24.08.2020 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash va ularning original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash va istiqbolli navlarning original urug‘chiligini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash, saqlash va ularning original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash hamda istiqbolli navlarning original urug‘chiligini tashkil etish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy usul va texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlari asosida iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va sho‘rga moslashgan, kasallik va zararkunanda hasharotlarga bardoshli hamda kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan yangi navlarini va ularning genetik pasportlarini yaratish hamda seleksiyada birlamchi materiallarni tanlab olish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozor talabidan kelib chiqqan holda noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xorijiy mamlakatlardan introduksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklangan qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlarini Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining nav sinash stansiyalari va uchastkalarida sinovdan o‘tkazish hamda ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning muayyan ekin turiga ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda mahalliy seleksiya navlarining original (birlamchi) urug‘larini yetishtirish hamda ekinboplik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan urug‘lik materiallari zaxirasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklangan hamda qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan navlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga tanishtirish va muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibini shakllantirsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va o‘rganish bo‘yicha ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini baholash mezonlariga muvofiq har yil yakuni bilan ularning reyestrini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ekspeditsiyalar davomida tajribali dehqon va bog‘bonlar tomonidan xalq seleksiyasi yo‘li bilan yaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, meva va uzumning mahalliy navlarini yig‘ish va ularning qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlarini o‘rganish uchun respublikaning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlari urug‘liklari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da saqlanishini tashkil etsin hamda urug‘liklarning ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida urug‘lik materiallari doimiy yangilanib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda meva va uzumning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yuqori sifat ko‘rsatkichiga ega, suvsizlikka chidamli navlari ko‘chatlarini “In vitro” laboratoriyalarida ko‘paytirish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligining lalmi va yaylov yerlari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining iqlim o‘zgarishlari va suv tanqisligiga chidamli va serhosil navlari kolleksiyasini yaratishga hamda ulardan seleksiya jarayonida keng foydalangan holda yangi navlarni amaliyotga joriy etilishiga alohida e’tibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajribali dehqon va bog‘bonlar tomonidan xalq seleksiyasi yo‘li bilan yaratilgan sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari, meva va uzumning mahalliy navlarining qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib, andoza navlardan ustun bo‘lganlarini patentga layoqatliligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishiga va O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilishiga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlari va duragaylari tavsifi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda keng yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2022-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda import o‘rnini bosadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlari urug‘liklarini tezkor ko‘paytirish va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida seleksiya va urug‘chilikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlarida va ularning respublika hududlaridagi filiallarida maxsus urug‘chilik ko‘chatxonalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaqin istiqbol va kelajakda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha shakllanadigan investitsiya loyihalarida, qoida tariqasida, seleksiya, urug‘chilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish komponentlari nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yil yakuni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklashga va ularning original urug‘liklarini yetishtirishni tashkil etishga doir davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalar tanlovlarini o‘tkazsin va tanlov g‘olibi bo‘lgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash, kompleks xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan eksportbop navlarini yaratish hamda hududlarda istiqbolli innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-fevralga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan namunaviy texnologik kartani ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
504-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 504-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash, saqlash va original urug‘chiligini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash.

1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhini tashkil etish.

2. Hududlarga uyushtirilgan ekspeditsiya natijalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalariga takliflar kiritish.

2020-yil
sentabr

2021-yil
fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J.Xodjayev),

Fanlar akademiyasi
(B.Yuldashev),

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi
(N.Najimov),

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi
(R.Boboyev)

2

Ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarini qayta tiklash.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida sinov ishlarini olib borish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlaridan istiqbollilarini tanlab olish va seleksiya jarayonida foydalanish.

3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hamda qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega mahalliy navlarini sinash uchun Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirish.

2021-2022-yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Fanlar akademiyasi
(B.Yuldashev)

3

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining qayta tiklangan mahalliy navlari urug‘liklarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish.

1. Tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining qayta tiklangan hamda noyob belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan mahalliy navlari original urug‘larini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni tashkil qilish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining qayta tiklangan mahalliy navlari original urug‘liklari asosida elita va 1-reproduksiyali urug‘liklarini tayyorlash hamda ishlab chiqarishga tatbiq etish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Fanlar akademiyasi
(B.Yuldashev),

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi
(Sh.Namazov),

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi
(A.Xaitov)

4

Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlari asosida kolleksiya bog‘larini yaratish.

1. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining ko‘chatlarini ilmiy-tadqiqot muassasalarida bosqichma-bosqich ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish.

2. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining ko‘chatlari asosida onalik va kolleksiya bog‘larini barpo qilish.

3. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining ko‘chatlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi
(N.Najimov),

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (R.Boboyev)

5

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlari original urug‘liklarini yetishtirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

1. Urug‘chilik sohasi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik o‘rnatish va ularning tajribasini o‘rganish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I.Abduraxmonov)

6

Ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining mavjud mahalliy navlarini markazlashgan holda saqlashni tashkil etish.

1. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining mavjud mahalliy navlarini markazlashgan holda “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da saqlashga taqdim etish uchun hamkorlik shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlari genofondini boyitib borish.

2. “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlarini saqlash, yangilanishini ta’minlash, o‘rganish va monitoringini yuritish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/504/1208-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)