻllanma)larining roʻyxati test sinovlari boshlanishidan kamida ikki oy oldin test topshiriqlarini shakllantirish uchun Davlat test markaziga taqdim etiladi va TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlari talaba magistraturada oʻqiydigan tilda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov magistratura mutaxassisliklari, taʼlim shakli va oʻqitish tillariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. TDYU magistraturasiga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovada belgilangan tartibga muvofiq mazkur Nizomning 6 va 16-bandlarida keltirilgan muddatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. TDYU magistraturasiga qabul “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarni qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari, oʻqishga qabul qilish parametrlari (oʻrinlar soni), test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — DTM veb-sayti) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Abituriyentlar har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham) boʻlgan muddatda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Abituriyent roʻyxatdan oʻtishi uchun hujjatlarning asl nusxasidagi quyidagi maʼlumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturi orqali elektron ravishda kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport (ID-karta) seriyasi, raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) berilgan taʼlim muassasasi nomi, seriyasi, raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar seriyasi, raqami, berilgan vaqti (chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi ilgʻor xalqaro imtihon tizimlari (International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT), Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber (TestDaF), Test de Connaissance du Français (TCF), Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Cambridge English Qualifications, Goethe Certificate va hokazo) sertifikatlari, davlat stipendiyalari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi hujjat) — mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Roʻyxatdan oʻtish YIDXP yoki DTM veb-sayti orqali amalga oshirilganda mazkur Nizomning 17-bandida keltirilgan maʼlumotlar abituriyent tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi va hujjatlar hamda maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Roʻyxatdan oʻtishning belgilangan muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Roʻyxatga olingan abituriyentlar soni haqidagi kunlik maʼlumotlar mutaxassisliklar, taʼlim shakli va tili kesimida qabul komissiyasi tomonidan TDYU hamda DTM veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni mobaynida hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYU Magistratura boʻlimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shakldagi maʼlumotlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, abituriyent test sinovlaridan (magistraturaga qabul qilingan boʻlsa TDYU magistraturasi talabalari safidan) chetlashtiriladi, hujjatlar esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Test sinovlarini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Test sinovlarini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Test sinovlarini oʻtkazish mazkur Nizomning 24 — 31-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan Toshkent shahridagi katta sigʻimli binolarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Test sinovlari har yili avgust oyining 5 — 25 sanalari oraligʻida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Test sinovlarini oʻtkazishning aniq sanasi va joyi Davlat test markazi tomonidan TDYU bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Abituriyentlar qabul komissiyasi tomonidan belgilangan mutaxassislik va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlari boʻyicha test sinovini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Test topshiriqlari kitobi 75 ta savolni oʻz ichiga oladi. Bunda abituriyentlarning tegishli fanlar boʻyicha bilimlarini aniqlash yuzasidan test topshiriqlari mutaxassislik fanlaridan 50 tani, chet tili boʻyicha 25 tani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birgalikda quyidagi vaqt meʼyorlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 ta savolga — 1 soat 40 daqiqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 ta savolga — 2 soat 30 daqiqa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Test sinovlari boʻyicha abituriyent olishi mumkin boʻlgan maksimal ball 207,5 ballni tashkil etadi va u test sinovlari oʻtkaziladigan fan boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha — 155 ball (har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili — 52,5 ball (har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 (bunda writing modulidan kamida 18 ball) va undan yuqori darajadagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan IELTS boʻyicha 6.0 ball (bunda writing modulidan kamida 6.0 ball) va undan yuqori, TOEFL IBT boʻyicha 78 ball (bunda writing modulidan kamida 21 ball) va undan yuqori yoki TestDaF boʻyicha TDN4 va undan yuqori, TCF boʻyicha 450 ball va undan yuqori, DELF B2 va undan yuqori darajasiga ega abituriyentlar chet tili fani boʻyicha test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga shu fan doirasida abituriyent olishi mumkin boʻlgan maksimal ball qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Abituriyentlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida, tanlov asosida talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot test sinovlari toʻliq yakunlanib, Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasi tomonidan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga TDYU, yuridik taʼlim muassasalari, fakultetlari mutaxassislari va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellyatsiya komissiyasi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasi ishiga umumiy rahbarlik rais tomonidan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellyatsiya komissiyasida koʻriladigan masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Apellyatsiya komissiyasining har bir aʼzosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasining yigʻilishlarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasining bayonnomalari kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayoniga Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent Davlat test markazida faoliyat yuritadigan Apellyatsiya komissiyasiga test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan boshlab ikki ish kuni ichida yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellyatsiya shikoyatiga abituriyent pasporti (ID-kartasi) va ruxsatnomasi nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellyatsiya shikoyatini ular kelib tushgan kundan boshlab uch kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi. Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda apellyatsiya komissiyasida ishni koʻrib chiqish uchun kelmaganda, uning arizasi umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan boʻlsa apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ariza tushgan kuni Apellyatsiya komissiyasi tomonidan Davlat test markazidan murojaat qilgan abituriyentning savollar kitobi, javoblar varaqasining nusxasi va test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻgʻri javoblari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — test materiallari) soʻrab olinadi. Test materiallaridan nusxa koʻchirish taqiqlanadi, mazkur Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Apellyatsiya jarayoni tugaganidan soʻng test materiallari Davlat test markaziga toʻliq qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Apellyatsiya bergan abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda apellyatsiya komissiyasiga oʻzining pasporti (ID-kartasi) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat bilan kelishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, xato va toʻgʻri bajarilgan test topshiriqlari toʻgʻrisida maʼlumot hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Abituriyent oʻzining eʼtirozlarini yozib, unga berilgan test materiallari bilan birga Apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Apellyatsiya shikoyati Apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Apellyatsiya komissiyasi abituriyentning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijasida quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiroz asosli boʻlsa, test sinovi natijalariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Davlat komissiyasiga taklif kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror Davlat komissiyasiga kiritiladi va bu haqda TDYUga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Abituriyent Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror TDYU rektorining abituriyentlarni davlat grantlari hisobiga TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida 30-avgustga qadar buyruq rasmiylashtirilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari bilan taqdirlangan abituriyentlar TDYU magistraturasiga davlat granti asosida umumiy oʻqishga qabul qilish parametrlari doirasidan tashqari tanlangan magistratura mutaxassisligi bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos kelgan taqdirda, test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Abituriyentlarni magistraturaga toʻlov-kontrakt (shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida kontrakt (shartnoma) tuzish va kontrakt toʻlovi summasini belgilangan muddatda toʻlash sharti bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Test sinovlarini oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Davlat test markazi hamda TDYU oʻrtasidagi kelishuvga koʻra TDYUning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilmaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan oʻrinlar soniga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorijiy fuqarolar toʻplangan ballarning reyting tizimi asosida belgilangan oʻrinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat (keyingi oʻrinlarda — suhbat) 1 — 25-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suhbat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurisprudensiya sohasida professional bilim va koʻnikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qoʻllash koʻnikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan toʻgʻri baholashga boʻlgan qobiliyatning mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqot olib borishga boʻlgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noanʼanaviy yondashuvi, oʻz ustida ishlash va malakani oshirishga boʻlgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, oʻz pozitsiyasi va fikrini koʻrsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolgʻon va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bagʻrikenglik, yuksak odob-axloq meʼyorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqarolarni magistraturaga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat zaruratga koʻra, masofaviy (onlayn) tartibda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy fuqarolar TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul yilining 15-may — 30-iyul kunlari davomida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali qabul komissiyasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunadagi TDYU rektori nomiga ariza hamda quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport (ID-karta) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng uch kun mobaynida hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYU magistratura boʻlimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shakldagi maʼlumotlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, abituriyent kirish imtihonlaridan (magistraturaga qabul qilingan boʻlsa TDYU magistraturasi talabalari safidan) chetlashtiriladi, hujjatlar esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Suhbat oʻtkazishning umumiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun xorijiy fuqarolar bilan suhbat oʻtkazish TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan suhbat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasiga komissiya aʼzolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suhbat TDYUda taʼlim beriladigan tillarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbatning ushbu Nizomga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun masʼuliyat rais, masʼul kotib, uning oʻrinbosari va suhbat komissiyasi aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Suhbatni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Suhbatni tashkil etish va oʻtkazish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga koʻra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qabul komissiyasining suhbatni tashkil etishdagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat jarayoni adolatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYUga oʻqishga kirish va unda taʼlim olish, shuningdek TDYUda yaratilgan sharoitlar haqida xorijiy fuqarolarga axborot va maʼlumotnomalar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarga suhbat natijalarini eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Suhbat oʻtkaziladigan auditoriyani belgilangan talablar doirasida tayyorlash masʼul kotib oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkaziladigan binoda sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Suhbat savollarini tuzish maqsadida TDYU rektorining buyrugʻi bilan tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat savollari ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlar asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollar quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi hamda professional bilim va tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim darajasiga mos boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularda foydalanilgan tushunchalar va atamalar savollarni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatiga qabul komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Suhbat oʻtkazish uchun ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollar qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va biletlar shakllantirilgunga qadar unda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollar suhbat oʻtkazilishidan bir kun oldin suhbat biletlarini shakllantirish uchun masʼul kotibga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir bilet ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan — jami toʻrtta savoldan iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shakllantirilgan biletlar konvertlarga joylashtiriladi va qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi hamda masʼul kotibda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Suhbat jarayonini tashkil etish va uning natijalarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Abituriyentlarning suhbatdan oʻtishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq maslahatlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkazish jadvali TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa suhbatdan oʻtuvchi abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkazish jadvali, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan 10 kun oldin TDYU veb-saytida joylashtiriladi. Suhbat, qoida tariqasida, TDYU binolarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Abituriyent auditoriyaga suhbat boʻyicha komissiya kotibi tomonidan taklif etiladi. Suhbatdan oldin abituriyent pasport (ID-karta) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkaziladigan binoga abituriyent lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, planshet, kompyuter, noutbuk, netbuk, leptop yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari yoxud shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki foydalansa, suhbat davomida savollar biletini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa suhbat oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib suhbatdan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Suhbat oʻtkazishda abituriyent savollar berilgan biletni tanlaydi va suhbatga tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda abituriyent suhbatga tayyorlanish uchun qogʻoz varaqlardan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbatdan oʻtish jarayonida abituriyentga bilet mazmuni boʻyicha qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan 1-mezon boʻyicha ballning eng yuqori miqdori 40 ball, qolgan har bir mezon boʻyicha ballarning eng yuqori miqdori 20 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval boʻyicha suhbatga kelmagan abituriyentga 0 ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat natijalarini belgilash uchun suhbat boʻyicha komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi baholash varagʻini toʻldirib, uni imzolaydi hamda suhbat boʻyicha komissiyaning kotibiga topshiradi. Kotib xorijiy fuqaroga suhbat boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlar suhbat natijalari boʻyicha 55 ball yoki undan kam ball toʻplagan hollarda suhbatdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Suhbatdan oʻtgan abituriyentlar roʻyxati ular tomonidan toʻplangan ballar asosida reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoni va natijalari suhbat boʻyicha komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat jarayoni oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etish uchun qoida tariqasida video yoki audioyozuv qoʻllaniladi. Bunda suhbat jarayoni va natijalari qayd etilgan video yoki audioyozuv kamida bir oy muddat saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish uchun suhbatni qayta oʻtkazish taqiqlanadi. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suhbat natijalari 25-avgustga qadar TDYU magistraturasiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Suhbat jarayonini masofaviy (onlayn) tarzda oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Masofaviy (onlayn) suhbat mazkur paragrafda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olib umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofaviy (onlayn) suhbat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofaviy (onlayn) suhbatda qoʻllaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari abituriyentning shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan texnik talablarga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Masofaviy (onlayn) suhbatni oʻtkazish vaqti va tartibi TDYU tomonidan belgilanadi va abituriyentga bu haqda 10 kun oldin xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Masofaviy (onlayn) suhbatda abituriyent tomonidan savollar berilgan biletni tanlash masofaviy tarzda (tegishli bilet raqamini real vaqt rejimida tanlash orqali) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofaviy (onlayn) suhbat natijalarini baholash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat komissiyasining TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 30-avgustdan kechiktirmay qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqarolarni magistraturaga toʻlov-kontrakt (shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida kontrakt (shartnoma) tuzish hamda kontrakt toʻlovi summasini belgilangan muddatda toʻlash sharti bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________ga (F.I.Sh.) _____________________________________ ___________________________________dan
_______________________________________________________ni _______________________ yilda tugatganman. Maʼlumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ______________, raqami __________________________________. Men ____________________________________________________________________til(lar)ini oʻzlashtirganman.
(xorijiy til(lar)ning nomi)
Suhbatni _________________________________________________________________________ tilida oʻtkazaman.
(oʻzbek, rus yoki ingliz)
Tugʻilgan vaqtim va joyim: __________ yil _________ _________________, ________________________________.
(fuqarolik pasport (ID-karta) boʻyicha yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi)
Doimiy yashash joyim: _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami toʻliq koʻrsatiladi)
Pasportga (ID-kartaga) oid maʼlumotlar: _______________ __________________,_____________________________
(seriya)
(raqam) (kim tomonidan va qachon berilgan)
________________________________________________________________________________________________. Xalqaro va milliy olimpiadalar, tanlovlar va sport musobaqalarida ishtirok etganlik haqida maʼlumot (ishtirok etgan boʻlsa): ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________.
(olimpiada fani, tanlov ixtisosligi, sport musobaqasi turi, oʻtkazilgan sana, egallangan oʻrin)
Suhbat oʻtkazish tartibi va qoidalari bilan tanishdim.
____________________________
__________________
_____________
_________________________________
(xorijiy fuqaroning F.I.Sh.)
(imzo)
(ariza berilgan sana)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkazilgan suhbatda xorijiy fuqaroning javoblarini BAHOLASH VARAGʻI
Sana _________________________________
Xorijiy fuqaroning F.I.Sh.________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
T/r
Baholash mezonlari
Ballar
1.
Yurisprudensiya sohasidagi professional bilim va koʻnikmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish, ularni taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash hamda ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ayrim toifadagi abituriyentlar deganda quyidagilar tushuniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda boshqaruv kadrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa markaziy davlat organlarining (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Markaziy saylov komissiyasi, Markaziy banki, Hisob palatasi, Fanlar akademiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi) rahbari, uning oʻrinbosarlari, markaziy apparatdagi tarkibiy boʻlinma (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardan tashqari) boshliqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tegishli davlat organi birinchi rahbarining (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli maslahatchilari va departament rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ham) tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida (markaziy apparatida) yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim shakllari asosida test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga qabul qilish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan tartib 2020/2021 oʻquv yili va undan keyingi yillarda “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq oʻqishga qabul qilingan shaxslar kontrakt (shartnoma) tuzishdan oldin oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha ishlash majburiyati shartlari hamda uning bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan javobgarlik boʻyicha ogohlantirish xati orqali tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni taqdim etish va magistraturaga oʻqishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda (har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha) Internet jahon axborot tarmogʻi orqali TDYU qabul komissiyasiga mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan namunadagi ariza hamda quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport (ID-karta) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar uchun oʻrnatilgan tartibda imzolangan va davlat organining blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar ilova qilingan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi (mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun oʻrnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar ilova qilingan yuridik texnikum direktorining tavsiyasi (mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ayrim toifadagi abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish, ularning hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan TDYU qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU qabul komissiyasi ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun topshirilgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini besh ish kuni davomida oʻrganadi hamda uning natijasi boʻyicha abituriyentga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish vaqtidakamchiliklar aniqlansa, TDYU qabul komissiyasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari, yuridik oliy taʼlim muassasalari, yuridik texnikumlar hamda abituriyentdan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ayrim toifadagi abituriyentlarning hujjatlarini oʻrganish davomida abituriyentda tegishli imtiyoz mavjud emasligi aniqlansa, uning hujjatlari koʻrmay qoldiriladi va bu haqda abituriyentga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirishning belgilangan muddatlaridan kech qolib topshirilgan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shakldagi maʼlumotlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, abituriyentning hujjatlari koʻrib chiqilmaydi (magistraturaga qabul qilingan boʻlsa TDYU magistraturasi talabalari safidan chetlashtiriladi), hujjatlar esa, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ayrim toifadagi abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish boʻyicha TDYU qabul qomissiyasi tomonidan Davlat komissiyasiga qabul yilining 20-avgustga qadar maʼlumot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat komissiyasining abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 30-avgustga qadar qabul qilinadi va bu haqida TDYUga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqishga qabul kilishga tavsiya etilgan abituriyentlar roʻyxati TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror asosida abituriyentlarni TDYU magistraturasiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish maqsadida TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida kontrakt (shartnoma) tuziladi va unda kontrakt toʻlovi summasini belgilangan muddatda toʻlash sharti koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat komissiyasining abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni mobaynida mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYU Magistratura boʻlimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Magistratura bitiruvchilarini taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq oʻqishga qabul qilingan magistratura bitiruvchilarini adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda ishlashga taqsimlash uchun adliya vazirining buyrugʻi bilan taqsimot komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — taqsimot komissiyasi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqsimot komissiyasiga TDYU rektori raislik qiladi hamda uning tarkibiga adliya organlari va muassasalari, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. TDYU magistratura bitiruvchilarini uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili taqsimot komissiyasi tomonidan adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqsimlash jarayonida taqsimot komissiyasi magistratura bitiruvchisining reyting natijalari, oilaviy holati va taklif etilgan ish oʻrnida ishlash xohishini hisobga oladi. Eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi (86 foiz va undan yuqori)ga ega boʻlgan magistratura bitiruvchilari oʻz tanlovi boʻyicha mavjud ish oʻrinlariga ishga joylashishda birinchi navbatda talabgor boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Magistratura bitiruvchilarini uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili, qoida tariqasida, magistratura bitiruvchisi oʻqishni tamomlagandan soʻng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqsimot komissiyasi tomonidan magistratura bitiruvchisiga adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda ishlash uchun tegishli tartibda yoʻllanma beriladi. Bir vaqtning oʻzida bitiruvchiga yoʻllanma bilan birga ishga kelgani va joylashgani haqida toʻldiriladigan hujjat namunasi ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga yoʻllanma berilganidan tegishli tashkilot — ish beruvchi, TDYU va magistratura bitiruvchisi oʻrtasida uzluksiz ishlab berishning aniq shartlarini hamda bitiruvchining majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi uch tomonlama shartnoma uch nusxada tuziladi (magistratura bitiruvchisi TDYUga ishga taqsimlangan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma namunasi belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taqsimot komissiyasining magistratura bitiruvchisini ishga taqsimlash uchun yoʻllanma berish haqidagi qarori qabul qilinganidan soʻng TDYU tomonidan har bir magistratura bitiruvchisiga besh ish kunidan kechiktirmagan holda magistr darajasi toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Magistratura bitiruvchilarini ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq oʻqishga qabul qilingan magistratura bitiruvchilari ishga taqsimlanganidan keyin bir oydan oshmagan muddatda uch tomonlama shartnomada koʻrsatilgan ish joyida hozir boʻlishlari va mehnat faoliyatini boshlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi uch tomonlama shartnomaga va ishga yoʻllanmaga muvofiq bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni toʻldiradi va keyinchalik uni besh kun muddat ichida TDYUga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU magistratura bitiruvchisining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat asosida har bir magistratura bitiruvchisining hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Magistratura bitiruvchisining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllanma berilgan tashkilotlarda va lavozimlarda ishlash muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyatining markaziy organlaridagi xizmat faoliyati davri (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardagi xizmat faoliyat davri bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtash muddatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy mehnat taʼtili muddati uch yillik uzluksiz ishlab berish muddatiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqsimot boʻyicha uzluksiz ishlab berishga yuborilgan magistratura bitiruvchisi ishga joylashgandan soʻng, ish beruvchi unga tegishli mehnat sharoitlari yaratadi, zarur hollarda turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Magistratura bitiruvchisining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan soʻng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va xodim oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Magistratura bitiruvchisi uzluksiz ishlab berish muddati davomida u taqsimot boʻyicha yuborilgan tashkilot tugatilsa, mehnat shartnomasi (kontrakt) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, magistratura bitiruvchisi TDYUni bu haqda 5 kun ichida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistratura bitiruvchisining murojaati boʻyicha taqsimot komissiyasi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq boshqa tashkilotlarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ular taqdim etgan talabnomalar asosida bitiruvchini taqsimlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlangan magistratura bitiruvchisida uzluksiz ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun asosli sabablar vujudga kelgan taqdirda (nikoh tuzish, doimiy yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib ketish va boshqalar) magistratura bitiruvchisi taqsimot komissiyasiga uzluksiz ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqsimot komissiyasi oʻn kun ichida magistratura bitiruvchisining murojaatini va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha magistratura bitiruvchisiga majburiy ishlab berish uchun boshqa joyni ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. TDYU magistratura bitiruvchisiga magistr darajasi toʻgʻrisidagi diplomining asl nusxasini u uzluksiz ishlab berish muddatini tamomlaganidan soʻng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi uzluksiz ishlab bergan tashkilotning yozma tasdigʻi asosida beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Magistratura bitiruvchisi taqsimot boʻyicha sababsiz uch yil uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan hollarda, oʻqishni bitirgan vaqtida TDYUda amalda boʻlgan shartnoma summasining besh barobari miqdorida TDYUga kompensatsiya toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan magistratura bitiruvchilariga magistr darajasi toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasi ular belgilangan kompensatsiyani toʻliq miqdorda toʻlagandan soʻng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida mehnat shartnomasi (kontrakt) magistratura bitiruvchisining tashabbusi bilan bekor qilinsa, ish beruvchi tomonidan bu haqda uch ish kuni mobaynida TDYUga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU magistratura bitiruvchisi tomonidan kompensatsiya toʻlashni taʼminlash, shuningdek, zaruratga koʻra, kompensatsiyani sud tartibida undirish chorasini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kompensatsiya miqdori magistratura bitiruvchisi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Magistratura bitiruvchisi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortishi bilan bogʻliq TDYUga toʻlaydigan kompensatsiya toʻliq hajmda TDYUni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Nizomga muvofiq magistratura bitiruvchisi mehnatga layoqatsizligi tufayli uzluksiz ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi qaror taqsimot komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat layoqatini yoʻqotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) uzluksiz ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmagan bitiruvchilar, shuningdek, davlat hokimiyatining markaziy organlarida xizmat faoliyatini (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardagi xizmat faoliyati bundan mustasno) amalga oshirayotgan bitiruvchilar taqsimot komissiyasi qarori asosida kompensatsiya toʻlashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________ga (F.I.Sh.) _____________________________________ ___________________________________dan
(abituriyentning F.I.O. (toʻliq yoziladi))
ARIZA Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisida
_______________________________________________________ni _______________________ yilda tugatganman. Maʼlumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ______________, raqami __________________________________. Men ____________________________________________________________________________tufayli kirish test
(tegishli asos koʻrsatiladi)
sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqiga egaman.
Magistraturada _____________________________________________________________________ tilida oʻqiyman. (oʻzbek, rus yoki ingliz)
Tugʻilgan vaqtim va joyim: __________ yil _________ _________________, ________________________________.
(fuqarolik pasport (ID-karta) boʻyicha yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi)
Doimiy yashash joyim: _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami toʻliq koʻrsatiladi)
Pasportga (ID-kartaga) oid maʼlumotlar: _______________ __________________,_____________________________
(seriya)
(raqam) (kim tomonidan va qachon berilgan)
________________________________________________________________________________________________. Mehnat faoliyatim boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilaman*: ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________.
(ish joyi, egallagan lavozimi, yuridik mutaxassislik boʻyicha ish staji)
Magistraturada oʻqishni tugatgandan soʻng kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati bilan tanishdim**.
____________________________
__________________
_____________
_________________________________
(xorijiy fuqaroning F.I.Sh.)
(imzo)
(ariza berilgan sana)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar hamda bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilar hamda bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun.