O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
484-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
texnik reglamentlar;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;
sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya normalari va qoidalari;
shaharsozlik normalari va qoidalari;
ekologik normalar va qoidalar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar.
Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi”;
b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qo‘shimcha to‘lov va yig‘imlarni belgilaydigan, ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan, ular uchun asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi”;
v) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “xat, telefonogramma” so‘zlari “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi”;
d) 15-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish unga adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi xatboshidan “shuningdek tadbirkorlik subyektlari javobgarligining yangi choralarini belgilovchi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan elektron ko‘rinishda yuklab olishlari mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/484/1172-son)