1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Ilhom” mukofotini (keyingi o‘rinlarda — mukofot) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Ilhom” mukofoti tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ilhom” mukofoti uchun tanlov o‘tkazish qoidalari va shartlari, tashkil etish hamda o‘tkazish, mukofotni topshirish va moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mukofot uchun tanlovni yuqori saviyada o‘tkazishga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkor vazirlik va idoralar etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mukofot bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun — 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 (yuz) baravari miqdoridagi pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 80 (sakson) baravari miqdoridagi pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdoridagi pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash bo‘yicha dasturni ikki oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlasin hamda tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasiga binoan shartnoma asosida mukofot statuetkasi eskizi loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun “Ilhom” mukofoti tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mukofotlarni tayyorlash hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur tanlovlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
503-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ilhom” mukofoti tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Y. Absoatov
—
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisi
O. Bazarov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari
M. Rustambayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i
B. Matlyubov
—
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i
M. Quronov
—
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o‘rinbosari
Sh. Rizayev
—
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
M. Abdusamatov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi
J. Niyazbekov
—
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash va ommaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i
M. Masharipov
—
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Beshta tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
F. Abidjanova
—
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mas’ul kotibi
O. Xudoynazarov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Tashkiliy qo‘mita kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ilhom” mukofoti (keyingi o‘rinlarda — mukofot) shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoir va yozuvchilar asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish hamda ularni yoshlar orasida ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mukofot oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan uch nafar g‘olibga (yoki ijodiy jamoaga) 1, 2 va 3-o‘rin ketma-ketligida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. G‘oliblar mukofot bilan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovning dastlabki saralash bosqichini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov ikki — dastlabki saralash va asosiy tanlov bosqichlarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki saralash bosqichi nomzodlar tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dastlabki saralash bosqichida nomzodlar oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali saralanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test savollari “Ilhom” mukofoti tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy qo‘mita) tomonidan har yili 10-martga qadar shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test savollari milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Test savollari oliy ta’lim muassasalariga har yili 15-martga qadar taqdim etiladi. Savollarning oshkor etilmasligi, sinovlarning ochiq va haqqoniy o‘tishi uchun mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki saralash bosqichi test savollari olingandan so‘ng bir kun ichida o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan uch nafar nomzod oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasi asosida keyingi bosqichda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino va sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy-ommabop tadqiqotlar o‘tkazgan, ularning asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilgan yoshlarga oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasi, istisno tariqasida, test sinovlarisiz berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dastlabki saralash bosqichi natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchi qabul qilingan qarorga nisbatan g‘oliblar e’lon qilingan sanadan boshlab o‘n kun muddat ichida tashkiliy qo‘mitaga apellyatsiya tartibida shikoyat kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita shikoyatni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishda, uning a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita o‘n kun muddat ichida shikoyatni ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi va qaror nusxasini murojaat qilgan shaxsga yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni qanoatlantirishni rad etib, saralash bosqichi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni qanoatlantirib, saralash bosqichi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi qarorini qisman yoki butunlay bekor qilib, yangi qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mitaning shikoyatni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mitaning apellyatsiya majlisiga murojaat etgan shaxs taklif etiladi. Uning ishtirok etmasligi majlisning o‘tkazilmasligiga yoki boshqa kunga qoldirilishiga asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy ta’lim muassasalarida saralangan nomzodlarning hujjatlari rasmiylashtirilib, tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har yili 15-aprelga qadar oliy ta’lim muassasasi tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovining asosiy bosqichida ishtirok etish uchun nomzodning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasasining taqdimnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasporti (ID-kartasi) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotnoma-obyektivka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etadigan ishlari (foto-video lavhalar, tadqiqotlar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomzodning hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovning asosiy bosqichi g‘oliblarini aniqlash va baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Ilhom” mukofoti tanloviga tayyorgarlik ko‘rish, nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, ularni ko‘rib chiqish, saralash va baholash tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mukofot uchun tanlov g‘oliblarini aniqlashda, quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘yicha ma’lumotnoma (foto va video lavhalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adiblar hayoti va ijodi haqidagi tadqiqotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adiblar ijodini ommalashtirish, shu jumladan ularning asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adiblar hayoti haqida hikoya qiluvchi yoki ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar, suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar, badiiy asarlar, fotoko‘rgazmalar, ekspozitsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adiblar hayoti va ijodini o‘rganishga oid ekspeditsiyalar va ularning natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adiblar hayoti va ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tashkiliy qo‘mita tomonidan bir oy davomida taqdim etilgan ishlarning ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning o‘ziga xosligi, asarning badiiyligi mezonlari bo‘yicha har bir talab 5 ballik tizimga binoan xolislik va shaffoflik asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yozuvchi va shoirlar asarlarining xorijiy tillarga tarjimasi taqdim etilgan taqdirda, tarjimaning badiiy sifatini aniqlash bo‘yicha mutaxassislardan xulosalar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkiliy qo‘mitaning har bir a’zosi tomonidan qo‘yilgan baholar yig‘indisi umumlashtiriladi va o‘rtacha ball aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar darajasi bo‘yicha g‘olib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mitaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tavsiya etilayotgan ishlarni ko‘rishda nomzodning iste’dodi, ijtimoiy faolligi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tashkiliy qo‘mitaning bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov g‘oliblarini “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash tashkiliy qo‘mitaning bayonnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mukofotni topshirish, tanlovni tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. G‘oliblar mukofot bilan har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun — 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mukofot bilan taqdirlanganlar keyingi yillarda o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tanlovlar sovrindorlariga to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlovni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mukofot g‘oliblari rasman e’lon qilingandan so‘ng boshqa nomzodlarning ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilmaydi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/503/1207-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)