Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
508-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida:
a) 1-ilovaning 11-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Kamayib borayotgan tabiiy holda oʻsuvchi noyob dorivor oʻsimliklarni toʻplash (gʻamlash) va respublikadan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida tabiiy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi”;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan budjet tashkilotlari roʻyxatining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
1. |
Monitoring xizmati** |
17 |
5 |
12 |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)