O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat geologiya qo‘mitasining neft va gazni geologik-qidiruv hamda izlash ishlarini amalga oshiruvchi korxonalarini “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risida” 1995-yil 3-yanvardagi 2-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
509-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 20-son, 225-modda):
a) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “(“O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi bilan birgalikda)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 25-bandning beshinchi xatboshidagi “va “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 26-bandda:
beshinchi xatboshidagi “va “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga ilovaning “Axborotni berish” ustunida:
“O‘zbekneftgaz” MXK” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Sanoatgeokontexnazorat” DI” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)