24.08.2020 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar tugatilganda yoxud yer maydoni maqbullashtirilganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplashni nazarda tutuvchi Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 501-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi tashkiloti) tugatilayotganda yoxud maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonida sarflangan xarajatlar — qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida ajratilgan yer maydonida bajarilgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida qoplash — qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida uning tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazish yoki boshqa shaklda qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasini ijara huquqi asosida olayotgan qishloq xoʻjaligi tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi tashkiloti tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yer maydonida sarflangan quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatlar, koʻp yillik mevali, hosilga kirmagan koʻchatlar va manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish maqsadida oʻrnatilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari, suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish nasos stansiyalarini oʻrnatish hamda ariq — zovurlar qazish, ularni taʼmirlashga ketgan xarajatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya mablagʻlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar (yerlarni begona oʻtlardan, tosh va boshqa chiqindilardan tozalash, yer maydonlarini tekislash, haydash, ekishga tayyorlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar, yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maqsadlari uchun boshqa infratuzilma obyektlari — gaz, elektr, oqava va ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlari va yoʻl qurilishiga sarflangan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida qurilgan inshootlar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini qurish va taʼmirlashga sarflangan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida sarflangan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yil hosilidan paxta xomashyosi, boshoqli don, sholi va sabzavot ekinlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab — quvvatlash jamgʻarmasining resurslari hisobidan ajratilgan kredit mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer maydonida sarflangan xarajatlarning bozor qiymati mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkazilgan baholash natijalari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ixtiyoriylik asosida tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkiloti rahbari ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan koʻchmas mulkni, shuningdek, bajarilgan ishlar qiymatini aniqlash uchun tegishli baholash tashkilotiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tashkilotining koʻchmas mulki yoki bajarilgan ishlari qiymati baholovchi tashkilot tomonidan qishloq xoʻjaligi tashkilotining hisobidan aniqlanadi. Bunda qishloq xoʻjaligi tashkiloti hisobidan koʻchmas mulkni yoki bajarilgan ishlari qiymatini aniqlash xarajatlari (keyingi oʻrinlarda — baholash xarajatlari) tanlovda gʻolib chiqqan talabgor tomonidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer maydonini maqbullashtirish yoki uni tugatish ishlari tuman (shahar) hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilganda, tuman (shahar) hokimligi baholash tashkilotiga murojaat qiladi hamda baholash xarajatlarini qoplash tuman (shahar) hokimligiga yuklanadi. Bunda, tuman (shahar) hokimligi hisobidan amalga oshirilgan baholash xarajatlari tanlovda gʻolib chiqqan talabgor tomonidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining qiymati baholash shaklida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnoma baholovchi tashkilot bilan tuman (shahar) hokimligi yoki qishloq xoʻjaligi tashkiloti oʻrtasida qonun hujjatlariga belgilangan tartibda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholashni amalga oshirish muddati va boshqa shartlar taraflarning kelishuviga muvofiq shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Baholovchi tashkilot yer maydonlarida qurilgan obyektlarning yoki yer maydonlarida sarflangan xarajatlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin. Bunda baholovchi tashkilot tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi boʻlimlariga murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi boʻlimi baholovchi tashkilotning murojaatiga asosan uch kun muddatda baholash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni baholovchi tashkilotga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholovchi tashkilot baholash yakuni boʻyicha baholash toʻgʻrisida hisobot (keyingi oʻrinlarda — hisobot) tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot shartnoma bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sarflangan xarajatlarning bozor qiymatini qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Baholash qishloq xoʻjaligi tashkiloti tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholovchi tashkilotning hisoboti nusxasi unga ilovalar bilan birgalikda tashkilot tomonidan tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman (shahar) hokimligi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni ikki kun ichida oʻrganib chiqadi. Agar tuman (shahar) hokimligida baholash natijalari boʻyicha hisobotga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlsa, uch kun muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash yakunlari boʻyicha hisobotning ishonchliligi yuzasidan ekspertiza oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza bilan bogʻliq xarajatlar baholash natijalaridan norozi boʻlgan tarafning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tuman (shahar) hokimligida hisobot boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmaganda, tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer maydoni bir kun ichida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tanlovga qoʻyiladi hamda talabgorlarni hisobotda koʻrsatilgan qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlarning bozor qiymati haqida belgilangan tartibda oldindan xabardor qilish taʼminlanadi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, ushbu yer maydoni boʻyicha tanlov oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xoʻjaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni qoplash turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa obyektni mulk qilib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiyaning boshqa turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qishloq xoʻjaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar pul mablagʻlari koʻrinishida qishloq xoʻjaligi tashkilotining bank (depozit) hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd pul koʻrinishda qoplab berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarajatlar naqd pul koʻrinishida qoplab berilganda xarajatlarning qoplab berilganligi pul mablagʻlarining qishloq xoʻjaligi tashkilotiga kirim qilinganligini isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgorlar tomonidan boshqa mulk obyektlarini qishloq xoʻjaligi tashkilotiga mulk qilib berish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar olib qoʻyilayotgan mulkning qiymati qoplab berilayotgan mulkning bozor qiymatidan ortiq boʻlsa, ushbu farq talabgor tomonidan qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qoplab berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasida sarflangan xarajatlari yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Talabgor tanlov gʻolibi deb eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini qishloq xoʻjaligi tashkilotiga toʻliq toʻlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar talabgor xarajatlarning bozor qiymatini belgilangan muddatda toʻliq qoplab bermasa, tuman (shahar) hokimligi keyingi kalendar kunidan kechiktirmay quyidagilarga xat yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibiga — u gʻolib deb topilgan tanlov natijasining bekor qilinganligi haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgorga — tanlov oʻtkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasi xarajatlar qiymatini oʻn kun mobaynida toʻlash toʻgʻrisidagi taklif haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgor oʻn kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini toʻliq qoplasa, u tanlov gʻolibi deb topiladi va unga mazkur yer maydoni yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Tanlov ishtirokchisi oʻn kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini toʻliq qoplab bermasa, u xarajatlarni toʻlashdan bosh tortgan hamda tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda yer maydoni tuman (shahar) hokimligi tomonidan takroran tanlovga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tuman (shahar) hokimning tugatilgan yoki maqbullashtirilgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasini boshqa talabgorga ajratish toʻgʻrisidagi qarori quyidagilardan soʻng qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasida sarflangan xarajatlarning bozor qiymati, baholash xarajatlari tegishli qishloq xoʻjaligi tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganida yoki boshqa shaklda qishloq xoʻjaligi tashkilotiga toʻliq qoplab berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi tashkiloti yer maydonini maqbullashtirish yoki uni tugatish tuman (shahar) hokimligi tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholash xarajatlari tanlov gʻolibi tomonidan tuman (shahar) hokimligiga toʻlab berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tugatilayotgan va maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirish uchun hosil yili davrida ajratilgan bank kreditlarining, shu jumladan imtiyozli bank kreditlarining qoplanmagan qismi tanlovda gʻolib boʻlgan talabgorga uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tugatilayotgan va maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasiga lizing va kredit asosida berilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun hosil yili davrida ajratilgan imtiyozli va tijorat kreditlari (joriy yil paxta va gʻalla hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar) qoplanmagan qismi tanlovda gʻolib boʻlgan yoki maqbullashtirish natajasida yer uchastkasi berilgan qishloq xoʻjaligi korxonasiga tomonlarning kelishuviga asosan uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qishloq xoʻjaligi tashkiloti, talabgor va tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida yuzaga keladigan nizo boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, ushbu nizo sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash tartibi boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt,
baholovchi tashkilot

Yer maydonida sarflangan harajatlarning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotga murojaat qiladi.

Kelishuvga erishilmagan taqdirda, uch kun muddatda

2-bosqich

Baholovchi
tashkilot

Baholovchi tashkilot tomonidan yer maydonlarida qurilgan obyektlarning yoki ekin maydonlarida sarflangan harajatlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb etishi yoki shu maqsadda tuman yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi boʻlimiga murojaat etadi.

Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt bilan shartnoma tuzilgandan soʻng ikki kun muddatda

3-bosqich

Baholovchi tashkilot,
tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) hokimligi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi, agar baholash natijalari boʻyicha tuzilgan hisobotdan norozi boʻlgan taqdirda, hisobotning ishonchliligi boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi.

Ikki kun muddatda

4-bosqich

Tuman (shahar)
hokimligi

Tuman (shahar) hokimligi tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektning yer maydoni tanlovga qoʻyilganda, talabgorlarning hisobotda koʻrsatilgan qoplanishi lozim boʻlgan harajatlarning bozor qiymati haqida oldindan xabardor qilinishini taʼminlaydi.

Bir kun muddatda

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi, talabgor,
fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt

Talabgor harajatlarning bozor qiymatini toʻliq toʻlamasa, tuman (shahar) hokimligi keyingi kalendar kunidan kechiktirmay quyidagilarga xat yuboradi:

gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgorga — tanlov oʻtkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasining xarajatlar qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi taklif haqida.

Gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgor oʻn ish kuni ichida harajatlarning bozor qiymatini toʻliq toʻlasa, u tanlov gʻolibi deb hisoblanadi va unga mazkur yer maydoni rasmiylashtiriladi.

Bir kun muddatda

Oʻn kun muddatda

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) hokimining fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektning yer uchastkasini boshqa talabgorga ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi.

Xarajatlarning bozor qiymati fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektga toʻliq qoplab berilgandan soʻng

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tanlov ishtirokchisi oʻn ish kuni davomida harajatlarning bozor qiymatini toʻliq toʻlamasa, u xarajatlarni toʻlashdan bosh tortgan hamda tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer maydoni keyingi tanlovga takroran qoʻyiladi.

Bir kun muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 501-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Hokimning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida osib qoʻyilishi kerak. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi lozim: yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil etilayotgan fermer xoʻjaligining moʻljallanayotgan ixtisoslashuvi, tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlar qiymati, tanlovning oʻtkazilish vaqti va joyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimligi ushbu maʼlumotlarning toʻliq va oʻz muddatida eʼlon qilinishi uchun maʼsul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilingan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida oʻtkazilishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman hokimining tugatilgan yoki maqbullashtirilgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasini boshqa talabgorlarga ajratish toʻgʻrisidagi qarori yer uchastkasida sarflangan xarajatlar qiymati tegishli qishloq xoʻjaligi tashkilotining bankdagi hisobvaragʻida koʻringandan yoki qishloq xoʻjaligi tashkilotiga boshqa shaklda toʻliq qoplab berilgandan soʻng qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 24-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning koʻrgan zararlarini qoplash, yer uchastkasida sarflangan xarajatlar yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar) hokimining yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish haqidagi qarori yetkazilgan zarar summasi yoki yer uchastkasida sarflangan xarajatlar qiymati tegishli qishloq xoʻjaligi tashkilotining bankdagi hisobvaragʻida koʻringandan yoki qishloq xoʻjaligi tashkilotiga boshqa shaklda toʻliq qoplab berilgandan soʻng qabul qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-bandining “e”, “yo”, “j” va “z” kichik bandlari hamda 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/501/1205-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)