24.08.2020 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish, Davlat budjetini oʻrta muddatli davr uchun rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq quyidagilar 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yoʻnalishlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet maʼlumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
506-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 506-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STRATEGIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yoʻnaltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarning budjet jarayonidagi ishtirokini taʼminlashga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilayotganligi, shu jumladan Davlat budjeti Parlament tomonidan tasdiqlanishi, “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri chop etilishi, Openbudget.uz axborot portali ishga tushirilishi, Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar milliy hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq eʼlon qilinishiga qaramasdan, Davlat moliyasini boshqarishni yanada takomillashtirishni talab etadigan bir qator yoʻnalishlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyasini boshqarish tizimida davlatning oʻrta va uzoq muddatli maqsadlariga erishish borasida strategik oʻrta muddatli istiqbollarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarning hisobini alohida yuritish, shuningdek, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlarini konsolidatsiyalashgan budjetda aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarni mustaqil ravishda belgilash imkonini beradigan budjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof uslubiyatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun mavjud tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish zarurligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro moliya institutlari koʻmagida aniq maqsadlar, vazifalar va asosiy yoʻnalishlarni belgilovchi 2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyada davlat moliyasi toʻgʻrisida jamoatchilikka keng qamrovli maʼlumotlar berish va shaffoflikni taʼminlash, samaradorlik va natijadorlikka bosqichma-bosqich erishishga qaratilgan soliq-budjet siyosatiga oʻtish uchun strategik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish kabi yoʻnalishlar ham belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatidan tuzilmasi oʻxshash davlatlar tajribasi ham oʻrganib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Strategiyaning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazkur Strategiyani ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyani amalga oshirish davri 2024-yilgacha moʻljallangan boʻlib, quyidagi muhim maqsadlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet maʼlumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli davlat moliyaviy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan strategik oʻrta muddatga moʻljallangan soliq-budjet siyosatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy cheklovlar va vazifalarni nazarda tutuvchi budjetlashtirishning “yuqoridan pastga” yondashuvini joriy etish yoʻli bilan soliq-budjet nazoratini kuchaytirish va barcha budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi va hisobdorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari taqsimlovchilari uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini dasturlar kesimida tasdiqlash va natijadorligini baholash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiskal tavakkalchiliklarini baholash hamda zamonaviy makroprognozlashtirish modullarini qoʻllashni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet jarayonining shaffofligi va budjet maʼlumotlarining ochiqligini oshirib borish, jumladan davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Parlamentga taqdim etish jarayonini takomillashtirish va shaffofligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetlararo munosabatlarni isloh qilish, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda budjetlararo transfertlar taqdim etish qoidalari asosida ularni ajratishning shaffof mexanizmini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalarining islohoti, soliq islohoti, soliq-budjet shaffofligini taʼminlash boʻyicha yoʻl xaritalari, davlat xaridlari tizimi islohotlari Strategiya bilan bir qatorda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiya muvofiqlashtiruvchi vosita boʻlib, kelgusida ham individual islohotlar ishlab chiqilib, ular harakatlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning mavjud emasligi budjet mablagʻlarini soliq-budjet siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va Davlat budjetining moliyaviy salohiyatidan kelib chiqqan holda taqsimlash imkoniyatini cheklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa, oʻz navbatida, budjet majburiyatlarining mantiqsiz oʻsishiga va ajratilgan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi yetarli darajada nazorat qilinmasligiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat siyosatining oʻrta va uzoq muddatli maqsadlarini qoʻllab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida “moliya yili davomida moliyaviy resurslarning yetarliligini baholash” tamoyilidan “qabul qilinayotgan siyosiy qarorlarning oʻrta va uzoq muddatli oqibatlarini va ajratilgan budjet mablagʻlarining natijadorligini baholash” tamoyiliga oʻtishni nazarda tutuvchi strategik yondashuvni soliq-budjet siyosati doirasida keng joriy etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Budjet jarayonini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlaqonli oʻrta muddatli budjetli rejalashtirishga oʻtish maqsadida soliq-budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va Davlat budjetini oʻrta muddatli davrga tayyorlash tamoyillarini, aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini belgilovchi hamda fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlash mexanizmini amalga oshirish choralarini koʻrish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, soliq-budjet prognozlarini tayyorlashda davlat organlari tomonidan foydalaniladigan oʻrta muddatli makroiqtisodiy prognozlar ishonchliligini oshirish choralarini koʻrish va bu maʼlumotlarni hisobot davri yakunlari boʻyicha haqiqiy koʻrsatkichlar bilan taqqoslash orqali baholab borish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet jarayoni bosqichlari (Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarini tayyorlash, koʻrib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash) budjetni oʻrta muddatli rejalashtirishga oʻtilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat funksiyalari, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning (budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar) roli va funksional vazifalari qayta taqsimlanishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga dastlabki budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning chegaralangan miqdorlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazish orqali mazkur ajratilayotgan mablagʻlarning Hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligi hamda taqdim etiladigan budjet soʻrovlarining sifat darajasining oshishiga erishish koʻzda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq-budjet siyosatini ishlab chiqishning strategik yoʻnaltirilganligini kuchaytirish budjet qonunchiligida oʻrta muddatli budjetni rejalashtirishni joriy etishga doir tadbirlarni mustahkamlash bilan birgalikda olib borilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish doirasida oʻrta muddatli budjetni rejalashtirishning uslubiy va meʼyoriy bazasini ishlab chiqishga, davlat moliyasining barqarorligini taʼminlash uchun soliq-budjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-budjet koʻrsatkichlarni) ishlab chiqishga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Budjetning samaradorlikka va natijaga yoʻnaltirilganligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta muddatli budjetni rejalashtirish doimiy takomillashtirib borilishi natijasida oʻrta muddatda mavjud boʻlgan boʻsh moliyaviy resurslarni aniqlash imkoniyatlari kengayib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan mablagʻ oluvchilar kesimida budjetni taqsimlash va ularning budjet vakolatlarini kengaytirish mexanizmining joriy etilishi bilan budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning oʻz maqsadlarini belgilash va muvofiq ravishda aniq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlari ham kengayib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy eʼtibor budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqqan holda, ajratilgan budjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini baholash koʻrsatkichlarini kengaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda “Dasturiy budjetlashtirish”ni joriy etish uchun zarur boʻlgan mexanizmlar aniqlashtiriladi, mazkur tizimning afzallik va kamchiliklari oʻrganilib, joriy va yangi tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlarini aniqlash uslublari ishlab chiqiladi. Jumladan, amaldagi budjet tasnifiga oʻzgartirish kiritilib, davlat xarajatlarini dasturlar boʻyicha tasniflash joriy etish koʻzda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro eʼtirof etilgan uslubiyatlar asosida davlat investitsiyalarini boshqarish tizimi tahlil qilinadi va mazkur tizimni yaxshilash boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat investitsiya xarajatlarini takomillashtirish boʻyicha islohotlar parallel ravishda olib borilmoqda, lekin eng maqbul natijaga erishish uchun davlat investitsiyalari boʻyicha qarorlarni qabul qilish jarayonining budjet jarayoni bilan yanada integratsiyalashuvini taʼminlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Investitsiya dasturini shakllantirishda ishtirok etuvchi davlat organlarining vakolatlari qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni izchil amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash maqsadida davlat organlarida institutsional rivojlanishni taʼminlash va zarur imkoniyatlarni yaratish — Strategiyaning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta muddatli budjetni toʻliq rejalashtirishga muvaffaqiyatli oʻtish uchun asos boʻlgan moliya organlarining makrofiskal faoliyati cheklangan boʻlib, ilgʻor amaliyotga mos kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlarini prognoz va tahlil qilish funksiyasini bajaradi, ammo oʻrta muddatda davlat moliyasi barqarorligini va unga taʼsir etuvchi ichki va tashqi omillarni (soliq-budjet siyosatining makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsiri tahlili va oʻz navbatida, makroiqtisodiy omillarning Davlat moliyasi tizimiga taʼsiri) tahlil qilish funksiyasi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni amalga oshirish davlat moliyasini jamlash va taqsimlashga doir masalalarni tartibga soluvchi normativ va uslubiy bazani takomillashtirish bilan birga olib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tayyorlash, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2 Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi tuzilmasining samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilgan holda vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklari hamda boshqa birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari bilan munosabatlarini oʻrganish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash doirasida davlat moliyasini boshqarish tizimini maqbullashtirish maqsadida Moliya vazirligining tahliliy salohiyatini uning tashkiliy tuzilmasi va mavjud ish jarayonlarini yangilash orqali oshirishga yoʻnaltirilgan holda qayta koʻrib chiqish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yoʻnalishni amalga oshirishda rivojlanib borayotgan axborotlashtirish jarayonlari hamda Moliya vazirligi tarkibiy boʻlinmalari va boshqa davlat hokimiyati organlari funksiyalarining maqbullashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari va Davlat moliyaviy nazorat departamentining faoliyati tahliliy oʻrganilib, boshqarishning markazlashgan tizimini joriy etish masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va budjet daromadlarini aniq prognozlash imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan maqsadlarga erishish uchun budjet jarayonining barcha bosqichlarida vazirlik va idoralar faoliyatining oʻzaro muvofiqligi va hamkorligini taʼminlash yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirda Davlat faoliyatining sezilarli qismi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti jarayoni doirasidan tashqarida amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan davlat tadbirlarining aksariyat qismi budjetdan tashqari manbalar, yaʼni budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan bajarilmoqda. Bu tarzdagi xarajatlar esa Parlament tomonidan tasdiqlanadigan yillik budjet miqdorlari hamda Parlamentga taqdim etiladigan hisobotlarda aks etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim davlat korxonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga qaramasdan, iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlat korxonalari faoliyatida davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Budjet ustuvorligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining toʻliqligi, ishonchliligi va Davlat budjetining strategik yoʻnaltirilganligini taʼminlash maqsadida barcha davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlarni Davlat budjetiga qoʻshish choralarini koʻrish, shuningdek, budjet hisobotida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy koʻrsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu chora-tadbirlar doirasida oʻrta muddatli budjetni rejalashtirishga toʻliq oʻtishni taʼminlash va ichki nazorat samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar — budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning (oluvchilarning) roli va funksional majburiyatlari qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Davlat budjeti darajalari oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasini boshqarishning yanada oqilona va samarali tizimini taʼminlash maqsadida budjet tizimining budjetlari oʻrtasida ulardan har birining xarajatlar boʻyicha majburiyatlarini aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, budjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof uslubiyati joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek mahalliy budjetlarning barqarorligini taʼminlash uchun budjet qoidalarini kuchaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga rioya qilishini qatʼiy nazoratga olish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasining uzoq muddatli barqarorligini taʼminlash va oldindan prognoz qilish imkoniyatini oshirish uchun fiskal tavakkalchiliklar tahlilini va ularning oshkor etish jarayonini yaxshilash choralarini koʻrish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va boshqarish davlat sektorida soliq-budjet siyosatiga oid qarorlarni qabul qilish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda fiskal tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish va boshqarish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy makroiqtisodiy tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor qilinishi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarz olish ustidan qatʼiy nazoratning mavjudligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan berilgan davlat qarzlari va kafolatlari toʻgʻrisidagi jami maʼlumotlar oshkor etilishiga qaramasdan, fiskal tavakkalchiliklarning alohida yoʻnalishlari oshkor qilinmaydi va hisobi yuritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va oshkor etishni oʻz ichiga olgan holda uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligini baholash mahalliy davlat hokimiyati organlari va keng jamoatchilikda olib borilayotgan soliq-budjet siyosatining barqarorligi toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi va, zarur hollarda, soliq-budjet siyosatiga oʻz vaqtida zarur tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi sektori juda katta miqdordagi moliyaviy aktivlarni tasarruf etadi. Ushbu aktivlarning asosiy qismini xorijiy valyuta va depozitlar, davlat korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, davlat korxonalari kapitalida davlat ishtiroki doirasidagi aktivlar tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi va davlat kafolatining umumiy miqdori eʼlon qilib boriladi, biroq budjet hisobotida davlat aktivlari va majburiyatlari va ular bilan bogʻliq tavakkalchiliklar aks ettirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish va ularni boshqarishning samarali tizimini, shu jumladan davlat sektorida shakllantirishda boshqaruvning moliyaviy balansini tayyorlash jarayonini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz barqarorligining ishonchli baholanishini taʼminlash hamda oʻrta muddatda samarali qarz siyosatini olib borish maqsadida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qarzi bilan bogʻliq tavakkalchiliklar hisobini yuritish, tahlil qilish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish va boshqarish tizimini yaxshilash uchun quyidagi birinchi navbatdagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qarzi barqarorligini tahlil qilish tizimini amaliyotga joriy etish va yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sifatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini toʻlaqonli joriy etish uchun qadrlar tayyorlash va tegishli dasturiy taʼminotlarni takomillashtirish zarur boʻladi va bu, oʻz navbatida, uzoq muddatni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit xizmati taʼsis etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, ichki audit xizmati faoliyatining huquqiy va uslubiy asoslari mavjud emasligi, ularning faoliyati faqat budjet mablagʻlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bilan bogʻliq holatlarni aniqlashga qaratilganligi tufayli ushbu xizmatlarni koʻrsatish faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Davlat sektorida budjet hisobi standartlarini birxillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sektorida budjet hisobi va moliyaviy hisobot tizimining lozim darajada yoʻlga qoʻyilishi davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq-budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha qaror qabul qilish uchun ularni davlat moliyasi toʻgʻrisidagi shaffof, ishonchli va keng qamrovli maʼlumotlar bilan taʼminlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu yoʻnalishda budjet hisobi standartlarini bosqichma-bosqich Davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga (IPSAS) moslashtirishni nazarda tutuvchi choralarni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, Moliya vazirligining axborot tizimiga yagona schyotlar rejasi hamda yangilangan hisobot shakllarini joriy etish orqali davlat boshqaruvi sektori uchun Yagona schyotlar rejasi amaliyotga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini va natijadorligini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga mos ichki nazorat va audit xizmatini, shuningdek, lozim darajadagi moliyaviy nazoratni amaliyotga joriy etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu chora-tadbirlar doirasida, avvalambor, budjet mablagʻlari taqsimlovchi (oluvchi)larining, jumladan, ularning rahbarlarining masʼuliyatini va javobgarlik hissini oshirishga qaratish lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta muddatli davrda barcha vazirlik va idoralarda — budjet mablagʻlarini taqsimlovchi (oluvchi)larda ichki audit xizmatini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq-budjet sohasidagi shaffoflikni, nazoratni va budjet hisobi sifatini oshirish uchun tashqi auditdan oʻtkazish funsiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, budjet mablagʻlarini aniq vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlash orqali parlament nazoratini kuchaytirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Soliq xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maʼmurchiligini va qoidalarini takomillashtirish orqali yashirin iqtisodiyotni ulushini qisqartirish hamda budjet daromadlarini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq turlari bazasini takomillashtirish, resurs soliqlarini samaradorligini oshirish. Soliq imtiyozlarini maqbullashtirish jarayonini yakunlash orqali faoliyatning barcha ishtirokchilariga bir xil sharoit yaratish va raqobatni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq xizmatlarini rivojlantirish va soliq maʼmurchiligiga raqamli texnologiyalarni kiritish. Bunda soliq xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mobil ilovalar sonini koʻpaytirish, onlayn nazorat-kassa apparati va virtual kassa tizimini qoʻllashni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, birlamchi hisob-kitob hujjatlarini (elektron hisob-fakturalar tizimini toʻliq joriy etish) raqamlashtirish va birxillashtirish kabi choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Davlat xaridlari tizimini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari samarali elektron xaridlar tizimini yangilash va ishga tushirishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini taʼminlash maqsadida buyurtmachilarning xaridlarini bosqichma-bosqich gʻaznachilik ijrosi bilan qamrab olish boʻyicha choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash olib borilayotgan soliq-budjet siyosati maqsadlarining fuqarolar ehtiyojlariga mos kelishini va hukumatning hisobdorligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida budjet jarayoniga jamoatchilikni jalb etishni yanada kengaytirish choralari koʻriladi, shuningdek, fuqarolarning budjet jarayonidagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash, oʻrta muddatda soliq-budjet siyosatining ustuvor va asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishda fuqarolar ishtirokini taʼminlash mexanizmlari keng qoʻllaniladi (xususan, budjet mablagʻlarining xarajatlari yoʻnalishida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Budjet maʼlumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat resurslariga oid oshkora, ishonchli va keng qamrovli maʼlumotlarning mavjudligi davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasi maʼlumotlarining keng qamrovliligi, qiyoslanuvchanligi hamda yaxlitliligi soliq-budjet siyosatini shakllantirishga strategik yondashuvni joriy etishda, keyinchalik esa budjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini baholashga oʻtishda toʻliq, oʻz vaqtida va ishonchli axborot bazasini yaratishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini tuzishda budjet tizimi budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarining barcha daromadlari va xarajatlari hisobga olinsada, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada davlat sektorining ayrim xarajatlari, shuningdek, alohida pul oqimlari, shu jumladan davlat korxonalari faoliyati, davlat aktivlari va ayrim davlat majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar budjet hisobotida aks ettirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Soliq-budjet hisobotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Makro va mikro darajada soliq-budjet siyosatni boshqarish uchun juda muhim boʻlgan soliq-budjet hisobotlari sifatini oshirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq-budjet hisobotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish Hukumatning joriy moliyaviy holatdan xabardorligini oshirish va xalqaro taqqoslash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tegishli soliq-budjet siyosatini shakllantirishda, soliq-budjet prognozlashtirishni yaxshilashda va uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlashda yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq-budjet hisobotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish davlat moliyasining barqarorligi hamda daromadlarni prognoz qilish imkoniyatlarini oshiradi va ishonchli baholash uchun soliq-budjet maʼlumotlarining solishtiriluvchanligini va muvofiqligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Davlat soliq-budjet siyosati moʻljallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish maqsadida budjet hisobotlarini tuzishda asos boʻladigan iqtisodiy hamda vazifa jihatdan budjet tasniflari xalqaro standartlarga yanada muvofiqlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, davlat qarzining umumiy miqdoridagi oʻzgarishlarni sof moliyalashtirish hajmi va boshqa oqimlar bilan solishtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishi davlat qarzining shakllanishiga olib keladigan asosiy moliyaviy oqimlarni ajratish va tafovutlar yoki maʼlumotlarning yaxlitligini aniqlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, alohida korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish lozim. Soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish natijasida Davlat budjeti daromadlarining kamaygan qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar amaldagi soliq-budjet siyosati va davlat sektori faoliyatini toʻliqroq baholash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyasi toʻgʻrisida ishonchli, shaffof, dolzarb va muddatli kompleks maʼlumotlar mavjud boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta muddatli budjetni rejalashtirish toʻlaqonli tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta muddatli istiqbolda makrofiskal prognozlash va tahlil qilishning barqaror va bashorat qilinadigan tizimi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet parametrlarini shakllantirish va tasdiqlash jarayonida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning budjet sohasidagi vakolatlari va mustaqilligi kengaytiriladi va oʻz navbatida ularning masʼuliyati sezilarli darajada oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlariga mos ravishda budjet mablagʻlarini taqsimlash samaradorligi oshiriladi, soliq-budjet siyosatining maqsadlariga erishishning samaradorligi va natijadorligini baholashning son va sifat koʻrsatkichlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti ijrosi jarayonida samaradorlikka va natijadorlikka erishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat investitsiyalarining samaradorligi va boshqarilishi yaxshilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliya tizimining barqarorligi mustahkamlanadi, soliq-budjet tavakkalchiliklari ishonchli baholanadi va minimallashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qarzini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet jarayonida jamoatchilik va fuqarolar ishtirokini keng faollashtirish uchun budjet maʼlumotlarining oshkoralik darajasi oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali elektron davlat xaridlari tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining reyting va indekslarida Oʻzbekistonning oʻrni yaxshilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan maqsadlar mantiqiy ketma-ketlikdan kelib chiqib shakllanadi. Aksariyat sohalarda asosiy eʼtibor amaldagi davlat moliyasini boshqarish tizimining bazaviy elementlarini yoki uslubiyotini takomillashtirishga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, xukumatning rolini aniqlash uchun avval Hukumatning roli va javobgarligini, keyin esa mahalliy boshqaruv organlari, soʻngra yanada kengroq qamrovda — yaʼni davlat sektorida, koʻrib chiqish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu tarzda, oʻrta muddatli strategik budjetni ishlab chiqish va natijaga yoʻnaltirilganlikka oʻtish jarayonidan oldin yillik budjet taqvimini mustahkamlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning barcha hatti-harakatlari toʻgʻrisida ishonchli, oʻz vaqtida va har tomonlama taqdim qilinadigan maʼlumotlar belgilangan maqsadlarga erishish va lozim darajadagi hisobdorlikni taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 506-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HARAKATLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maqsad

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

Texnik yordam va trening

1-boʻlim. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimini joriy etish

1-bob. Budjet jarayonini takomillashtirish

1.

Strategik budjetni shakllantirishda vosita sifatida foydalaniladigan Fiskal strategiyani ishlab chiqish.

Budjetni shakllantirish jarayoniga koʻmaklashish maqsadida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan oʻrta muddatli davrga moʻljallangan Fiskal strategiyani ishlab chiqish va eʼlon qilish:

oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari;

oʻrta muddatli davr uchun budjet siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va soliq-budjet maqsadlari;

keyingi moliya yili uchun budjet xarajatlarini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqiladigan maqsadli moʻljallar.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya

2021-yil II chorak

Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmagini jalb etish

2.

Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarining ishonchliligini oshirish.

Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni tuzish, prognozlashning amaldagi uslubiyotini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni hisobot davri yakunlari boʻyicha haqiqiy koʻrsatkichlar bilan farq qilish sabablarini oʻrganish orqali baholash.

Chora-tadbirlar rejasi

Tahliliy hisobot

2020-yil IV chorak

2021-yildan boshlab har yili I chorakda

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

3.

Yangi budjet taqvimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi budjetni shakllantirish muddatlarini (budjet taqvimini) qayta koʻrib chiqish:

1) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ikki bosqichda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni taqdim etish, bunda:

oʻrta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;

oʻrta muddatli davr uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozi;

2) Fiskal strategiya bilan birga birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning qabul qilingan Hukumat qarorlari va Davlat dasturlariga asosan kelgusi oʻrta muddatli davrda amalga oshirilishi lozim boʻlgan yoki tugash muddati kelgan tadbirlar va ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi dastlabki soʻrovlari asosida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan chegaralangan miqdorlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabkimiqdorlarini Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;

3) birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar hamda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan oʻrta muddatli davr uchun budjet soʻrovlari tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan Davlat dasturlari va boshqa tadbirlarga talab etiladigan xarajatlarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, tasdiqlangan chegaralangan miqdorlar doirasida shakllantirish va tegishli moliya organiga taqdim etish;

4) hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet soʻrovlari umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etish;

5) Moliya vazirligi tomonidan kelgusi yil uchun Davlat budjetining loyihasini shakllantirish jarayonida budjet soʻrovlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Davlat budjetidan tegishli mablagʻlar ajratilishining iqtisodiy asoslanganligini oʻrganish hamda samaradorligini baholash.

Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining texnik koʻmagi

4.

Budjet soʻrovini shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish.

Budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan moliya organlariga budjet soʻrovlarini taqdim etish jarayonini “OʻzASBO” va DMBAT dasturiy majmualarini integratsiya qilish orqali avtomatlashtirish.

Moliya vaziri buyrugʻi

2020-yil yakuniga qadar

Moliya vazirligi

5.

Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini shakllantirish hamda ularning ijro jarayonini maksimal avtomatlashtirish.

“OʻzASBO” dasturiy majmuasida umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini yaratilgan elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi toʻlash moduliga bogʻlash ishlarini yakunlash.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, birlamchi tibbiy xizmat muassasalari, keyinchalik esa barcha budjet tashkilotlarining shtatlar jadvali, tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmlarini avtomatlashtirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi toʻlash moduliga bogʻlash imkoniyatini yaratish.

Dasturiy taʼminotni takomillashtirish

2020-yil III chorak








2021-yil
I chorak

Moliya vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari

6.

Budjetda nazarda tutilmagan yangi xarajatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash funksiyalarini takomillashtirish.

Moliya vazirligi hamda tarmoq vazirliklari oʻrtasida budjet vakolatlarini taqsimlash jarayoni yakunlangandan keyin joriy yil budjetida nazarda tutilmagan tashabbuslar ustidan lozim darajadagi nazoratni oʻrnatish, shuningdek, ularni uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligiga taʼsirini tahlil qilish tizimini joriy etish.

Bu jarayonni avval M�liya vazirligida boshlab, keyinchalik vazirliklarning oʻzida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2021-yil II chorak

Moliya vazirligi

AQSh Gʻaznachiligi ekspertlari koʻmagi

7.

Birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari sonini maqbullashtirish.

Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sonini maqbullashtirish nuqtai nazaridan tashkiliy asosda qayta koʻrib chiqilgan (oraliq) dastlabki budjet tasnifini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil I chorak

Moliya vazirligi

2-bob. Oʻrta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF)

8.

Oʻrta muddatli budjet asoslarining huquqiy bazasini taʼminlash.

Oʻrta muddatli rejalashtirishni joriy etish uchun qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, budjet taqvimini qayta koʻrib chiqish va budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning vakolatlarini qayta koʻrib chiqish.

Oʻrta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish boʻyicha yagona qoʻllanmalar toʻplami (sirkulyar) ni tayyorlash.

Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2020-yil IV chorak




2021-yil II chorak

Moliya vazirligi

9.

Bazaviy xarajatlarni aniqlash uslubiyati.

Amaldagi davlat dasturlarida belgilangan siyosatni davom ettirish, shuningdek, infratuzilmani saqlash boʻyicha kapital qoʻyilmalar uchun zarur boʻlgan bazaviy xarajatlarni aniqlash. Yaʼni, tarkibiga yangi tashabbuslar uchun zarur boʻladigan xarajatlarni hisobga olmagan holda budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning joriy xarajatlari hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar miqdorini hisoblash.

Metodik
qoʻllanma

2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi

10.

Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning chegaralangan miqdorlarini yetkazish.

1. Birlamchi Fiskal strategiyani shakllantirishda umumlashgan xarajatlar prognozi doirasida nominal qiymatda xarajatlarning chegaralangan miqdorlarini oʻrta muddat uchun ishlab chiqish va har yili suzuvchi grafik asosida bir yildan qoʻshib borish.

2. Budjet mablagʻlarining chegaralangan miqdorlarini ajratish lozim boʻlgan birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari qamrovini aniqlash hamda chegaralangan miqdorlarni hisoblash uslubiyatini, shuningdek, ularni qayta koʻrib chiqish shartlarini belgilash.

3. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun budjetdan ajratiladigan budjet mablagʻlari chegaralangan miqdorlarini belgilash.

4. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga hamda ular tasarrufidagi budjet tashkilotlari uchun budjet mablagʻlarining chegaralangan miqdorlarini belgilash jarayonini tartibga solish.

Oʻrta muddatli budjet asoslarining mustahkamligini taʼminlash maqsadida zaxira mablagʻlarini shakllantirish uchun hisobga olinadigan tadbirlar va mezonlarni belgilash.

Metodik
qoʻllanma

2021-yil I chorak

Moliya vazirligi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilish

11.

Uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligini taʼminlash.

Soliq-budjet barqarorligini yanada oshirish maqsadida soliq-budjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-budjet maqsadlarining miqdor koʻrsatkichlarini) baholash tizimini joriy etish.

2022 — 2024-yillar uchun fiskal strategiya tarkibida aks ettirish

2021-yil II chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Markaziy bank

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagi

3-bob. Budjetning samaradorlik va natijadorlikka qarab yoʻnaltirilganligini oshirish

12.

Xarajatlarning samaradorligini va natijadorligini baholash uslubiyatini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tajriba tariqasida tanlangan vazirlik va idoralar misolida avvalgi yillarda tadbirlarga yoʻnaltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning natijadorligini baholash.

Baholash natijalaridan kelib chiqib, mazkur vazirlik va idoralarda xarajatlarning sifat va miqdor koʻrsatkichlarini belgilash hamda tajriba tariqasida ularni baholash tizimini joriy etish va shu asosda koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning kelgusi yillar uchun budjetlarini shakllantirish.

Tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ularning budjet boʻyicha takliflari bilan bir qatorda samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning oʻz maqsadlarini belgilash va shunga muvofiq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida ularning budjet vakolatlarini kengaytirish mexanizmini joriy etish.

Budjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda iqtisodiy tasnif boʻyicha xarajatlar moddalarini yirik guruhlarga birlashtirish.

2021-yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasida hamda budjetnomada aks ettirish

Moliya vazirining Budjet tasnifiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi

2020-yil IV chorak

















2022-yil I chorak

Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida

13.

Samaradorlik va natijadorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sifatini oshirish.

Budjetnoma tarkibida taqdim etiladigan budjet hujjatlarida bosqichma-bosqich xarajatlarni baholashning indikatorlarini va nazorat koʻrsatkichlarini koʻrsatishni kengaytirish va ular boʻyicha hisobotlarni taqdim qilib borishni yoʻlga qoʻyish.

Budjetnoma loyihasi

2021 — 2025-yillar

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

14.

Dasturiy budjetlashtirishni joriy etish uchun zarur boʻlgan mexanizmlarni belgilash.

Dasturiy budjetlashtirish uchun zarur boʻlgan mexanizmlarni aniql?sh hamda mazkur tizimning afzallik va kamchiliklarini oʻrganish. Joriy va yangi tadbirlar uchun xarajatlarni aniqlash uslublarini ishlab chiqish.

Davlat budjeti xarajatlarini dasturlar boʻyicha tasniflashni joriy etish.

Moliya vazirining budjet tasnifiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

2021-2022-yillar

Moliya vazirligi

4-bob. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish

15.

Davlat investitsiyalarini boshqarish (DIB) jarayonini takomillashtirish, investitsiya loyihasini saralash, moliyalashtirish va boshqarish jarayoniga jalb qilingan ishtirokchilarning vakolatlarini belgilash.

Mavjud muammolar va toʻsiqlarni toʻlaqonli tushunib yetish maqsadida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq toʻliq tahlilini oʻtkazish hamda Davlat investitsiyalarini boshqarish jarayonini kuchaytirish uchun oʻrta muddatli harakatlar rejasini ishlab chiqish.

Yuqoridagi tahlil natijalariga asoslangan holda:

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun taqdim etiladigan talabnomalarni budjet jarayoni bilan bevosita bogʻliqligini nazarda tutuvchi oʻrta muddatga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibini ishlab chiqish.

Tegishli tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarining ustuvorligini aniqlash va saralash mezonlarini oʻrnatish (ijtimoiy soha, yoʻl-transport infrastrukturasi, suv xoʻjaligi va melioratsiya va boshqa infratuzilma obyektlari) .

Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash tizimini joriy etish. Shu jumladan, obyektlarni dasturga kiritish bosqichida ham baholashni nazarda tutish, bunda tarmoq vazirliklari va idoralarning (buyurtmachilarning) Investitsiya dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonidagi vakolatlariga aniqlik kiritish (investitsiya loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, amalga oshirish, samaradorligini monitoring qilish va baholash bosqichlarida) .

XVJga Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq toʻliq tahlilini oʻtkazish boʻyicha talabnoma kiritish

Tahlil natijalariga asoslangan holda

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish

2020-yil avgust

2021yil II chorak

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi diagnostikasi

Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida

16.

Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorlarni budjet jarayoni bilan integratsiyalash

1. Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish jarayonini budjet jarayoniga bosqichma-bosqich ratsionallashtirish va integratsiyalashda:

Davlat investitsiya loyihalarini budjet chegaralari doirasida uzoq muddatga moʻljallangan tartibda tanlab olish va tasdiqlash;

yakunlangan yoki yakunlanayotgan loyihalar boʻyicha saqlash va ekspluatatsiya xarajatlarini budjet xarajatlari prognozida hisobga olish.

2. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish orqali investitsiyalar hisobi va hisobotini yuritish tartibini joriy etish.

3. Investitsiya dasturlarining ular tugallangan va ekspluatatsiyaga kiritilgandan soʻng operatsion va ekspluatatsiya xarajatlarini baholash orqali ularning iqtisodiy samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish











“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil II chorak














2020-yil III chorak





2021-yil II chorak

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2-boʻlim. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish

5-bob. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash

17.

Amaldagi budjet qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrganish.

Budjet jarayonini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda yagona tizim va talablarni belgilaydigan qonunchilik bazasini shakllantirish.

Bunda budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tayyorlash, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish.

Budjet qonunchiligiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

2021 — 2024-yillar

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6-bob. Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash

18.

Makrofiskal tahlilni oʻtkazish salohiyatini mustahkamlash.

Makro va tarmoqlar kesimida soliq-budjet maʼlumotlarini tahlil qilish uchun koʻnikmalar va salohiyatni shakllantirish. Mazkur koʻnikmalarni fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish, davlat kafolatlari, davlat-xususiy sheriklik va infratuzilmaga investitsiyalar kiritish kabi sohalarda Moliya vazirligi funksiyalarini amalga oshirishda qoʻllash.

Fiskal tavakkalchiliklarni boshqarish, makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari masalalariga oid xalqaro oʻquv kurslarida xodimlar ishtirokini taʼminlash orqali institutsional salohiyatni oshirish.

Oʻquv treninglari tashkil etish

2020-2021-yillar

Moliya vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

Iqtisodchilarning katta boʻlmagan guruhini aniqlash va/yoki yollash va oʻqitish

19.

Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish va oʻzaro aloqalarni takomillashtirish.

Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash, jumladan, ularni budjet jarayoniga integratsiyalash hamda tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarga boʻlgan talabni qondirish maqsadida prognozlarni batafsil aniqlashtirish darajasini va ularni taqdim etish boʻyicha vazirlik funksiyalarini belgilash.

Makroiqtisodiy prognozlarni boshqa vakolatli organlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan hisoblangan prognozlar bilan solishtirish orqali ularning ishonchliligini tasdiqlash.

Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish.

Moliya vazirining buyrugʻi

2020-yil IV chorak









2021-yil I chorak

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

7-bob. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish

20.

Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining funksional tuzilmasi tahlili.

Vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar bilan munosabatlarini oʻrganish.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilish

2021-yil I chorak

Moliya vazirligi

Mustaqil ekspertlar tomonidan tegishli funksiyalar diagnostikasini oʻtkazish

21.

Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining biznes jarayonlarini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi joriy biznes jarayonlarini oʻrganish, shuningdek, keyinchalik biznes jarayonlarini boshqarishning maqsadli modeli boʻyicha tavsiyalar, shu jumladan vazirlik faoliyatini avtomatlashtirish boʻyicha takliflar va yechimlar ishlab chiqish.

Tahlil natijalariga koʻra, Moliya vazirligi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va axborot dasturlariga oʻzgartirishlar kiritish.

Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalari va Davlat moliyaviy nazorati departamentining faoliyatini qayta koʻrib chiqib, boshqarishning markazlashgan tizimini joriy etish masalalarini koʻrib chiqish.

Moliya vaziri buyrugʻi

2021-yil IV chorak

Moliya vazirligi

Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida

8-bob. Soliq xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish

22.

Xizmat koʻrsatishga yoʻna?tirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish va soliq maʼmurchiligiga raqamli texnologiyalarni kiritish.

Soliq xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mobil ilovalar sonini koʻpaytirish.

Onlayn nazorat-kassa apparati va virtual kassa tizimini qoʻllashni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish.

Birlamchi hisob-kitob hujjatlarini (elektron hisob-fakturalar tizimini toʻliq joriy etish) raqamlashtirish va birxillashtirish.

Soliq maʼmurchiligini takomillashtirish strategiyasi doirasida

2020-2021-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi

9-bob. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish

23.

Davlat xaridlari sohasida normativ va uslubiy bazani takomillashtirish.

Davlat xaridlarining tanlov va tender savdolari orqali amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya rivojlanish agentligi yordami

24.

Elektron davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish.

Davlat xaridlari boʻyicha axborot tizimlariga xarid qilish tartib-taomillarining elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali ularni modernizatsiya qilish.

Texnik talabnomalar ishlab chiqish

2020-2021-yillar

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

25.

Davlat xaridlari jarayonlarida yanada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash va raqobat muhitini yanada yaxshilash.

Elektron xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishning zamonaviy turlarini joriy qilish orqali davlat xaridlari jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini tizimli koʻpaytirish va raqobat muhitini rivojlantirib borish.

Moliya vaziri buyrugʻi

2023-2024-yillar

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Joriy holatni oʻrganish yuzasidan xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagini jalb qilish

26.

Davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini taʼminlash maqsadida monitoring qamrovini kengaytirish

Korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini taʼminlash maqsadida korporativ buyurtmachilarning xaridlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron monitoring qilishni bosqichma-bosqich tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish .

Normativ-xuquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2021-yil

II chorak

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Joriy holatni oʻrganish yuzasidan xalqaro moliya insti�utlari texnik koʻmagini jalb qilish

3-boʻlim. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish

10-bob. Budjet ustuvorligini taʼminlash

27.

Budjet qamrovining toʻliqligi taʼminlash

Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kirishini nazarda tutadigan meʼyoriy talablarni oʻrnatish, shuningdek, budjet hisobotlarida (jumladan, Davlat moliyasi statistikani yuritish formatlarida) ularni aks ettirish uchun birxillashtirilgan hisobot shakllarini tasdiqlash.

2020-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarma-sining daromad va xarajatlarini jamlangan holda, konsolidatsiyalashgan hisobotini taqdim etish hamda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladigan tashqi qarz oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish.

Byudjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot

2020-yil IV chorak









2021-yil I chorak

Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar

Vazirlik va idoralarning iqtisodiy blok xodimlarini oʻqitish

28.

Davlat sektori korxonalarining vakolat chegaralarini qayta koʻrib chiqish.

Tarmoq vazirliklari, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda davlat korxonalarining funksiya va vazifalarini tahlil qilish.

Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga qaratgan holda davlat korxonalari faoliyatini tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari

Joriy holatni oʻrganish yuzasidan xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagini jalb qilish

29.

Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarni qayta taqsimlash.

Oʻrta muddatli budjetlashtirishga toʻliq oʻtishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida budjet tashkilotlarining va davlat boshqaruvining quyi organlari javobgarligini va majburiyatlarini kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi va tarmoq vazirliklarining budjet va moliyani boshqarish sohasidagi vakolatlarini qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2021-yil II chorak

Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari

Joriy holatni tahlil qilish va taklif ishlab chiqish boʻyicha xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagini jalb qilish

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti jarayoni ishtirokchilarining hisobdorligini oshirish.

Tarmoq vazirliklari, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda davlat korxonalari tomonidan budjet mablagʻlari, davlat aktivlari va davlat resurslaridan foydalanganlik yuzasidan hisobot berish tartibini qayta koʻrib chiqish.

Tahliliy hisobot hamda natijasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilish

2021-yil

may

Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi navbatdagi missiyasi davrida muhokama qilish va tavsiyalarni olish

11-bob. Davlat budjeti darajalari oʻrtasida majburiyatlarni ajratish

31.

Budjet tizimi darajalari oʻrtasidagi budjet munosabatlarini takomillashtirish.

Jahon bankining xarajat vakolatlarini aniqlashtirish va daromadlarni davlat boshqaruvining turli darajasida taqsimlash nuqtai nazaridan oʻtkazilgan Davlat xarajatlari sharhidan kelib chiqib joriy budjetlararo munosabatlarni qayta koʻrib chiqish.

Bunda mahalliy budjetlarning xarajat majburiyatlari bajarilmasligi boʻyicha jiddiy xavflarni keltirib chiqarmaydigan, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar hamda soliq va yigʻimlarni mahalliy budjetlarga biriktirish siyosatini davom ettirish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet parametrlarini mustaqil tayyorlash va tasdiqlash amaliyotini mustahkamlash.

Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish














Amaliy treninglar tashkil etish

2020-yil IV chorak















2020-2021-yillar davomida

Moliya vazirligi

Jahon banki

32.

Mahalliy budjetlarning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish.

Mahalliy budjetlarning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan budjet qoidalarinikuchaytirish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga qatʼiy rioya qilish, jumladan:

moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan ishlarni boshlamaslik;

davlat xaridlarini belgilanlangan tartibda amalga oshirish;

parallel loyihalashti�ish, tender savdolarini oʻtkazmasdan qurish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirmaslik;

ortiqcha shtat birliklari va samarasiz xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha doimiy nazorat olib borish.

Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2020-yil IV chorak

Doimiy ravishda

Moliya vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4-boʻlim. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish

12-bob. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish

33.

Fiskal tavakkalchilik-larni oshkor etish va tahlil qilish hamda boshqarishni takomillashtirish.

Barcha muhim moliyaviy tavakkalchiliklarni fiskal tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish, shu jumladan:

davlat kreditlari boʻyicha beriladigan kafolatlar va ularning benefitsiarlarini baholash;

davlat sektori korxonalari, davlat-xususiy sheriklik bilan bogʻliq yashirin tavakkalchiliklar;

davlat qarzi bilan bogʻliq tavakkalchiliklar tahlili.

Budjetnoma tarkibida fiskal tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi hisobotni har yili eʼlon qilish.

Moliya vazirligida moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish funksiyasini joriy etish, shuningdek, ularni baholash uchun institutsional salohiyatini oshirish.

Fiskal tavakkalchiliklarni boshqarish, shu jumladan davlat ishtirokidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga kreditlar, kafolatlar taqdim etish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uslubiyatini ishlab chiqish.

Budjetnoma











Moliya vazirining buyrugi







Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Har yili III chorak











2021-yil I chorak







2021-yil IV chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro moliya institutlari koʻmagida xorijiy ekspertlarni jalb qilish

34.

Davlat-xususiy sheriklikni tartibga solish boʻyicha qonuniy va institutsional asoslarni mustahkamlash.

Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatini yuritishga hamda davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul organ sifatidagi funksiyalarini inobatga olib, davlat-xususiy sherik-likning normativ-huquqiy va institutsional asosini yanada takomillashtirish.

Davlat-xususiy sheriklik boʻyicha maʼlumotlarni va hisobotlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni oshkor etish.

Budjet kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish






Muntazam ravishda rasmiy veb-saytda eʼlon qilish

2022-yil II chorak

Doimiy

Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

Xalqaro moliyaviy institutlar koʻmagida xorijiy ekspertlarni jalb qilish

13-bob. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash

35.

Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda yanada toʻliqroq maʼlumot berish orqali nomoliyaviy aktivlarni hisobdan chiqarish jarayonining shaffofligini oshirish.

Moliyaviy aktivlar (xususan, yuridik shaxslarning ustav fondidagi davlat ulushi) boʻyicha jamlanma hisobotni tuzish, aktivlarni toʻgʻri baholash va ularning moliyaviy koʻrsatkichlarini nazorat qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

2022-yil I chorak

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagida

36.

Aktivlar va majburiyatlarni oshkor etishni yaxshilash.

Budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining depozitlari, berilgan qarzlari va qarz majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ch�p etish.

Davlat boshqaruvi sektorida moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar va majburiyatlar balansi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish.

Davlat boshqaruvi sektorining barcha moliyaviy aktivlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va eʼlon qilish.

Qarzdorliklar va moliyaviy oqimlarning oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish va eʼlon qilish.

Ochiq budjet portalida eʼlon qilish



Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda aks ettirish

2021-yil II chorak




2020-yil IV chorak





2021-yil II chorak




2022-yil II chorak

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmagida

37.

Pul mablagʻlarini boshqarish tizimini takomillashtirish.

Bunda:

soddalashtirish va modernizatsiya qilish maqsadida budjet ijrosi va pul mablagʻlarini boshqarish jarayonlarini qayta koʻrib chiqish;

xarajatlar va daromadlarni oʻz ichiga olgan holda respublika va mahalliy daraja�a pul oqimlarini xar oylik prognoz qilish tizimini joriy etish;

DMBAT va “OʻzASBO”da toʻlovlarni nazorat qilish vositalarini joriy etish, toʻlov jarayonini avtomatlashtirish maqsadida budjet tashkilotlari tomonidan banklardan naqd pul mablagʻlarini olishda qogʻoz cheklardan foydalanish amaliyotini bekor qilish.

Moliya vazirining buyrugʻi

2020-yil III chorak

Moliya vazirligi,

38.

Yagona gʻazna hisobraqami qamrovining toʻliqligini taʼminlash.

Budjet tashkilotlarining (bosqichma-bosqich mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ham hisobga olgan holda) banklardagi barcha hisobraqamlarini yopish orqali ularning milliy va xalqaro valyutadagi hisobraqamlarini Yagona gʻazna hisobvaragʻi (YaGʻH) bilan qamrovini kengaytirish.

YaGʻH vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida likvidlilikni boshqarish uchun qoʻllaniladigan moliyaviy vositalar turini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

2022-yil

II chorak

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

14-bob. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish

39.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat qarzi toʻgʻrisda”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli maqsadlarini shakllantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash

2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

40.

Davlat qarzi barqarorligini tahlil qilish amaliyotini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi bilan taqdim etiladigan budjet hujjatlari tarkibiga davlat qarzi barqarorligi tahlilini kiritish.

Tahliliy hisobotni chop etish

2020-yil III chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

41.

Davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sifatini oshirish.

Davlat qarzi statistikasining qamrovi va sifatini yaxshilash.

Davlat qarzining avtomatik hisobini yuritish, hisoblash va hisobotlarni shakllantirish uchun Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimini (DMFAS) joriy etish.

Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi

2020-yil III chorak

Moliya vazirligi, Markaziy bank

5-boʻlim. Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish

15-bob. Davlat sektorida budjet hisobi standartlarini birxillashtirish

42.

Hisoblash metodi boʻyicha hisob yuritishga bosqichma-bosqich oʻtish.

Davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (DSXMH) ga muvofiq hisoblash metodiga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish

2020-yil
IV chorak

Moliya vazirligi, Davlat s�liq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va manfaatdor vazirlik idoralar

Osiyo taraqqiyot banki yordami

43.

Davlat boshqaruvi sektori uchun Yagona hisobraqamlar rejasini amaliyotga tadbiq etish.

Moliya vazirligining axborot tizimiga yagona hisobraqamlar rejasi hamda yangilangan hisobot shakllarini joriy etish maqsadida texnik talabnoma ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan dasturiy taʼminotga oʻzgartirish kiritish yuzasidan “Fido Biznes” MChJ xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni oshirish.

Axborot tizimida yagona hisobraqamlar rejasi va moliyaviy hisobot shakllari sifatlishakllantirilishini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida hududlarda sinov oʻtkazish.

Axborot tizimida yagona schyotlar rejasini amaliyotga tatbiq etish.

Texnik talabnomalar ishlab chiqish

Hisob-kitoblarga asosan shartnoma tuzish hamda bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish.

2020-yil III chorak

2020-yil yakuniga qadar

2020-yil IV chorak

2021-yil
1-yanvar

Moliya vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya rivojlanish agentligi yordami

44.

Davlat sektorida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni shakllantirish

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish boʻyicha tartib ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish

2021-yil I chorak

Moliya vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki yordami

45.

Budjet hisobi va hisoboti tizimida avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun axborot tizimlarini takomillashtirish.

Amaldagi budjet hisobi va hisobotlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq avtomatlashtirish uchun DMBAT va “OʻzASBO” kabi dasturiy majmualarni yanada modernizatsiyalash.

Tajriba loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tajriba loyihasini baholash va amaliyotga toʻliq joriy etish.

Texnik vazifalar ishlab chiqish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

2020-yil
III chorak




2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi

16-bob. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish

46.

Ichki nazorat va ichki audit sohasini rivojlantirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini va javobgarligini oshirishni nazarda tutuvchi Ichki nazorat va ichki auditni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda ichki nazorat va ichki audit tizimini joriy etishda institutsional salohiyatni oshirish uchun kerakli tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, real muddatlar hamda amalga oshirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan harakatlar rejasi ishlab chiqilishi lozim.

Ichki audit xizmatlari faoliyat-la�ini tartibga solish masalalari boʻyicha Moliya vazirligining tarmoq vazirlik va idoralar oʻrtasidagi munosabatlarining amaldagi rolini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning hajmidan kelib chiqib, vazirlik va idoralarda bosqichma-bosqich ichki audit xizmatini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi







Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi






Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2020-yil IV chorak








2021-yil II chorak







2021 — 2023-yillar

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida

47.

Ichki audit faoliyati boʻyicha qonunosti hujjatlarni va uslubiyotini ishlab chiqish va qabul qilish.

Bunda:

ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomni;

ichki audit standartlari (sifat va ichki audit faoliyati natijalari sta?dartlari) ni;

auditorlik tavakkalchiliklarini baholash uslubiyotini oʻz ichiga oluvchi ichki audit masalalari boʻyicha normativ bazani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Yangi normativ-xuquqiy bazani ishlab chiqish

2021-2022-yillar

Moliya vazirligi

Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida

48.

Ichki audit uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish.

Auditorlarga samarali auditorlik tekshiruvlarini hamda tavakkalchiliklar hisobini yuritishni taʼminlaydigan dasturiy taʼminot ishlab chiqish

Dasturiy taʼminot ishlab chiqish

2021-yil IV chorak

Moliya vazirligi

17-bob. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish

49.

Xalqaro standartlarga muvofiq Davlat moliyaviy nazorati tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif tayyorlash.

Davlat moliyaviy nazoratini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2021-yil II chorak

Moliya vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining texnik koʻmagi

50.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ustidan parlament nazoratini kuchaytirish.

yillik budjet toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uning ijrosi jarayonida Oliy Majlis funksiya va majburiyatlarini kuchaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Davlat budjeti boshqarmasi xodimlarining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish.

Budjet kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish



Moliyaviy-iqtisodiy treninglar

2020-yil III chorak




2020-2021-yillar

Moliya vazirligi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari

18-bob. Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash

51.

Budjet hujjatlaridan jamoatchilikning foydalanishini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan soʻng ularni nashr etish.

Budjetnoma loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilgunga qadar nashr etish.

Yil mobaynida har chorak hamda yillik ijro boʻyicha (qabul qilingan barcha budjet tasniflarini oʻz ichiga olgan holda) budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni chop etish.

Rasmiy veb-saytda eʼlon qilish

Har yili I chorak





Har yili III chorak



Har chorak yakuni boʻyicha

Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

52.

Budjet jarayonida jamoatchilikning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash.

Budjetni tayyorlash va fuqarolar uchun budjet nashrini ishlab chiqish jarayoniga hamda oʻrta muddatli budjetning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilishga jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning ochiq mexanizmlarini keng qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish.

Olib borilayotgan budjet siyosatini aholining turli qatlamalariga taʼsirini oʻrganish hamda budjet siyosatida qabul qilinayotgan qarorlarni aholi tomonidan yaxshiroq tushunilishi uchun ularning natijalarini eʼlon qilish.

Moliya vazirining buyrugʻi

2021-yil II chorak

Moliya vazirligi

BMTning Taraqqiyot dasturi

6-boʻlim. Budjet maʼlumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash

19-bob. Soliq-budjet maʼlumotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash

53.

Davlat moliyasi hisobotining institutsional qamrovini oshirish.

Davlat moliyasi hisobotining institutsional qamrovini quyidagilar hisobiga yaxshilash:

budjetdan tashqari jamgʻarmalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari hisob-raqamlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek, tashqi manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish;

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Davlat moliyasi statistikasining 2014-yilgi qoʻllanmasiga muvofiq davlat korxonalarining nobozor subyektlar sifatida tasniflanadigan soliq-budjet operatsiyalari hisobini yuritish;

davlat ishtirokidagi korxonalarni kreditlash hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (“policy lending”) , shuningdek, moliyalashtirishning barcha operatsiyalarini toʻliq qamrab olishni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berilgan davlat kafolatlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalarni qoʻshish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining statistika departamenti bilan hamkorlik qilish

54.

Soliq-budjet hisobotlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish.

Milliy hisobotlarni, moliyalash-tirish operatsiyalari moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish sifatida tasniflanishni nazarda tutuvchi “Davlat moliya statistikasini yuritish qoʻllanmasi — 2014” (DMSQ-2014) hisobotlari formati bilan uygʻunlashtirish.

Tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2022-yil III chorak

Moliya vazirligi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Statistika �epartamenti

20-bob. Davlat soliq-budjet siyosati moʻljallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kengaytirish

55.

Milliy hisobotlarni “DMSQ-2014”ga muvofiqligini taʼminlash.

Budjetnomada qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti koʻrsatkichlarini “DMSQ-2014” formatida ham taqdim etish amaliyotini joriy etish.

Budjetnomada taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy jamlangan koʻrsatkichlarini “DMSQ-2014” oʻrtasidagi farqni yorituvchi tushuntirish xatini kiritish.

Budjetnoma tarkibidagi hujjatlar bilan birga taqdim etish

Har yilibudjetnoma taqdim etish muddatlarida

Moliya vazirligi

56.

Budjet hujjatlarining shaffofligini oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot bilan bir vaqtda taqdim etiladigan budjet hujjatlari tarkibini quyidagilarni qoʻshish orqali kengaytirish:

“DMSQ-2014”ning sof kreditlash /qarz olish konsepsiyasiga muvofiq budjet saldosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

daromadlarni asosiy komponentlarga, shu jumladan soliq boʻlmagan daromadlarga boʻlib chiqish;

iqtisodiy va funksional tasniflar boʻyicha oʻtgan yil yakunlari, joriy yilda kutilayotgan xarajatlar hamda keyingi uch yil uchun prognozlar;

daromadlar, xarajatlar va budjet balansi boʻyicha tushuntirishlar.

Budjetnoma va budjet ijrosidagi hisobotlarda aks ettirish

Budjetnoma va hisobotlarni taqdim etish muddatlarida

Moliya vazirligi

57.

Soliq xarajatlari boʻyicha maʼlumotlarni oshkor etish.

Coliq imtiyozlari va preferensiyalari hisobini yuritish metodologiyasini ishlab chiqish.

Budjetnoma tarkibida asosiy soliq imtiyozlari va preferensiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish.

Tegishli normativ-hukuqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish


Budjetnoma tarkibiga kiritish

2020-yil III chorak



2020-yil IV chorak

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻshmitasi,

Davlat bojxona qoʻmitasi

Xalqaro moliyaviy institutlarning texnik koʻmagini jalb etish

58.

Ijtimoiy himoya dasturi boʻyicha ijtimoiy nafaqalar oluvchilar (benefitsiarlar) toʻgʻrisida maʼlumotlarni kengaytirish.

Davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning shaffofligini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaning yagona reyestrini ishlab chiqish va joriy etish.

Dasturiy mahsulot

2020-yil IV chorak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi

UNICEF

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/506/1210-son)