1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatda faol investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,1 barobarga, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga 2,8 barobarga ortgan. Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi investitsiyalar ulushi 2016-yildagi 21 foizdan 2019-yil yakuniga ko‘ra 38 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. Ushbu davrda tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,7 barobarga oshdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdodagi yuqori faollik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 1,24 barobarga, qurilishning 1,44 barobarga o‘sishiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,1 foizdan 33,2 foizgacha o‘sdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani chuqurlashtirish va qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining quyidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — korporativ buyurtmachilar) uchun shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra umumiy qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan import tovarlari (ishlar, xizmatlar) xaridlarining maqsadga muvofiqligi har chorakda ro‘yxati tasdiqlangan holda kuzatuv kengashlari (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi) tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik taqiqlash va chegaralash mexanizmi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatiga kiritilmagan mahsulotlar bo‘yicha tender (tanlov) ishtirokchilari takliflarini baholashda xalqaro tajribaga muvofiq mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda preferensiya beriladi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qo‘llanmaydi;
(1-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son — 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan va umumiy qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan ortiq bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha tender komissiyalari tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari majburiy tartibda kiritiladi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-yanvardan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning alohida tartiblari bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-yanvarga qadar strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarini o‘tkazishning ichki tartiblari joriy etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagi asosda shakllantiriladi va tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan qo‘shma takliflari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining elektron kooperatsiya portalida (keyingi o‘rinlarda — cooperation.uz portali) joylashtiriladigan hamda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va ularning ishlab chiqaruvchilari haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning boshqa tartibi o‘rnatilgan alohida qarorlari bo‘yicha tuziladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash maqsadida amalga oshiriladigan, shuningdek, davlat sirlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasiga asosan aholining ehtiyojidan kelib chiqib, import shartnomalari asosida olib kelinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy uskunalar bilan bog‘liq bo‘lgan xarid jarayonlari va shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2020-yil 1-oktabrga qadar respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni batafsil o‘rganish asosida Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2020-yil 1-oktabrdan shunday tartib kiritilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), shu jumladan, audit va soliq maslahati xizmatlarini birinchi navbatda new.cooperation.uz yoki Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portallarida (keyingi o‘rinlarda — portal) ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi. Bunda davlat xaridlari uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ushbu portalda mavjud bo‘lmagan taqdirdagina portal ma’lumotnomasi asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2026-y., 07/26/78/0201-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar new.cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxi boshqa elektron portallarda ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxidan yuqori bo‘lsa, davlat buyurtmachilariga boshqa elektron portallarda ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat etiladi;
(4-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/20/0064-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ buyurtmachi — korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan (texnik ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari bo‘yicha) xarid qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning korporativ xaridlarini import orqali amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishlariga) asoslab beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning kuzatuv kengashlaridagi (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishlaridagi) davlat vakillari boshqaruv organlari majlislarida umumiy qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan import tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarining asoslanganligiga oid masalalarning ko‘rilishini ta’minlaydi, bunda ishlab chiqarish zaxiralaridagi import tovarlarining omborlardagi qolgan qismini ularning korxona faoliyatiga jalb qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llagan holda tahlil qiladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi har chorakda davlat vakillari tomonidan kuzatuv kengashlarida (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishlarida) ushbu qaror talablariga rioya etilishini tahlil qilib, natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablag‘larini taqsimlovchi vazirlik va idoralar idoraviy mansub tashkilotlarda import xaridlarini optimallashtirish, shuningdek, davlat xaridlari doirasida ajratilgan mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har oyda import bo‘yicha olib kelinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi va nomenklaturasini tahlil qiladi, shuningdek, tarmoqlar, korxonalar va hududlar rahbarlari tomonidan importni optimallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini baholab, ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi har chorakda sanoat tarmoqlari va hududlar kesimida ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank korporativ buyurtmachilarning ofshor yurisdiksiya hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar hisobiga amalga oshirgan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari tomonidan har oyda Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi budjet tashkilotlarining kelgusi davr uchun xarajatlar smetasini kelishishda xarajatlar shakllanishini, shu jumladan cooperation.uz portali ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda tovarlar qiymatini aniqlash orqali nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi har chorakda import xaridlarini amalga oshirishda davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda korporativ buyurtmachilarning jalb qilingan va o‘z mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishini tahlil qiladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari respublikaga import qilinayotgan tovarlar hajmi va nomenklaturasi haqidagi statistik ma’lumotlar asosida hududlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, tegishli hududlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni cooperation.uz portalida to‘liq joylashtirilishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi har oy o‘z komplekslari kesimida xaridlarni optimallashtirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari — davlat buyurtmachilari rahbarlari va korxonalarning boshqaruv organlaridagi davlat vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Belgilab qo‘yilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorigacha bo‘lgan xaridlar bo‘yicha davlat buyurtmachisiga mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan yuqori bo‘lgan va ushbu buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘yicha 3 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kafolatli xarid qilish shartnomasini (ofteyk shartnomani) tuzishga ruxsat beriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisga “davlat xaridlarining strategik subyekti” tushunchasini bekor qilish, xorijda ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlaridagi ishtirokini taqiqlash va chegaralash, davlat xaridlari usullarini kengaytirish va ularning shaffofligini, shu jumladan tender (tanlov) xaridlari natijalarini ochiq manbalarda e’lon qilish yo‘li bilan oshirish, shuningdek, davlat xaridlarida qonunchilik talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat buyurtmachilari va kuzatuv kengashlarining javobgarligini oshirish bo‘yicha me’yorlarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini (yangi tahrirda) kiritsin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) preferensiyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda Davlat xaridlari subyektlarining xarid tizimini auditdan o‘tkazish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan jadvalga muvofiq import xaridlari auditini o‘tkazishda xalqaro auditorlik kompaniyalari bilan hamkorlikni ta’minlasin va audit natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cooperation.uz portalida respublikada ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning texnik ko‘rsatkichlari 10 ta raqamli TIF TN kodi va ishlab chiqaruvchilarga bog‘lanish ma’lumotlari bilan birgalikda joylashtirilishini hamda muntazam ravishda yangilab borilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cooperation.uz portalining Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT) va Davlat xaridlarining maxsus elektron portali (xarid.uz) bilan integratsiyasini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat bojxona qo‘mitasi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari doirasida yetkazib berilayotgan import tovarlari narxlari monitoringini “tahlika-tahlil” usullari, shuningdek, “ko‘zguli statistika” ma’lumotlaridan foydalangan holda kuchaytirsin hamda sezilarli farq holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oy Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona omborlarida saqlanayotgan, muddati uch oydan oshgan tovarlarning nomenklaturasi va hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat buyurtmachilari kesimida har oyda Vazirlar Mahkamasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etsin hamda o‘zining rasmiy saytida e’lon qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar narxini pasaytirib olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yuklangan funksiya va vazifalarning samarali ijrosini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zstandart” agentligi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, shu jumladan Yevropa Ittifoqi (YEI) va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida (YEOII) xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan, YEI va YEOII mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi to‘g‘risidagi axborot tizimini joriy etsin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.05.00 Eksport nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish uchun” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga taqiq kiritsin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.05.00 Eksport nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro, mintaqalararo va xorijiy standartlarni ularning asl tilidagi mahsulotga talablarni o‘zgartirmasdan xuddi shunday ko‘rinishda qabul qilish orqali, 1995-yilgacha tasdiqlangan 5 236 ta standartlar “tartibga soluvchi gilotina” usulida bekor qilinishini ta’minlasin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.05.00 Eksport nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqargan mamlakatning texnik reglament talablari, standartlari va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan mahsulotlar to‘g‘risida sertifikatsiya organlariga ma’lumot yuborsin hamda ularning ichki bozorga muomalaga chiqarilmasligi ustidan davlat nazoratini o‘rnatsin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “tahlika-tahlil” usullaridan foydalangan holda import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan amaldagi standartlar, texnik reglamentlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek, tegishli talablarga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilganlik uchun ularning javobgarligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksionerlik jamiyatlari va korxonalarning kuzatuv kengashlari bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiyaviy loyihalarni tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘xtatish yoki bekor qilish va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazsin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda korporativ buyurtmachilar tomonidan tuzilgan amaldagi uzoq muddatli import shartnomalarini koronavirus pandemiyasi yoki shartnoma shartlarining o‘zgarishi sharoitida narxlarni pasaytirish imkoniyatlari yuzasidan o‘rgansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda vazirliklar, idoralar, hududlar va korxonalar rahbarlari tomonidan investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish va importni optimallashtirish masalalari yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini baholovchi aniq indikatorlarni (KPI) tasdiqlagan holda, har chorakda Vazirlar Mahkamasiga har bir rahbar erishgan indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil uchun Investitsiya dasturining manzilli qismini ishlab chiqishda markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni ularni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi jihatidan puxta ekspertizadan o‘tkazsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvargacha davlat investitsiyalarini boshqarishni baholashning umum qabul qilingan tamoyillari (PIMA) asosida markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni to‘liq va uzluksiz monitoring qilish tizimini, shu jumladan investitsiyadan keyingi davrda (obyekt ishga tushirilgandan keyin 3 — 5 yil davomida) erishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va loyihalarning mamlakat, tarmoq, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sirini baholashni har yili o‘tkazish asosida monitoring qilishni nazarda tutuvchi tizimni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tarif va notarif tartibga solish kengashi ikki oy muddatda xalqaro tajribani va Jahon savdo tashkiloti kelishuvlarining qoidalarini o‘rganish asosida Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdoni tartibga solishning yangi tartibini, shu jumladan tarif, notarif va tarifli kvotalash choralari orqali importni optimallashtirish bo‘yicha tezkor qarorlarni qabul qilish bo‘yicha yanada moslashuvchan mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutuvchi kompleks takliflarni;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinadigan tovarlarga nisbatan vaqtinchalik tarif kvotalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari zimmasiga — davlat xaridlarini amalga oshirishda mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishini ta’minlash, shuningdek, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish yuzasidan;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga — Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatiga kiritilgan tovarlarning davlat xaridlari doirasida import qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tasdiqlangan ko‘rsatkichlarning to‘laqonli bajarilishi, investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, kichik hududiy va yirik tarmoq korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — davlat xaridlari doirasida importni optimallashtirish, mamlakat tarmoq va hududlarida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish chora-tadbirlarining samaradorligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzoqov zimmasiga — ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga jalb qilinadigan investitsiyalarning samaradorligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari O‘.I. Barnoyev, B.A. Musayev, A.A. Abduhakimov, O.M. Umarov zimmasiga — mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari tomonidan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining sifatli ijro etilishini tashkil etish, shuningdek, tegishli tarmoqlarda budjet mablag‘larining samarali ishlatilishi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — markazlashgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida importni optimallashtirish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga — Bosh vazir o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, tarmoq idoralari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, kuzatuv kengashlaridagi (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishlaridagi) davlat vakillari tomonidan ushbu qaror bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishining yakuniy natijalari uchun, zarur hollarda intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 21-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4812-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari subyektlarining xarid tizimini auditdan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI

Izoh: ushbu subyektlarning xaridlar tizimini auditdan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 07/20/4812/1197-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 24.01.2025-y., 07/25/20/0064-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son; 06.03.2026-y., 07/26/78/0201-son)