1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalangan eksport qiluvchilarga mazkur qaror bilan joriy qilinayotgan tartibga muvofiq sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
512-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, ularga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov sifatida sugʻurta xizmati — tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyati kafolati sifatida sugʻurta shartnomalari asosida sugʻurta himoyasi taqdim etilishi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalovchi shaxs — eksport qiluvchi tomonidan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi va xorijiy davlatga joʻnatilishi bilan bogʻliq faoliyatni kredit, kafolat, kafillik, lizing yoki boshqa shaklda moddiy va (yoki) moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi mahalliy yoki xorijiy investor, bank, lizing kompaniyasi, mikromoliya tashkiloti yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini tuzuvchi, sugʻurta shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotini toʻlovchi hamda sugʻurtalovchilar bilan muayyan sugʻurta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki toʻliq fuqarolik layoqatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta puli — sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi majburiyatlarining chegarasini anglatuvchi pul mablagʻlari miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta mukofotlari (sugʻurta brutto-mukofotlar) — hisoblash tartibi va miqdori sugʻurta shartnomasi bilan belgilanadigan, sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlanadigan pul mablagʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur nizom doirasidagi munosabatlar uchun sugʻurta qildiruvchi — eksport qiluvchi yoki moliyalovchi shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan, mahsulotlarni xorijiy davlatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalarigi (invoysga) asosan sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga asosan yuk joʻnatuvchi tadbirkorlik subyekti, shu jumladan uning vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan xoʻjalik shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportoldi moliyalashtirish shartnomasi — eksport qiluvchining tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va xorijiy davlatlarga eksport qilish faoliyatini kredit, kafolat, kafillik yoki boshqa shaklda moliyalashtirish yoki moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xoʻjalik shartnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi — Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish bilan bogʻliq faoliyatni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha yozma kelishuv.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Eksport qiluvchilar quyidagi sugʻurta shartnomalariga asosan garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurtalovchilarga toʻlab berilgan sugʻurta mukofotining 100 foizi, lekin sugʻurta pulining 0,5 foizidan ortiq boʻlmagan qismi Agentlik tomonidan kompensatsiya qilib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligini sugʻurta qilish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sugʻurta qilish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport faktoringini sugʻurta qilish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchining aylanma mablagʻlarini toʻldirish krediti oʻz vaqtida qaytarilmasligidan sugʻurta qilish shartnomasi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sugʻurta mukofotini qoplab berishning asosiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik tomonidan garov sifatida sugʻurta xizmatlari boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplab berish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchiga sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlangan boʻlishi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi tomonidan eksport qiluvchiga sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin sugʻurta polisi taqdim qilinishi va sugʻurta polisi taqdim qilingan sanada xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan boʻlishi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomalari (invoyslar) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi (bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSH dollarigacha tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilish holatlaridan tashqari), eksportoldi moliyalashtirish shartnomasi boʻyicha sugʻurta amalga oshirilishi holatlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval olingan kompensatsiya boʻyicha sugʻurta shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi tomonidan kompensatsiyaning ushbu Nizom shartlariga muvofiq tegishli qismi qaytarilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha faqat sugʻurta qildiruvchining oʻz tadbirkorlik xavfi va moliyalovchi shaxs foydasiga sugʻurtalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasining turi ushbu Nizomda keltirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan shartlarga mos kelishi shart.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sugʻurta mukofotini qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanilganda, Agentlik tomonidan sugʻurta mukofotini kompensatsiya qilish boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompensatsiya olish uchun sugʻurta qildiruvchi tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining nusxasi, toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sugʻurta qildiruvchidan ushbu Nizomning 6 va 15-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada elektron manzil koʻrsatilganligi arizachining ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan holatlarda ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, Agentlik 3 ish kuni mobaynida murojaat etgan shaxsga yozma yoki elektron shaklda tegishli xat bilan javob qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 4-bandidagi shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimi orqali va sugʻurtalovchilarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi maʼlumotlar bazalari yordamida hamda soʻrovnomalar yuborib, javoblar olish orqali oʻrganib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza boʻyicha kompensatsiya berish yuzasidan xulosa Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi. Arizalarni koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik har chorak yakuni bilan sugʻurta shartnomasi tugaganligi yoki muddatidan avval bekor qilinganligini monitoring qilib borish maqsadida sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchidan shartnomaga oid hujjatlarni va maʼlumotlarni, shuningdek eksportga oid hujjatlar nusxasi va maʼlumotlarni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra sugʻurta shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganligi aniqlangan taqdirda, agar sugʻurta hodisasi sodir boʻlmagan va (yoki) sugʻurta tovoni toʻlanmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplab berilgan sugʻurta mukofotining foydalanilmagan davr uchun mutanosib qismi, shuningdek, eksport qiluvchi tomonidan bir yil mobaynida eksport amalga oshirilmasa (fors-major holatlari bundan mustasno), sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplab berilgan sugʻurta mukofoti Agentlik tomonidan yuborilgan yozma bildirishnoma qabul qilingan sanadan boshlab yigirma ish kuni davomida sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurtalovchi tomonidan toʻliq qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasidagi kompensatsiya shartlarining buzilishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sugʻurta mukofotini qoplab berishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlikka kompensatsiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom 4-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi, taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda oʻrganishlar natijasida ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlangan taqdirda, sugʻurta mukofoti xarajatlarini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablaridan boshqa asoslarga koʻra, kompensatsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Rad etish toʻgʻrisida xulosa olinganda, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda oʻn kun muddatda Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qayta koʻrib chiqishda Agentlik tomonidan rad etishning avval yozma ravishda taqdim etilmagan sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan rad etilgan sabablarni bartaraf etish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta mukofotini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, shuningdek, Agentlikning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sugʻurta mukofotini qoplash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanilganda, sugʻurta mukofoti xarajatlari Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Har bir moliya yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Agentlikning tasdiqlangan smeta boʻyicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya yili davomida garov sifatida sugʻurta xizmatlari boʻyicha Agentlikka taqdim etgan arizalarga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smetaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Moliya yili yakuni boʻyicha Agentlik shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agentlik sugʻurta mukofotini qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilingandan keyin har hafta yakuni boʻyicha keyingi haftaning birinchi ish kunida subsidiya mablagʻlarini ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq uch ish kuni davomida kompensatsiya mablagʻlarini Agentlikning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlari kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida sugʻurta mukofot puli uchun kompensatsiya mablagʻlarini sugʻurta qildiruvchining tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy valyutada tuzilgan eksport va eksportoldi moliyalashtirish shartnomalariga asosan garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanilganda, sugʻurta qildiruvchilar tomonidan sugʻurtalovchilarga toʻlab berilgan sugʻurta mukofoti xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy valyutada toʻlov amalga oshirilgan sugʻurta mukofoti xarajatlari uchun kompensatsiya milliy valyutada amalga oshiriladi. Xorijiy valyutada toʻlov amalga oshirilgan sugʻurta mukofoti xarajatining milliy valyutadagi qiymati sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti xarajatlari uchun toʻlov amalga oshirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursiga asosan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik tomonidan sugʻurta mukofoti pulini kompensatsiya qilish uchun subsidiya mablagʻlari ajratilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanilganda, Agentlik tomonidan sugʻurta mukofotini kompensatsiya qilish boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sugʻurta qildiruvchi
Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ariza bilan birga kuyidagi hujjatlarni taqdim etish:
eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
sugʻurta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining nusxasi, toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi.
Sugʻurta qildiruvchining ixtiyoriga koʻra
2-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va xulosa berish:
hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, ularni eksport qiluvchilarga javob xati bilan yozma yoki elektron shaklda qaytarish;
3 ish kuni mobaynida
toʻliq taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha tegishli xulosa tayyorlash va eksport qiluvchilarni xabardor qilish.
7 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablagʻ ajratish boʻyicha buyurtmanoma berish.
Har hafta yakuni boʻyicha keyingi haftaning birinchi ish kunida
Sugʻurta qildiruvchilarning hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish.
Mablagʻlar tushgan kundan boshlab 1 ish kuni davomida
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi direktori ___________ga __________________ dan
Ariza
________________________________________ (sugʻurta qildiruvchi nomi) foydalanilgan sugʻurta xizmatlari uchun toʻlangan sugʻurta mukofotini kompensatsiya qilib berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya toʻlovini __________________________ bankidagi ____________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
1. Eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
2. Sugʻurta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining nusxasi, toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi
______________ rahbari
_______________________
(F.I.O.)
Bogʻlanish uchun tel.:+998 (___)____________
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 09/20/512/1219-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)