18.08.2020 yildagi 494-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida keng qamrovli sheriklikni yanada rivojlantirish, ilgari oliy darajada qabul qilingan kelishuv va bitimlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradigan aniq va salmoqli natijalarga erishishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi kelishuvlarni oʻz vaqtida amaliy ijro etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Turkiya Respublikasi bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning bajarilishini tahlil qilish hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda masʼul ijrochilar rahbarlarining Dasturda ularga yuklatilgan vaziflar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish va aniq takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (Umurzoqov) har oyda — har kalendar oyining oʻninchi sanasiga qadar masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinayotgan choralarning natijadorligini koʻrsatgan holda Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tanqidiy tahlilni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan umumiy shtat birliklari doirasida Loyiha ofisi tashkil etilsin va uning asosiy vazifasi etib mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor tarmoqlarini isloh qilish, yangi yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha strategiyalarni ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan turk ekspertlari bilan tizimli ishlashni tashkil etish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turkiyaning quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilgʻor tajribasi va innovatsion yondashuvlarini joriy etish masalalari boʻyicha investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi sifatida ishlashi uchun turk ekspertlarini jalb qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jadal sanoatlashtirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi va hududlarni kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning xalqaro sifat standartlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va investitsiya muhitini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyalarini yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Turkiya Respublikasi Hukumatining texnik koʻmagini kengaytirish va yetakchi turk ekspertlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, baland binolar, gidrotexnik inshootlar, koʻpriklar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanishda seysmik xavfsizlikni taʼminlash masalalarida respublikamizning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllar va yoʻl boʻyi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“elektron hukumat” sohasida Turkiya Respublikasining eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu tarmoqdagi salohiyatni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy Majlis Senati, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha institutsional hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlamentarizmni rivojlantirish sohasida hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy sohadagi siyosat, mamlakatni rivojlantirishning dunyoviy tamoyillarini ilgari surish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyat hokimligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasini ochishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkiya Respublikasining Antaliya, Adana va Bursa shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsullari tayinlanishi masalasini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi turk investorlarining masalalarini tezkorlik bilan hal qilish va loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan Turkiya kompaniyalari vakillari bilan Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrtasida doimiy, toʻgʻridan toʻgʻri muloqot uchun platforma yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Masʼul ijrochilar — vazirlik va idoralar rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan Dasturga kiritilgan loyihalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlashga shaxsan javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda — hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur ijrosi boʻyicha axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakovga — mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash boʻyicha takliflarni sifatli ishlab chiqishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayevga — sogʻliqni saqlash va madaniy-gumanitar sohalarda turk tomoni bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Sh. Kudratovga — savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturlari va loyihalarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish boʻyicha vazirlik va idoralarning ishini hamda turk kompaniyalari bilan sermahsul hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
494-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 494-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi kelishuvlarni oʻz vaqtida amaliy ijro etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kutilayotgan aniq natija

Amaliy chora-tadbirlar va ularni 2020-2021-yillarda amalga oshirish bosqichlari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari

Ijro uchun masʼul boʻlgan shaxslar

Shaxsiy

javobgarlik

I. Ikki tomonlama chora-tadbirlar

1.

Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti F. Oktayning tashrifini oʻtkazish.

1. Tashrif muddatlarini kelishish.

2020-yil avgust

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov), Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi (A. Agzamxodjayev)

S. Umurzakov

2. Tashrifni tashkillashtirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2020-yil avgust-sentyabr

3. Tashrif doirasida imzolanadigan bitimlar va shartnomalar toʻplamini tayyorlash.

2020-yil sentyabr

2.

Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish muddatlarini kelishish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi (A. Agzamxodjayev),

vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Tadbir davomida muhokama qilish uchun hujjatlar toʻplamini tayyorlash.

2020-yil avgust-sentyabr

3. Tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qilish.

kelishilgan muddatlarda

3.

Savdo vaziri R. Pekjan boshchiligidagi Turkiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifini tashkil qilish.

1. Tashrif muddatlarini kelishish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

S. Umurzakov

2. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan birgalikdagi tadbirlarni koʻrib chiqish.

2020-yil sentyabr

3. Tashrifni tashkillashtirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

kelishilgan muddatlarda

II. Oliy darajada ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash

4.

Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PQ-3363-son, 2018-yil 12-maydagi PQ-3717-son, 2020-yil 4-martdagi PQ-4627-son qarorlari bilan tasdiqlangan yoʻl xaritalari ijrosi toʻgʻrisida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga batafsil axborot kiritish.

har oyning
3-sanasiga qadar

vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tanqidiy tahlil qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.

har oyning
10-sanasiga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
vazirlik va idoralar

III. Savdo hamkorligini faollashtirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish

5.

�anoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, uchinchi mamlakatlarga eksport qilishga moʻljallangan qoʻshma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish.

1. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari roʻyxatini aniqlash.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Loyiha takliflari va biznes-rejalarni tayyorlash

2020-yil avgust

3. Roʻyxatni kelishish, loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan Turkiyaning xususiy kompaniyalarini aniqlash.

2020-yil sentyabr

4. Video-konferensaloqa tashkillashtirish, kelishilgan loyihalar toʻplamini shakllantirish.

2020-yil sentyabr-oktyabr

6.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. Diplomatik kanallar orqali oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishini tashkillashtirish.

2020-yil

sentyabr-oktyabr

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (I. Ergashev),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

U. Barnoyev

2. Bitimda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

7.

Oʻzbekiston va Turkiyani bogʻlovchi transport yoʻlaklarining samaradorligini oshirish.

1. Turkiya tomoniga joriy yil yanvar oyida Oʻzbekiston, Qirgʻizston Respublikasi, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya oʻrtasida imzolangan “Boku Tbilisi Kars” yoʻlagi boʻylab yuklarni tranzit tashishda chegirmalar taqdim etish toʻgʻrisidagi Protokolga qoʻshilish yuzasidan rasmiy taklif yoʻllash.

2020-yil avgust

Transport vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

S. Umurzakov

2. Ushbu yoʻlak boʻylab yuklarni tashishni tashkillashtirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish.

zaruriyatga qarab

IV. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor tarmoqlari va yoʻnalishlarini isloh qilish uchun
maslahat va ekspert koʻmagini jalb qilish

8.

Vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining kadrlar salohiyatini oshirish.

1. Maxsus treninglar va oʻquv dasturlarini tashkil qilish jadvalini Turkiya tomoni bilan kelishish.

2020-yil avgust-sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Maxsus treninglar va oʻquv dasturlarining ishtirokchilarini saralab olish.

tadbirlardan bir oy avval

3. Treninglar va oʻquv dasturlarida Oʻzbekiston vakillarining ishtirokini taʼminlash.

kelishilgan muddatlarda

9.

AKT va elektron hukumat sohalarini rivojlantirish.

1. AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Turkiya tomoniga yuborish.

2020-yil

sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

S. Umurzakov,
O. Umarov

2. AKT sohasida, shu jumladan tajriba, ilgʻor ishlanmalar va “nou-xau”lar almashinuvi boʻyicha turk ekspertlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

kelishilgan muddatlarda

10.

Sogʻliqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish salohiyatini oshirish.

Oʻzbekistondagi klinikalarni boshqarish uchun turk mutaxassislarini jalb qilish masalasini oʻrganish.

2020-yil avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

B. Musayev

11.

Seysmologiya sohasidagi salohiyatni oshirish.

1. Seysmologiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirish hamda baland binolar, koʻpriklar, gidro-texnik inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda seysmik xavfsizlikni taʼminlash masalalarida respublikaning ilmiy salohiyatini oshirish uchun maslahat koʻmagini koʻrsatish yuzasidan Turkiya tomoniga soʻrov yuborish.

2020-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T. Xudaybergenov),

FA Seysmologiya instituti (Yuldashev B. ),

Energetika vazirligi (A. Sultonov), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

A. Ramatov

2. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

12.

Yoʻllar va yoʻl boʻyi infratuzilmasini qurish sohasiga xalqaro standartlarni joriy qilish.

1. Yoʻllar va yoʻl boʻyi infratuzilmasini qurish, shuningdek, ulardan samarali foydalanishda xalqaro standartlarni joriy qilish sohasida koʻmak koʻrsatish yuzasidan Turkiya tomoniga soʻrov yuborish.

2020-yil sentyabr

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

A. Ramatov

2. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

13.

Mamlakatda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish.

1. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida maslahat koʻmagini koʻrsatish yuzasidan Turkiya tomoniga soʻrov yuborish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

sohaga aloqador vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi sifatida ishlash uchun turk ekspertini jalb qilish.

2020-yil sentyabr

3. Turkiya tajribasi va mexanizmlari asosida iqtisodiyotning yashirin sektorini legallashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha aniq takliflarni birgalikda tayyorlash.

2020-yil oktyabr

4. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

14.

Hududlarni jadal sanoatlashtirish, ularda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalari hamda kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga xalqaro sifat mezonlarini joriy qilish, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Hududlarni sanoatlashtirish, ularda tarmoqlarni rivojlanti?ish strategiyalari va kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga xalqaro sifat mezonlarini joriy qilish, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish sohasida maslahat koʻmagini koʻrsatish yuzasidan Turkiya tomoniga soʻrov yuborish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

sohaga aloqador vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Mazkur yoʻnalishlarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir maslahatchisi sifatida ishlash uchun turk ekspertlarini jalb qilish.

2020-yil sentyabr

3. Turkiya tajribasi asosida birgalikda aniq takliflar tayyorlash.

2020-yil oktyabr

4. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

15.

Oʻzbekistonda ishlayotgan turk konsultantlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Loyiha ofisini ochish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

sohaga aloqador vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Respublikamizda ishlayotgan turk ekspertlari, shuningdek, Turkiya parlamentining Budjet va rejalashtirish boʻyicha qoʻmitasi raisi L. Elvan, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi rahbarining oʻrinbosari J. Yilmazni taklif qilgan holda, Bosh vazir oʻrinbosari investitsiyalar va tashqi savdo vaziri raisligida Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

har oy

IV. Alohida yoʻnalishlar boʻyicha ikki mamlakatning oʻzaro institutsional hamkorligini rivojlantirish

16.

Parlamentarizmni rivojlantirish sohasida tajriba almashish.

1. Tajriba almashish hamda Turkiya tomonining bilimlari bilan oʻrtoqlashish uchun ikki partiya (“OʻzLiDeP” va “Adolat va taraqqiyot” partiyasi) yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflarni Turkiya tomoniga yuborish.

2020-yil avgust

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

Oliy Majlis Senati (S. Safoyev),

OʻzLiDeP (A. Xaitov)

S. Umurzakov

2. Partiyalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va uni Turkiya tomoniga yoʻllash.

2020-yil avgust

3. Bitim loyihasini kelishish va imzolash.

2020-yil sentyabr

4. Bitimda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

17.

Diniy sohada barqarorlikni taʼminlash, mamlakat taraqqiyotining dunyoviy tamoyillarini ilgari surish, ekstremizmga qarshi kurashish.

1. Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Turkiya Diniy ishlar boshqarmasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish.

2020-yil avgust

Diniy ishlar qoʻmitasi (A. Axmedov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

B. Musayev

2. Hamkorlik dasturini ishlab chiqish va kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil sentyabr

3. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

18.

Hududlardagi tadbirkorlar uchun investitsiya loyihalarini ishlab chiqish sohasidagi salohiyatni rivojlantirish.

1. Turkiyaning Hududlarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi va Oʻzbekiston hududlaridagi “Loyihalar fabrikasi” oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish boʻyicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi
(X. Teshaboyev),

sohaga aloqador vazirlik va idoralar

S. Umurzakov

2. Hamkorlik dasturini ishlab chiqish va kelishish.

2020-yil sentyabr

3. Kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

V. Turkiya bilan investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash

19.

Energetika va togʻ-kon sektorlariga Jengiz kompaniyasining toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini jalb qilish.

1. “Jengiz” kompaniyasi bilan ilgari “Aksa Enerji” kompaniyasi uchun maʼqullangan shartlarda elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha elektr energiyasini xarid qilish toʻgʻrisida bitim va investitsiya bitimini imzolash.

2020-yil sentyabr

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

S. Umurzakov

2. Oltin konlarini qazib olish loyihalarida ishtirok etish boʻyicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish.

2020-yil avgust

Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islomov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

3. Muzokaralar oʻtkazish, qatʼiy kelishuvlarga erishish.

2020-yil oktyabr-noyabr

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),

Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islomov)

20.

Toʻqimachilik sohasiga Agarta tekstil kompaniyasining investitsiyalarini jalb qilish.

1. Tayyor toʻqimachilik mahsulotlarining keng nomenklaturasini Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash.

2. Loyihani amalga oshirish shartlarini kelishish uchun “Agarta tekstil” kompaniyasi rahbariyatining Oʻzbekistonga tashrifini tashkillashtirish.

2020-yil avgust

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (O. Ismoilov),

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

S. Umurzakov

21.

Turk investorlarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash.

1. Erkin iqtisodiy zonalardagi toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar kiritilishi vaqtida faoliyat yuritgan sarmoyadorlar, shu jumladan “Angren” EIZdagi “Dal Teknik Makina” kompaniyasi uchun preferensiyalarni qayta tiklash.

2020-yil avgust

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

S. Umurzakov

2. Toshkent shahrida “Jiotto” kafelar tarmogʻini ochgan turk sarmoyadori faoliyatiga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qilingan toʻsqinliklar toʻgʻrisidagi axborotni oʻrganib chiqish.

Mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha tugal choralar koʻrish va amalga oshirilgan ishlar yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritish.

2020-yil 25-avgust

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

3. Turk investorlarining masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan Turkiya kompaniyalari vakillari bilan respublika vazirlik va idoralari rahbarlari oʻrtasida doimiy, toʻgʻridan toʻgʻri muloqot uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi negizida platforma yaratish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 494-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkiya Respublikasi bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

A.X. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

I.R. Maxkamov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

A.A. Agzamxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2020-y., 09/20/494/1191-son)