Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2020 04.07.2018 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-sonli “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
502-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb yuritiladi) magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini mutaxassisliklar boʻyicha TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish qabul kvotalariga muvofiq davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish qabul kvotalaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan oʻrinlar soniga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyent — TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki xorijiy fuqaro);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya komissiyasi — yozma imtihon natijalari boʻyicha abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun TDYU rektorining buyrugʻi bilan universitet professor-oʻqituvchilari, shuningdek, tegishli fanlar boʻyicha ekspertlardan tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqaro — xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs, shuningdek, xorijiy davlat hududida doimiy ravishda istiqomat qiladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat boʻyicha komissiya — TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun xorijiy fuqarolar bilan suhbat oʻtkazadigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditoriya kuzatuvchisi — yozma imtihon oʻtkazish vaqtida ushbu Nizom talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida auditoriyada abituriyentlar ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek yozma imtihon oʻtkazish tartibini tushuntirish boʻyicha abituriyentlarga amaliy yordam koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU qabul komissiyasi — TDYU rektorining buyrugʻi bilan har yili tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahat xizmatlari koʻrsatadigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditoriya rahbari — auditoriyada yozma imtihonni ushbu Nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, auditoriyadagi kuzatuvchilar va abituriyentlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiya — yozma imtihon javoblari xolis tekshirilishi va baholanishi uchun TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert guruhi — yozma imtihon, shuningdek, suhbat savollarini tuzish maqsadida TDYU qabul komissiyasining qarori bilan tegishli soha malakali mutaxassislaridan tashkil etiladigan guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon komissiyasi — yozma imtihonni oʻtkazish uchun universitet xodimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. TDYU qabul komissiyasining joriy ishlari TDYU qabul komissiyasining masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb yuritiladi) va TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish ishlari boʻyicha masʼul kotib oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda masʼul kotibning oʻrinbosari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish abituriyentlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar reyting ballari asosida toʻlov-kontrakt kvotalari asosida TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqarolar reyting ballari asosida belgilangan oʻrinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. TDYU magistraturasiga kirish imtihonlari 1-avgustdan 20-avgustgacha boʻlgan davr oraligʻida quyidagi shaklda olib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — yozma imtihon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolar uchun — suhbat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yozma imtihon mutaxassislik fanlari va chet tili fani boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihon:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha tahlil, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni bayon etish borasida qobiliyatlarni aniqlashga yoʻnaltirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili fani boʻyicha chet tillarini bilishning tegishli darajasini aniqlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat (keyingi oʻrinlarda suhbat deb ataladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurisprudensiya sohasida professional bilim va koʻnikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qoʻllash koʻnikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan toʻgʻri baholashga boʻlgan qobiliyatning mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqot olib borishga boʻlgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noanʼanaviy yondashuvi, oʻz ustida ishlash va malakani oshirishga boʻlgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek, jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, oʻz pozitsiyasi va fikrini koʻrsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolgʻon va huquq buzarliklarga nisbatan murosasizlik, bagʻrikenglik, yuksak odob-axloq meʼyorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari talaba magistraturada oʻqiydigan tilda topshiriladi va bu haqida magistraturaga kirish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish imtihonlari magistratura mutaxassisliklari va oʻqitish tillariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. TDYU magistraturasiga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovada belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha yoki TDYU qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan unga mos keluvchi boshqa yoʻnalishlarda taʼlim olgan bakalavrlar orasidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. TDYU qabul komissiyasi, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarni qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari, kvotalar (oʻrinlar soni) haqidagi maʼlumotlar haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlar Internetning xalqaro axborot tarmogʻi orqali 15-martdan 30-iyulgacha taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun abituriyentlar onlayn-rejimda ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq, TDYU rektori nomiga mutaxassislikni koʻrsatgan holda elektron shakldagi qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga elektron shaklda quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3,5 x 4,5 sm oʻlchamli rangli fotosurat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari shaklida ilova qilingan holda berishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza roʻyxatga olinadi va abituriyentga bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga noyob raqam berish payti TDYU qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan vaqt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Roʻyxatga olingan qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalar soni har kuni TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kirish imtihonlari natijalari va taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi qaroriga asosan abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, shu jumladan, elektron shakldagi maʼlumotlarda ham, abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi (talaba TDYUdan haydaladi), hujjatlar esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yozma imtihonni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yozma imtihonlarni ushbu Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish va uni oʻtkazish masʼuliyati masʼul kotib, uning oʻrinbosari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari, imtihon komissiyasi va maxsus komissiya aʼzolariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yozma imtihonlarni oʻtkazish jadvali masʼul kotibning taqdimnomasiga muvofiq TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yozma imtihonni tashkil etish va oʻtkazish TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan qabul komissiyasining ish rejasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar TDYU qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma imtihon oʻtkazish jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma imtihon oʻtkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek, yozma imtihon natijalari toʻgʻrisida ularga toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yozma imtihonni oʻtkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yozma imtihon tugagach 1 soat ichida videotasvirlar TDYU qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. Videotasvirdan nusxa koʻchirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yozma imtihon olinadigan fanlar dasturi, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yozma imtihonlar oʻtkazilishiga qadar TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan konsultatsiyalar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yozma imtihon, qoida tariqasida, TDYUga tegishli binolarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihon oʻtkaziladigan binolar va auditoriyalarni tayyorlash boʻyicha javobgarlik masʼul kotib oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. TDYU qabul komissiyasi yozma imtihon oʻtkaziladigan kunda soat 7:00 gacha nazorat-post xizmatlariga TDYU rektori tasdiqlagan bino hududiga kirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Har bir binoga kirish eshigi oldida abituriyentlarni tartibli va oʻz vaqtida binoga kiritish uchun nazorat-ruxsat punktlari oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binoda imtihon materiallarini tarqatish va yigʻib olish uchun imtihon vaqtida ushbu materiallarni saqlash uchun seyflar bilan jihozlangan maxsus xona (keyingi oʻrinlarda shtab deb ataladi) tayyorlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yozma imtihon oʻtkaziladigan binoda uni oʻtkazish uchun sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Auditoriyalarni tayyorlashda yorugʻlik tushish, shamollatish, abituriyentlarni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Har bir auditoriya kamida 15 nafar abituriyentni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Barcha auditoriyalardagi oʻrinlar raqamlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Auditoriyalarning eshiklarida abituriyentlar joylashtiriladigan guruh mutaxassisligi shifri va mutaxassislik nomi yozilgan koʻrsatkichlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Har bir auditoriya soat, boʻr yoki marker, doska va yelim bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Auditoriyalarda yozma imtihonlar oʻtkaziladigan fanlarga taalluqli boʻlgan koʻrgazmali vositalar boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yozma imtihon oʻtkaziladigan binolarda imtihon jarayonida foydalanilmaydigan, shu jumladan nusxa koʻchirish vositalari mavjud joylar, shuningdek qavatlarning kirish-chiqish eshiklari 1 kun oldin masʼul kotib oʻrinbosari tomonidan yopib chiqilishi va muhrlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yoʻlak va shunga oʻxshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini biriktirish har 15 abituriyent hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yozma imtihonlar savollarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. TDYUning tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yozma imtihon savollari ekspert guruhi tomonidan tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha — har bir mutaxassislik boʻyicha savollar shaklida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili boʻyicha — ilmiy matnlarni tushunish va bilish, shuningdek yozma nutq koʻnikmalari darajasini aniqlaydigan vazifalar shaklida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mutaxassislik fanlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar abituriyentlarda tahliliy fikrlash darajasini, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek, huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar tegishli fan oʻquv dasturiga, shuningdek, tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida va fanda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar umumqabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq rasmiy til uslublari va yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chet tili boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar abituriyentlarda ilmiy matnlar va maxsus atamalarni tushunish va foydalana olish darajasini, shuningdek, chet tilida tahlil qilish va oʻz fikrini bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi va V2 darajasiga muvofiq kelishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar qisqa, aniq va tushunarli til bilan ifodalanishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatini TDYU qabul komissiyasi raisi boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ekspert guruhi tomonidan tuzilgan yozma imtihon savollari TDYU qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va imtihon biletlari shakllantirilguniga qadar unda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tuzilgan savollar yozma imtihon oʻtkazilishidan bir kun oldin yozma imtihon biletlarini shakllantirish uchun masʼul kotibga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir bilet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha 3 ta savoldan (bitta nazariy va ikkita amaliy);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili fani boʻyicha uchta savoldan (oʻqish darajasini aniqlash uchun 1 vazifa va yozma nutq koʻnikmalarini aniqlash uchun 2 vazifa) iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shakllantirilgan imtihon biletlari konvertlarga solinadi, ular oʻz navbatida tegishli mutaxassisliklar boʻyicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinadi. Konvertlar va paketlar TDYU qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi va shtabda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazishda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar oʻzlari biriktirilgan binoga soat 7:30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib kelishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, shpargalka va shu kabilarni olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni soat 7:30 dan 7:50 gacha shtabdan tegishli ruxsatnomalarni olib, biriktirilgan auditoriyaga boradi hamda oʻzlarining ismi, otasining ismi va familiyalarini doskaga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchilar soat 7:50 dan 8:00 gacha auditoriyaning imtihonlarga tayyorlik holatini tekshiradi, imtihon jarayoniga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shuningdek, kuzatuvchilar auditoriyadagi oʻrindiqlarning toʻgʻri raqamlanganini ham tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Auditoriya rahbari soat 8:00 dan 8:15 gacha shtabda imtihon komissiyasi raisidan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini qabul qilib oladi, imtihon biletlari boʻlgan paketlarning muhri buzilmaganligini tekshiradi va imtihon komissiyasi aʼzolaridan birining ishtirokida auditoriyaga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Kuzatuvchilar soat 8:30 gacha auditoriya rahbaridan guruh boʻyicha roʻyxatni oladi, shuningdek, abituriyentlarni guruhlar roʻyxati asosida pasporti bilan tekshirib, auditoriyaga kiritadi. Abituriyentlar roʻyxatda koʻrsatilgan joyga borib oʻtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonga kelmagan abituriyentlarning oʻrni yozma imtihon oʻtkazish jarayonida boʻsh qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Kuzatuvchilar ikki abituriyent guvohligida imtihon biletlari solingan paketlar muhrlanganiga ishonch hosil qilgach, konvertlarni ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchilar imtihon biletlari hamda savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni tartib bilan tarqatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda TDYU qabul komissiyasi raisida saqlanadigan muhr va uning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Auditoriya rahbari abituriyentlarga daftar muqovasida oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatishi, daftar varaqlarini bukmaslik, farq qiluvchi belgilar qoʻymaslik, yozuvlar tagiga chizmaslik, javoblarni belgilashda koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanmaslik haqida tushuntirish berishi, shuningdek, ushbu talablarni buzish yozma imtihon oʻtkazish talablarini buzish deb hisoblanishi haqida abituriyentlarni ogohlantirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Kuzatuvchilar soat 9:00 gacha abituriyentlarning tartib raqamini koʻrsatgan holda daftarlarni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonlarga kelmaganlar haqida guruh roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Auditoriya rahbari soat 9:00 da yozma imtihon boshlanganligini eʼlon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Auditoriya rahbari soat 11:00 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qiladi va kuzatuvchilarga daftarlarni javobi bilan yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarlar yigʻib olingandan soʻng auditoriya rahbari daftarlarning ushbu Nizom 51-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirib, abituriyentlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Barcha daftarlar, shu jumladan imtihon oʻtkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Auditoriya rahbari soat 11:15 dan kechikmay barcha qutilarni imtihon komissiyasi raisiga topshiradi hamda u ushbu qutilarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, tegishli joyiga imzo qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Yozma imtihon jarayonini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Abituriyentlar yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga pasporti bilan tegishli tartibda kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlar auditoriyalarga mutaxassisliklariga qarab joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yozma imtihon soat 9:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Abituriyentlar yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga soat 8:00 gacha, auditoriyaga soat 8:30 gacha kiritiladi. Soat 8:30 dan keyin abituriyentlar auditoriyaga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yozma imtihon boshlanganidan keyin abituriyentlar bilan imtihon biletlari yuzasidan suhbatlashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Imtihon biletlariga javoblar daftarga koʻk havorang sharikli ruchkada tushunarli qilib yozilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Abiturentlarga soʻzlarni qisqartirib yozish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bogʻliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini bir-biriga uzatish, boshqalarga yordam berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlar tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lugʻat, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini auditoriya tashqarisiga olib chiqqan abituriyent yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Yozma imtihon davomida abituriyentlarga auditoriyadan chiqish taqiqlanadi. Oʻzboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan abituriyentlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Yozma imtihon oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar yozma imtihondan chetlashtiriladi, yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha mazkur Nizomga 4-ilovada berilgan shaklga muvofiq auditoriya rahbari yoki kuzatuvchi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning yozma ishlari baholanmaydi va bunday abituriyentlar yozma imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Auditoriya rahbari tomonidan yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Abituriyentlar belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatganda ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin imtihon materiallarini topshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Imtihon komissiyasi raisi imtihon yakunlangach daftarlar solingan qutilarni auditoriya rahbarlaridan qabul qilib oladi va daftarlarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyib, daftar muqovasini yirtib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻyilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun imtihon komissiyasi raisi shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Yozma imtihon javoblarini tekshirish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Maxsus komissiya yozma imtihonlar oʻtkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Maxsus komissiya raisi TDYU rektorining tavsiyasiga koʻra adliya vaziri tomonidan, maxsus komissiyaning boshqa aʼzolari esa TDYU rektorining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Maxsus komissiya aʼzolarining soni har bir mutaxassislik boʻyicha abituriyentlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda TDYU rektori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Maxsus komissiya aʼzolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 10:00 dan kechikmay oʻz pasportlari bilan tegishli mutaxassislik boʻyicha yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatish tizimi bilan jihozlangan xonaga kelishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Maxsus komissiya raisi daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiya raisidan qabul qilib oladi va maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida ochadi va daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi. Bunday ishlar tekshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Maxsus komissiya raisi tekshirish va baholarni qoʻyish maqsadida imtihon natijalari yozilgan daftarlarni komissiya aʼzolariga taqsimlab beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha — tegishli “yurisprudensiya” sohasidagi malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili boʻyicha — tegishli chet tili fani boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yozma javoblar maxsus komissiya aʼzolari tomonidan ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarda nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshiriladi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir javob uchun ballar qoʻshiladi va 3 ga boʻlinadi, hosil boʻlgan qiymat yozma imtihondan olingan yakuniy ball hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Yozma imtihon ballari maxsus komissiya tomonidan tegishli shifrlar bilan qaydnomaga kiritiladi. Har bir yozma imtihon fani boʻyicha qaydnoma alohida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarlar va yozma imtihon natijalari qaydnomasi qutilarga solinadi hamda maxsus komissiya raisi tomonidan imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Yozma imtihon natijalarini aniqlash va eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Yozma imtihon boʻyicha maksimal ball 150 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha — 0 balldan 100 ballgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili fani boʻyicha — 0 balldan 50 ballgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha V2, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 6.0 ball (bunda writing modulidan 6.0 ball), TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 95 ball (bunda writing modulidan 27 ball) yoki TestDaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) boʻyicha TD № 3 ball darajasidan kam boʻlmagan ballga ega abituriyentlar chet tili fani boʻyicha yozma imtihonni topshirishdan ozod qilinadilar. Ularga eng yuqori ball (50 ball) qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Yozma imtihon ballari mutaxassislik fanlari va chet tili fanlari boʻyicha alohida-alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlari muqovasidagi shifr raqamlari koʻrsatilgan holda imtihon komissiyasi tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihon natijalari har bir fan boʻyicha imtihon komissiyasi tomonidan umumiy qaydnomaga kiritiladi va shu asosida yozma imtihonning yakuniy ballari chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Har bir fan boʻyicha yozma imtihon uchun oʻrnatilgan yuqori balldan 55 foizini yoki undan kam toʻplagan, shuningdek, belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar magistraturaga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. TDYU magistraturasiga kirish uchun yozma imtihonni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Umumiy qaydnomada abituriyentlar roʻyxati har bir mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi. Bunda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlarning natijalari alohida-alohida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Yozma imtihon natijalari TDYUning veb-saytiga imtihonlar oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Yozma imtihon natijalari boʻyicha shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Agar abituriyent yozma imtihon natijalariga rozi boʻlmasa, TDYU qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida apellatsiya komissiyasiga shikoyat berish huquqiga ega hamda bu haqida unga xabarnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Zarur hollarda apellatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga tegishli masalalar boʻyicha maxsus komissiya aʼzolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Shikoyat tushgan kuni masʼul kotib oʻrinbosari tomonidan shikoyat yozgan abituriyentning yozma imtihon materiallari apellatsiya komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Abituriyent xabarnomada nazarda tutilgan vaqtda pasporti bilan apellatsiya komissiyasida shikoyatini koʻrib chiqishda oʻzining ishtirokini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Shikoyatni koʻrib chiqishda abituriyentning soʻroviga asosan unga yozma ishi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda yozadi va unga berilgan materiallar bilan birga apellatsiya komissiyasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatni koʻrib chiqish muddati shikoyat berilgan sanadan boshlab 2 ish kunidan oshmasligi lozim, natija boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Abituriyentning shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda, apellatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Abituriyentning shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, apellatsiya komissiyasi shikoyatchining yozma imtihon ishiga uzil-kesil ball qoʻyadi va qabul qilingan yakuniy qaror haqida abituriyentga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Yozma imtihon natijalari, apellatsiya komissiyasi qarori asosida, shuningdek chet tilini bilish darajasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi milliy va xalqaro sertifikatni hisobga olib, TDYU magistraturasiga qabulning yakuniy natijalari aniqlanadi va imtihon qaydnomasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon qaydnomasi TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi va 25-avgustga qadar TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi)ga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Suhbat oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Suhbat boʻyicha komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat boʻyicha komissiya tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat boʻyicha komissiyaga komissiya aʼzolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat boʻyicha komissiya faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Suhbat TDYUda taʼlim beriladigan tillarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Suhbatning ushbu Nizomga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun masʼuliyat masʼul kotib va masʼul kotib oʻrinbosariga, suhbat boʻyicha komissiya aʼzolariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Suhbatni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Suhbatni tashkil etish va oʻtkazish TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. TDYU qabul komissiyasining suhbatni tashkil etishdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat jarayoni adolatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYUga oʻqishga kirish va unda taʼlim olish, shuningdek, TDYUda yaratilgan sharoitlar haqida xorijiy fuqarolarga axborot va maʼlumotnomalar taqdim etish, jumladan, Internetning xalqaro axborot tarmogʻi orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarga suhbat natijalari haqida maʼlumot taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Binolar va auditoriyalarni suhbat oʻtkazish uchun tayyorlash masʼuliyati masʼul kotib oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Suhbat oʻtkaziladigan binoda sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Suhbat savollari ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan mezonlar boʻyicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi hamda professional bilim va tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar oliy taʼlim darajasiga mos boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar ularni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatiga TDYU qabul komissiya raisi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Suhbat oʻtkazish uchun ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollar TDYU qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va biletlar shakllantirilgunga qadar unda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Tuzilgan savollar suhbat oʻtkazilishidan bir kun oldin suhbat biletlarini shakllantirish uchun masʼul kotibga topshiriladi. Har bir bilet toʻrtta savoldan iborat boʻlishi lozim (ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shakllantirilgan biletlar konvertlarga joylashtiriladi va TDYU qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi hamda masʼul kotibda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Suhbat jarayonini tashkil etish va uning natijalarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Abituriyentlarning suhbatdan oʻtishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Suhbat oʻtkazilishiga qadar TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq maslahatlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Suhbat oʻtkazish jadvali masʼul kotibning taqdimnomasiga binoan TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa suhbatdan oʻtuvchi abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Suhbat oʻtkazish jadvali, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan kamida bir oy oldin TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Suhbat, qoida tariqasida, TDYU binolarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Abituriyentlar suhbat oʻtkazish uchun binoga tegishli navbat boʻyicha olib kiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarining olib kirilishi va ulardan foydalanilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Abituriyent auditoriyaga suhbat boʻyicha komissiya kotibi tomonidan taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Suhbatdan oldin abituriyent pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Suhbat oʻtkazishda abituriyent savollar berilgan biletni tanlaydi va suhbatga tayyorlanish uchun 20 daqiqa ajratiladi. Bunda abituriyent suhbatga tayyorlanish uchun qogʻoz varaqlardan foydalanishi mumkin. Qogʻoz varaqlarni taqdim etish uchun masʼuliyat suhbat boʻyicha komissiyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Suhbatdan oʻtish jarayonida abituriyentga bilet mazmuni boʻyicha qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Suhbat natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha ballarning eng yuqori miqdori 25 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Jadval boʻyicha suhbatga kelmagan abituriyentga 0 ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Suhbat natijalarini belgilash uchun suhbat boʻyicha komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shakldagi baholash varagʻini toʻldirib, uni imzolaydi hamda suhbat boʻyicha komissiyaning kotibiga topshiradi. Kotib xorijiy fuqaroga suhbat boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Abituriyentlar suhbat natijalari boʻyicha 55 ball yoki undan kam ball toʻplagan hollarda suhbatdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Suhbatdan oʻtgan abituriyentlar roʻyxati ular tomonidan toʻplangan ballar asosida reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Suhbat jarayoni va natijalari suhbat boʻyicha komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etish uchun video va audioyozuv qoʻllaniladi hamda 24 soat ichida suhbat boʻyicha komissiya raisiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish uchun suhbatni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellatsiya tartibida koʻrilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Suhbat natijalari 25-avgustga qadar TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat jarayoni oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Magistraturaga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Davlat komissiyasining TDYU magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 30-avgustdan kechikmay qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror TDYU rektorining abituriyentlarni davlat grantlari hisobiga TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida 30-avgustga qadar buyruq chiqishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida kontrakt (shartnoma) tuzish va kontrakt toʻlovi summasini 15-sentabrgacha toʻlash sharti bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi Davlat komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari bilan taqdirlangan abituriyentlar, shuningdek, “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti sovrindorlari TDYU magistraturasiga davlat granti asosida umumiy qabul kvotasi doirasidan tashqarida tanlangan magistratura mutaxassisligi bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos kelgan taqdirda, yozma imtihon topshirmasdan qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. TDYU magistraturasiga qabul qilingan abituriyentlarning suhbat va yozma imtihon natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlariga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU magistraturasiga qabul qilinmagan abituriyentlarning suhbat va yozma imtihon natijalari olti oy davomida saqlanadi va keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

‎‎______________________________ga
‎‎‎_________________________________________________________________________________ ‎manzilida yashovchi

‎‎(pasport boʻyicha doimiy yashash joyi, telefon raqami)

‎‎____________________________________________________________________________________ ni tamomlagan
‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(oliy taʼlim muassasasining nomi, manzili va tamomlagan yili)

‎‎diplom: __________________________________________________________________________________________

‎‎(seriyasi, raqami, imtiyozli boʻlsa koʻrsatilsin)

‎‎fuqaro: _______________________________________________________________________________________dan

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎A R I Z A

‎‎Menga____________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________mutaxassisligi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
‎‎Xorijiy tillardan: _______________________________________________________________tilini oʻrganganman.

‎‎Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:

‎‎Pasport:________________________ ‎‎№ __________________ ‎‎___ yil “___”_______________________________

‎‎(seriyasi)

‎‎(raqami)

‎‎(berilgan sanasi)

‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(kim tomonidan berilgan)

‎‎Jinsi:____________ tugʻilgan yili va joyi: ___________________________________________________________
‎‎____________________________________________________ Millati _____________________________________
‎‎Ushbu taʼlim muassasasiga kirish oldidan bajarayotgan ishi va umumiy ish staji: ______________________________
‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(tashkilotning nomi va joylashgan joyi, lavozimi, staji)

‎‎Ota-onam haqida quyidagilarni maʼlum qilaman:

‎‎Otam: ____________________________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_____________________________________________________________________________________

‎‎(yashash joyi)

‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi nomi, lavozimi, telefon raqami)

‎‎Onam: ____________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)‎‎

‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(yashash joyi)

‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi nomi, lavozimi, telefon raqami)

‎‎Oʻzim haqimda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni maʼlum qilaman:

‎‎_____________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________
‎‎20 ___ yil “____”____________________________

‎‎____________________________

(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________________ga (F.I.O.) _____________________________________ __________________________________dan (xorijiy fuqaroning F.I.O. (toʻliq yoziladi))

‎‎ARIZA
‎xorijiy fuqaroni Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisida

‎‎Menga ________________________________________________________________________________ magistratura

‎‎(magistratura mutaxassisligi nomi)

‎‎mutaxassisligi, taʼlimning ________________________________________ tiliga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan

‎‎(oʻzbek, rus)

‎‎suhbatda qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
‎‎Maʼlumotim _____________________________, ________________________________________________________

‎‎(oliy taʼlim yoʻnalishi)

‎‎(tugatgan taʼlim muassasasi nomi)

‎‎_________________________________________________________ni ______________________ yilda tugatganman.
‎‎Maʼlumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ____________________, raqami ______________________________.
‎‎Men ______________________________________________________________________til(lar)ini oʻzlashtirganman.

‎‎(xorijiy til(lar)ning nomi)

‎‎Suhbatni ___________________________________________________________________________ tilida oʻtkazaman.

‎‎(oʻzbek, rus)

‎‎Tugʻilgan vaqtim va joyim: ________ yil _______ ______________, _________________________________________.

(yil)‎

(kun)‎

(oy) ‎

‎‎(tugʻilgan joy)

‎‎Fuqaroligim ______________________________________________________________________________________

‎‎(fuqarolik pasport boʻyicha yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi)

‎‎Doimiy yashash joyim: _______________________________________________________________________________

‎‎(mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami toʻliq koʻrsatiladi)

_________________________________________________________________________________________________.
‎‎Pasportga oid maʼlumotlar: _________ _____________, __________________________________________________

(seriya)‎

(raqam)‎

‎‎(kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎_________________________________________________________________________________________________.
‎‎Xalqaro va milliy olimpiadalar, tanlovlar va sport musobaqalarida ishtirok etganlik haqida maʼlumot (ishtirok etgan boʻlsa): ______________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________.

‎‎(olimpiada fani, tanlov ixtisosligi, sport musobaqasi turi, oʻtkazilgan sana, egallangan oʻrin)

‎‎Suhbat oʻtkazish tartibi va qoidalari bilan tanishdim.
‎‎__________________________________________ ‎‎_____________________ ‎‎________________________________

‎‎(xorijiy fuqaroning F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎(ariza berilgan sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Yozma imtihondan chetlashtirish
‎DALOLATNOMA

‎‎Toshkent shahri ‎‎20___ yil “_____” ________________
‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent
‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎quyidagi sabablarga koʻra yozma imtihondan soat ___:___ da chetlatildi:
 ‎‎uyali telefon, kompyuter va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalkadan foydalandi;
‎‎ yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatdi;
‎‎ abituriyentlarga yordam berdi;
‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(Nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

‎‎Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _____-bandlari talablari buzildi.

‎‎1. Auditoriya rahbari ‎‎____________________________ ‎‎__________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎2. Kuzatuvchi ‎‎____________________________ ‎‎__________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

‎‎3. Kuzatuvchi ‎‎____________________________ ‎‎__________________‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎(imzo)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga yelimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonning mutaxassislik fanlari boʻyicha savollarga yozgan javoblarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASh MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 100 ballgacha baholanadi:

Ball

Javob tavsifi

Normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilganlik darajasi

86 balldan
100
ballgacha

mazmunan aniq yoritilgan, mohiyati toʻliq ochib berilgan, mantiqiy izchil ifodalangan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda toʻgʻri javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan hamda ularning samaralari va natijalari boʻyicha mustaqil ijodiy fikr yuritilgan;

tegishli masalalar boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi eʼtiborga olingan;

fikr mantiqiy izchil bayon etilgan, savol boʻyicha tegishli xulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan toʻgʻri foydalanilgan.

zarur boʻlgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs va uning havola qilingan normasi aniq koʻrsatilgan;

qonunchilikka kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar ularning mazmuni va amaliy ahamiyatidan kelib chiqib tahlil qilingan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida yetarlicha maʼlumotga ega.

71 balldan
86
ballgacha

mazmunan yoritilgan, mohiyati ochib berilgan, izchil ifodalangan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda yaxshi javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan;

tegishli masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilingan;

fikr izchil bayon etilgan, savol boʻyicha xulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan toʻgʻri foydalanilgan.

zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs koʻrsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar eʼtiborga olingan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida qisman maʼlumotga ega.

55 balldan
71
ballgacha

mazmunan qoniqarli darajada yoritilgan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga yetarlicha asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtiborga olinmagan;

savol boʻyicha toʻliq boʻlmagan xulosalar chiqarilgan;

ayrim huquqiy atamalar notoʻgʻri qoʻllanilgan.

ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar eʼtiborga olinmagan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida maʼlumotga ega emas.

0 balldan
55
ballgacha

26 balldan 55 ballgacha:

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga umuman eʼtibor qaratilmagan.

normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar mavjud emas yoki mavjud havolalar ham nooʻrin qoʻllanilgan.

1 balldan 25 ballgacha:

huquqiy atamalar notoʻgʻri qoʻllanilgan;

savol boʻyicha aniq tasavvurga ega emas.

0 ball:

notoʻgʻri javob berilgan yoki umuman javob yozilmagan;

oʻquv adabiyotlaridan va qonun hujjatlaridan soʻzma-soʻz koʻchirilgan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonning chet tili fani boʻyicha savollarga javoblarni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASh MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 50 ballgacha baholanadi:

Ball

Javob tavsifi

Reading (Oʻqish)

43 dan 50 ballgacha

matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 22 — 25 ta toʻgʻri javob berilgan.

36 dan 42 ballgacha

matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 18 — 21 ta toʻgʻri javob berilgan.

28 dan 35 ballgacha

matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 14 — 17 ta toʻgʻri javob berilgan.

0 dan 27 ballgacha

matndagi har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball qoʻyiladi. 0 — 13 ta toʻgʻri javob berilgan.

Writing (Yozish) 1-vazifa

43 dan 50 ballgacha

yozma vazifaga javob yozishda grafik yoki jadvalni tavsiflash boʻyicha vazifaning barcha talablariga mos keladi, gaplar grammatik va mantiqiy toʻgʻri tuzilgan, maʼnosiga koʻra paragraflarga boʻlingan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalarni qoʻllay olish qobiliyatini namoyon qilgan, uncha koʻp boʻlmagan (2-3) mantiqiy va grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilgan.

36 dan 42 ballgacha

yozma vazifaga javob yozishda grafik yoki jadvalni tavsiflash boʻyicha vazifaning talablarini qoniqtiradi, biroq gaplarning tuzilishida uncha koʻp boʻlmagan mantiqiy xatolar bor. Javobning umumiy mazmuniga taʼsir etmaydigan grammatik va leksik xatolar mavjud, nutq iboralari va maxsus atamalar yetarli darajada boʻlib, ular bir qator (5 — 7) mantiqiy va grammatik xatolar bilan yozilgan.

28 dan 35 ballgacha

yozma vazifaga javob yozishda grafik yoki jadvalni tavsiflash boʻyicha vazifaning talablari toʻliq ochib bermagan, biroq qisman vazifada koʻrsatilgan axborotni qamrab olgan. Gap tuzilishda va paragraflarga boʻlinishda xatolar bor. Nutq iboralari va maxsus atamalardan cheklangan miqdorda qoʻllangan, 10 tagacha mantiqiy va grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilgan.

0 dan 27 ballgacha

15 dan 27 ballgacha:

yozma vazifaga javob yozishda jadval yoki grafik tavsiflashda berilgan vazifaning talabiga muvofiq kelmaydi va tegishli dalillar bilan asoslanmagan. Aksariyat gaplarning tuzilishi stilistik va grammatik qoidalarga mos kelmaydi, foydalanilgan soʻzlar esa akademik yozuv qoidalariga muvofiq emas. 150 ta soʻz yozilishi kerak boʻlgan holatda 100 dan kam soʻz yozilgan. 10 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

1 dan 14 ballgacha:

150 ta soʻz yozilishi kerak boʻlgan holatda 50 dan kam soʻz yozilgan. 15 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

0 ball:

jadval yoki grafik tavsifiga oid yozma vazifaga javob berilmagan.

Writing (Yozish) 2-vazifa

43 dan 50 ballgacha

bayon etilgan fikr berilgan mavzuga toʻliq mos keladi, har bir tushuncha dalillar bilan asoslantirilgan. Mavzu tegishli xulosalar bilan toʻliq ochib berilgan. Gaplar grammatik va mantiqiy toʻgʻri tuzilgan, mantiqan paragraflarga boʻlingan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalarni qoʻllay olish qobiliyatini namoyon qilgan, uncha koʻp boʻlmagan (2-3) mantiqiy va grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilgan.

36 dan 42 ballgacha

bayon etilgan fikr berilgan mavzuga mos keladi, tushunchalar toʻliq hajmda dalillar bilan asoslanmagan. Mavzu toʻliq ochib berilmagan. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalardan toʻgʻri foydalanilmagan yoki bir qator (5 — 7) mantiqiy va grammatik xatolar bilan noakademik soʻzlar qoʻllanilgan.

28 dan 35 ballgacha

bayon etilgan fikr berilgan mavzuga qisman mos keladi, yozma vazifaning barcha talablariga rioya qilinmagan. Nutq iboralari va maxsus atamalardan toʻgʻri foydalanilmagan yoki bir qator (10 tagacha) mantiqiy va grammatik xatolar bilan noakademik soʻzlar qoʻllanilgan.

0 dan 27 ballgacha

15 dan 27 ballgacha:

bayon etilingan fikr berilgan mavzuga muvofiq kelmaydi. Turli xil nutq iboralari va maxsus atamalar notoʻgʻri qoʻllanilgan yoki umuman qoʻllanilmagan. 250 ta soʻz yozilishi kerak boʻlgan holatda 200 dan kam soʻz yozilgan. 10 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

1 dan 14 ballgacha:

250 ta soʻz yozilishi kerak boʻlgan holatda 150 dan kam soʻz yozilgan. 15 dan ortiq mantiqiy va grammatik xatolar mavjud.

0 ball:

berilgan mavzu boʻyicha fikr bayon qilinmagan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkazilgan suhbatda xorijiy fuqaroning javoblarini
‎BAHOLASh VARAGʻI

‎‎‎‎Sana ______________

‎‎Xorijiy fuqaroning F.I.O.__________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________________

T/r‎

Bahola� mezonlari‎‎

Ballar‎‎

1.‎

‎‎Yurisprudensiya sohasidagi professional bilim va koʻnikmalari ‎‎‎

2.‎

‎‎Ilmiy tadqiqot olib borishga boʻlgan qobiliyati ‎‎‎

3.‎

‎‎Salohiyat darajasi ‎‎‎

4.‎

‎‎Odob-axloq qoidalari va prinsiplari ‎‎‎


‎Izoh:______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.

‎‎
‎Suhbat boʻyicha komissiya aʼzosi:
‎‎____________________________________________________

‎‎______________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 47-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2015-yil 4-sentabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 77-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 15-iyuldagi 234-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/502/1457-son)