11.08.2020 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4609-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi (keyingi o‘rinlarda ― litsey) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlarini chuqur hurmat qilish, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo, Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati muassisligidagi davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litseyga qabul va o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litseyda o‘quv jarayoni davomiyligi ikki yil bo‘lib, yillik qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga biriktiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil qilish va uning o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi litseyning o‘qituvchi, ishchi va xizmatchilari lavozimlari uchun lozim bo‘lgan shtat birliklarini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, xorijiy mamlakatlarning kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey xodimlari, ishchi va xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish hamda litsey bitiruvchilariga beriladigan imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarorida belgilangan tartib va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

1 (0-0-0-1)

Ilmiy-pedagogik kengash

Direktorning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari*

1 (1-0-0-0)

Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari


1 (0-0-0-1)

Direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari


1 (0-0-0-1)

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limi

214 (2-10-200-2)

O‘quv-metodik bo‘linmasi

2 (0-0-0-2)

Ma’muriy bo‘linma

3 (0-0-0-3)

Kadrlar bo‘linmasi

2 (0-1-0-1)

Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi

11** (0-0-0-11)

Avtomobil seksiyasi

5 (0-1-0-4)

Moliya xizmati

3 (0-1-0-2)

Axborot-resurs markazi

3 (0-0-0-3)

Aloqa va axborot texnologiyalari bo‘linmasi

3 (0-0-0-3)

Psixolog

1 (0-0-0-1)

To‘garaklar

4 (0-0-0-4)

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

6** (0-0-0-6

Kotibiyat

1 (0-0-0-1)

Tibbiyot bo‘linmasi

5 (0-0-0-5)

Kasbiy va amaliy fanlar kafedrasi

6** (0-0-0-6)

Xo‘jalik bo‘linmasi

14 (0-0-0-14)

Tillar kafedrasi

10** (0-0-0-10)

Laboratoriya

3 (0-0-0-3)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * fuqaro xodimlar egallashi mumkin bo‘lgan lavozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** o‘quv yuklamasidan kelib chiqqan holda soni o‘zgartirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qavsda ko‘rsatilgan: 1-raqam — kontrakt bo‘yicha ofitserlar tarkibi; 2-raqam — kontrakt bo‘yicha serjantlar tarkibi; 3-raqam —o‘quvchilar; 4-raqam — ishchi va xizmatchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shaxsiy tarkib soni

Jami

Ofitserlar

Serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar

O‘quvchilar

Ishchi va xizmatchilar

300

3

13

200

84

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining (keyingi o‘rinlarda ― litsey) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Litsey davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va banklarda hisobvarag‘i va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, o‘z nomi tushirilgan blankalariga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsey o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Litseyda o‘quv-tarbiya jarayoni o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish nazarda tutilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litseyda o‘qish muddati ikki yil bo‘lib, qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litseyga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litseyning o‘quvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Litseyning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini, chegaralari daxlsizligini ta’minlash uchun mas’uliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, O‘zbekiston Respublikasiga sodiq, fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish litsey faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litseyda o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litseyda ta’lim davlat, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uyg‘unligini ta’minlovchi kun tartibi o‘quvchilar kechayu-kunduz litseyda bo‘lishini hisobga olib tuziladi va ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsey rahbar xodimlarining vakolatlari va funksional vazifalari, shuningdek, o‘quvchilarning huquq va majburiyatlari litseyning ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Birinchi kursda o‘quv yili yakunlanganidan so‘ng yakuniy nazorat natijalari asosida litsey o‘quvchilarini keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida direktorning buyrug‘i chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 ― 3-o‘rinlarni egallagan litsey o‘quvchilari hamda ularning o‘qituvchilari respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilarini va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida rag‘batlantiriladi (mukofotlanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Litseyga nomzodlarni saralash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litseyga umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablari) 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston Respublikasining erkak jinsli fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsey faoliyati va o‘qishga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari (keyingi o‘rinlarda — Chegara qo‘shinlari) rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boriladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali litseyga qabul boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Saralash tadbirlari dastlabki tanlov, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saralash tadbirlarini o‘tkazish muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun litseyda qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini litseyning ustavi asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlari Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining boshqa manfaatdor bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Dastlabki tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi, davlat xizmatchisi bo‘lish istagida bo‘lgan shaxslarga sog‘lig‘i, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablarining ma’muriyati bilan hamkorlikda 9-sinf o‘quvchilari orasidan fanlarni o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan, vatanparvar va sog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan o‘quvchilarni tanlab olish hamda ularning ro‘yxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodga tegishli hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va boshqalar), nomzodning litseyga o‘qishga kirishni tanlashiga asoslari va sabablarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzoddan ariza qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov ularning yashash va o‘qish joyi bo‘yicha Chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmalarining bo‘linmalari, tuman va shahar bo‘linmalari (bo‘limlari) tomonidan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki tanlov natijalari bo‘yicha Chegara qo‘shinlarining chegarani qo‘riqlash vzvodlari, Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalarining bo‘limlari, tuman va shahar bo‘linmalari (bo‘limlari) tomonidan litseyga o‘qishga kirish uchun tavsiya qilingan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilaridan 5-sentabrdan 5-oktabrga qadar arizalar qabul qilinib, Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘linmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar litseyga o‘qishga kirish uchun rad javobining berilishiga asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv o‘tkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qo‘llanilganligidan qat’i nazar, sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati litsey ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi o‘zining psixofiziologik xususiyatlari va sog‘ligining holati bo‘yicha belgilangan talablarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining maxsus talablariga mos keladigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining munosib harbiy xizmatchisi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari bo‘la oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning psixofiziologik xususiyatlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning savodxonlik darajasini baholash (ijodiy bayon olish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat o‘tkazish va uni test sinovlariga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi bo‘yicha Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalari va litseyning malakali xodimlari bilan birgalikda 5-oktabrdan 1-fevralga qadar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tartibda Chegara qo‘shinlari Harbiy gospitali va Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalari harbiy-tibbiy muassasalarida Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i va hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tasdiqlagan harbiy-tibbiy komissiya (keyingi o‘rinlarda — HTK) tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar o‘smirlar dispanseri, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari huzuridagi o‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limi mutaxassis-shifokorlari jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida mutaxassis-shifokorlar xulosalariga ko‘ra HTK nomzodning litseyga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Salomatligiga ko‘ra litseyga o‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq noyabr-dekabr oylarida Davlat xavfsizlik xizmati organlari mutaxassis-psixologlaridan iborat psixologlar guruhi tomonidan o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologlar guruhi tarkibiga oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalar chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qishga kirish uchun tavsiya etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish natijasi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarida noyabr-dekabr oylarida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Nomzodlarning savodxonlik darajasini ijodiy bayon olish orqali baholash tadbiri litseyning pedagog xodimlaridan iborat komissiya tomonidan yanvar oyida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy bayon sinovi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy bayon olish komissiyasi tarkibiga ta’lim muassasalarining tegishli mutaxassislari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ijodiy bayon yakuni bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishi Chegara qo‘shinlari tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelmaydigan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarining o‘quv-metodik komissiyasi tomonidan nomzodlarning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash va savodxonlik darajasi, aqliy qobiliyatlari, shuningdek, harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida 1-fevralga qadar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra nomzodlarni test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra litseyga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan, salomatligiga ko‘ra o‘qishga yaroqsiz deb topilgan va maxsus talablarga mos kelmagan nomzodlarga saralash natijalarining sabablari oshkor etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Test sinovlariga qatnashishga tavsiya etilgan nomzodlarning Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari tomonidan rasmiylashtirilgan shaxsiy yig‘majildlari 15-martga qadar litseyning qabul komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Test sinovlarida qatnashishga tavsiya etilgan nomzodlarga Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma umumta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Shaxsiy yig‘majildlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra test sinovlariga qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlarning ro‘yxatlarini Chegara qo‘shinlari harbiy qismlariga yetkazish uchun litseyning qabul komissiyasi mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Agentlik bilan kelishilgan holda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Test sinovlari o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risida nomzodlarni o‘z vaqtida xabardor qilish uchun javobgarlik ularni o‘rgangan harbiy qism komandirlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Litseyga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Test sinovlari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Agentlik tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda mazkur komissiyaga hamda litsey qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Litseyga qabul qilinmagan (saralashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (boshqa hujjatlari bilan birgalikda) dalolatnoma asosida ularni o‘rgangan Chegara qo‘shinlari harbiy qismlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim fanlarining (5 — 9-sinflar kesimida) davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzodlar, ularning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi o‘tkazilgan Agentlikning hududiy bo‘limlarida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan kuyidagi nomzodlar litseyga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari — kvotadan tashqari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat yordamiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining qarorlari asosida — kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga Agentlik tomonidan litseyga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Litseyga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Nomzodlarni litsey o‘quvchilari safiga qabul qilish Agentlik tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda, test sinovlari o‘tkazilmaydi hamda nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan hollarda, ular orasidan birinchi blok fanidan test natijalari yuqori bo‘lgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng bo‘lib qolgan taqdirda, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yig‘indisi boshqalarnikidan yuqori bo‘lgan nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Test natijalari taqdim etilgandan so‘ng litseyning qabul komissiyasi nomzodlar ro‘yxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanib, litseyning muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni litseyga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida litsey direktorining buyrug‘ini chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Litseyga o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar o‘quvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Litseyning tashkiliy-shtat tuzilmasiga muvofiq o‘quv kurslari bo‘yicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida o‘quvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga bo‘linadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Litseyni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ko‘krak nishonining yagona namunasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ko‘krak nishoni kitel ko‘krak qismining o‘ng tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Litsey o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. O‘quvchilar litseydan quyidagilar asoslarga ko‘ra chetlatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lig‘i tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchining arizasiga muvofiq, ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik o‘zlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan ko‘p soat) uzrli sabablarsiz mashg‘ulotlarda qatnashmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv yili yakunida 3 ta fanni yaxshi o‘zlashtira olmagan holda, qayta imtihon topshirishda ham o‘ta olmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey ustavida belgilangan ichki tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qaroriga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganligi munosabati bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. O‘quvchilar litseydan litsey ilmiy-pedagogik kengashining qaroriga muvofiq direktorning buyrug‘i bilan chetlatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘majildi litsey ilmiy-pedagogik kengashining qarori qabul qilingandan so‘ng litsey direktorining buyrug‘i bilan imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olishni davom ettirishini tashkil etish uchun yashash joyidagi bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalariga yuboriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi (boshqa hujjatlari bilan birgalikda) tegishli ta’lim muassasasi rahbarining ta’limga jalb qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan so‘ng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilarni tiklash va boshqa ta’lim muassasalaridan litseyga o‘tkazish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. O‘quvchilarni litseydan chetlatishdan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, litseyni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Litseyga qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Direktor litseyning faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va ularni tarbiyalash, o‘quv rejasi va dasturlarining bajarilishi, litseyning o‘quv-uslubiy va moliya-xo‘jalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan ozod qiladi, o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda litsey bo‘yicha buyruqlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Litsey direktori O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda, ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha respublika va xorijiy ta’lim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Litseyda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga tegishli ma’lumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Litseyda direktor huzurida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari litsey ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Davlat organlarining litseyni boshqarish bo‘yicha asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litseyga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, o‘quvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litseyni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan o‘quv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturiga muvofiq o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey o‘quvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala o‘quv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey o‘quvchilarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining malaka oshirish fakultetlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida malaka oshirishini tashkil qilish;
(73-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan birgalikda litseyga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun umumta’lim maktablari 5-6 sinf o‘quvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda o‘rganish va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini tuzish hamda umumta’lim maktablarida litseyning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(74-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar tomonidan davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan litseyning o‘quv rejalari va dasturlarini kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi oliy ta’lim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida litsey pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayonini tashkil etish uchun litseyni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda o‘quv muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litseyni zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Quyidagi masalalarda ko‘maklashish litseyga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy ta’lim muassasasiga qadar kasbga yo‘naltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda qoida tariqasida kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni litseyda ishlash uchun tanlab olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Litseyning moliyaviy va moddiy-texnik ta’minoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Litsey faoliyati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-ma’muriy sektorlarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari, tegishli harbiy-ma’muriy sektorlarning mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan shakllantiriladigan Litsey ishchi va xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdoridagi direktor fondi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu fondning mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mustaqil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsey direktori fondining joriy yilda o‘zlashtirilmagan moliyaviy mablag‘larini ulardan keyinchalik maqsadli foydalanish uchun kelasi yilga o‘tkazishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Litsey belgilangan tartibda o‘z ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litseyda xo‘jalik va moliya intizomiga rioya etilishi vakolatli davlat organi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizomga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy bayon sinovini o‘tkazish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
METODIKASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga saralash tadbirlarida nomzodlar ona tili fanidan ijodiy bayon yozadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodning ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yozgan bayonda aks etadi. Yozma ishda asosiy ko‘rsatkich fikrni mantiqiy izchillikda ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha bo‘yicha nomzodning bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy, uslubiy savodlilik darajasi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijodiy bayonda nomzodlarning tanlagan matnni badiiy jihatdan aniq va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bog‘liq holda yoritishi, mustaqil ijodiy fikrlashi, ona tilining boy ifoda vositalaridan unumli foydalanish ko‘nikmasi va savodxonlik darajasi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijodiy bayonning mavzusi va namunaviy matnlari 1-yanvarga qadar ishlab chiqiladi va litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijodiy bayonning tasdiqlangan mavzusi va namunaviy matnlari “Yosh chegarachilar” HAL direktorida saqlanadi. Direktor ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijodiy bayon o‘tkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijodiy bayon boshlanishidan oldin komissiya a’zolari tomonidan nomzodlarga sinov o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nomzodlarga o‘qib eshittiriladigan ijodiy bayon namunaviy matnining hajmi 150 — 200 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijodiy bayon namunaviy matnlari 3 variantda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bir nomzod 3 ta variantdan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya a’zolari tomonidan ijodiy bayon namunaviy matni ikki marta o‘qib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarga namunaviy matnni o‘qib eshittirish uchun komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy bo‘limidan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomzod eshitgan namunaviy matn yuzasidan reja tuzadi va ijodiy bayon yozadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijodiy bayon hajmi kamida 3 — 3,5 bet bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijodiy bayon yozish uchun 2 astronomik soat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nomzod ijodiy bayonni yozib tugatganidan keyin raqamlangan daftarini komissiya a’zosiga topshirib, auditoriyani tark etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlar tekshirish uchun mutaxassislarga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mutaxassislar nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini ikki kun ichida tekshiradi. Bayon matnini o‘qib eshittirgan mutaxassis tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini tekshirgan mutaxassis ijodiy bayonlarga va har bir raqamlangan daftarga o‘zining familiyasi, ismi, otasining ismini yozadi va imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijodiy bayon natijalari litsey tomonidan uch kun muddatda harbiy qismlarga nomzodlar e’tiboriga yetkazish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nomzodlarga ijodiy bayonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nomzodlar tomonidan yozilgan bayon “5” balli tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bilim, ko‘nikma, malakalar

ball

1.

Reja mavzuga muvofiq tuzilgan, matn mazmuni to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa; bayon mantiqli va izchil bo‘lsa; so‘z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos bo‘lsa; mazmun va ifodada bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo yoki ikkita ishoraviy xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa.

5 ball

2.

Matn reja asosida yoritilib, lekin kichik xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; fikr bayonida izchillik qisman buzilgan bo‘lsa; so‘z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada 2-3 xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 2 ta imlo, 2 ta ishoraviy va 2 tagacha uslubiy xato mavjud bo‘lsa.

4 ball

3.

Mavzu to‘liq yoritilmagan, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa; aniq voqealar izohida xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; so‘z boyligi va ifoda tuzilishida sayozlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 tagacha ishoraviy, 3 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.

3 ball

4.

Matn mazmuni ko‘p buzilgan bo‘lsa; ish rejaga mos bo‘lmasa, fikr bayoni va qurilishida kamchilik bo‘lsa, fikrlar bir-biriga bog‘lanmasa; so‘z boyligi sayoz bo‘lsa; mazmun va ifodada 5-6 tagacha xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishoraviy va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.

2 ball

5.

Matndagi xatolar miqdori baholashning “2” ball uchun belgilangan mezonidan oshgan taqdirda

1 ball

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ba’zan o‘quvchining ijodiy bayondagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda ikkita ishoraviy xatoni bitta imlo xato o‘rnida, 2-3 ta imlo xatoni bitta uslubiy xato sifatida baholash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasodifiy xatolar (masalan, “tushmoq” so‘zi ayrim o‘rinlarda to‘g‘ri, ayrim o‘rinlarda xato yozilgan bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” so‘zi 5 tagacha o‘rinda “qutilmoq” tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy bayondagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, tegishli ravishda pasaytiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil qilish va ularning o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Litsey faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

1.

O‘tkaziladigan tadbirlarning maqsadi va vazifalarini yetkazish, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini (keyingi o‘rinlarda ― litsey) faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh majlisini o‘tkazish hamda ish tartibini belgilash

Idoralararo va idoraviy ichki yig‘ilishlarni o‘tkazish, yig‘ilish bayonnomalarini tayyorlash

2020-yil
10-sentabr

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2.

“Yosh chegarachilar” litsey o‘quvchilarining oziq-ovqat va harbiy kiyim ta’minoti, kiyimining yagona namunalari, taqdirlash nishonlari va ularni taqish tartibi, shuningdek, litseyni tugatganligi to‘g‘risidagi ko‘krak nishoni va diplomi namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-dekabr

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

II. Litsey infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish

3.

Litsey infratuzilmasini takomillashtirish, tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va tegishli hisobotlarni tayyorlash yuzasidan zarur choralarni belgilash

Qurilish ishlari bayonnomalari, texnik-iqtisodiy hisobotlar

2020-yil
10-sentabr

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

4.

Litsey obyektining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha hamda litseyda:

kompyuter, mashq qilish (trenajyor) sinflari hamda masofadan o‘qitish uchun sinflar va elektron axborot-resurs markazlarini yaratish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, interaktiv virtual stendlar va laboratoriyalar ko‘rinishida dasturiy-pedagogik ta’lim olish vositalarini joriy qilish;

o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va sport yutuqlari darajasini oshirish uchun tegishli sharoitlarni yaratish;

o‘quv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoringi tizimini joriy qilish va nazoratini tashkil etish;

pedagoglar tarkibini va o‘quvchilarni ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv materiallari bilan ta’minlash va mustaqil ishlarni tashkil etish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil
1-mart

Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

III. O‘quv-uslubiy baza va o‘quv jarayonini takomillashtirish

5.

Prinsipial yangi samarali o‘quv rejalari va dasturlari, tematik rejalar, o‘quv-uslubiy resurslarni ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy ta’lim berish shakli va uslublarini qo‘llash.

Respublikamizning oliy harbiy ta’lim muassasalari, maxsus va boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun zarur bo‘lgan alohida fanlar bo‘yicha (matematika, fizika, kimyo, ona tili va adabiyot, tarix va xorijiy tillar) chuqurlashtirilgan tarzda ta’lim berilishi uchun sharoit yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil
1-aprel

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

6.

Litsey o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish (yengil va yuk avtomobillarini boshqarish), haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan tegishli hujjatlarni berish masalasini Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirish va o‘quv guruhlarini Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

7.

Litsey o‘quvchilari tomonidan muntazam ravishda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, o‘quvchilarda musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va boshqa san’at turlariga qiziqishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tegishli idoraviy hujjat

2021-yil sentabr

8.

Litseyni o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv, ilmiy va maxsus adabiyotlar, qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari bilan ta’minlash.

Vazirlik va idoralarning

tasdiqlangan ish rejalari

Ish rejada belgilangan muddatlarda

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), O‘zbekiston Respublmkasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi (X. Qarshiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

9.

Respublikaning oliy harbiy, maxsus va boshqa ta’lim muassasalariga kirish uchun zarur fanlar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garak ishlarini tashkil etish.

IV. Harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonini takomillashtirish

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, xalqiga sodiq bo‘lgan, Vatanga xizmat qilishga tayyor turgan aql-zakovatli nomzodlarni respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa ta’lim muassasalariga kirishini ta’minlash maqsadida “Ma’naviyat asoslari” darsi bo‘yicha o‘quv dasturi, rejalari va o‘quv-uslubiy majmualarini takomillashtirish.

Yangi o‘quv dasturi, harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya bo‘yicha rejalari va o‘quv-uslubiy komplekslari

2021-yil
1-aprel

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi (X. Qarshiyev),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Hojimatov)

11.

O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishini ta’minlash uchun kitoblarni o‘qish, kinoteatr, teatr va muzeylarga borish, madaniyat va sport vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, shuningdek, o‘zbek xalqining tarixi, an’analari va boyliklarini faol o‘rganishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Alohida reja asosida

Muntazam ravishda

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), O‘zbekiston YOIMK (A. Sa’dullayev),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(M. Hojimatov)

12.

O‘quvchilarda axloqiy-psixologik barqarorlik va kasbiy vazifalarni bajarishga shay turishni shakllantirish maqsadida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish.

Joylarda o‘quvchilarga psixologik yordamni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi

Davlat xavfsizlik xizmati (A.Azizov)

V. Rahbar va pedagoglar tarkibi tayyorgarligini va malakasini oshirish

13.

Litsey rahbar va pedagoglar tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.

Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari

2021-yil
1-avgust

Idoralararo ishchi guruh

14.

Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagoglar tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini o‘rganish, zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan litseyni butlash va ularning almashinuvini o‘tkazish.

Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib bo‘yicha tegishli qarorlari

2021-yil
1-avgustga

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

15.

Oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagoglar tarkibining ta’lim olishi hamda malaka oshirishini tashkillashtirish.

Litsey rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejasi

Alohida reja asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

16.

Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan konferensiyalarda rahbar va pedagoglar tarkibining ishtirokini ta’minlash, shuningdek, ular uchun AKT o‘rganish bo‘yicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni o‘rganishini tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning alohida rejalari bo‘yicha

Alohida reja asosida

Tegishli vazirlik va idoralar

17.

Ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida o‘quv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

18.

Mashg‘ulotlarni, shu bilan bir qatorda, ta’lim berishning innovatsion usullari bo‘yicha o‘quv jarayoniga yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning samarali mexanizmini tatbiq etish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi (Termiz shahri)

Bino va inshootlar qurilishi hamda ularni muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlash, atrof-hududni obodonlashtirish

1.

Ma’muriy bino va 250 o‘ringa mo‘ljallangan klub.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy-ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

2.

210 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona, avtomobillarni saqlash joylari.

3.

Sport zali binosi.

4.

Nazorat o‘tish joyi hamda ota-onalar bilan uchrashuv xonasi (zamonaviy jihozlar va turniketbilan ta’minlash).

5.

Kompleks sport maydonchasi. (futbol maydonchasi, voleybol, basketbol, tennis maydonchalariva yugurish yo‘laklari).

6.

To‘siqli yugurish majmuasi (tog‘ tayyorgarligi shaharchasi, psixologik va harbiy tayyorgarlik).

7.

O‘quv-mashq maydonchalari (xizmat hayvonlari, o‘q otish va o‘quv avtomashinalarini boshqarish uchun).

8.

Davlat chegarasi aks ettirilgan o‘quv-muhandislik shaharchasi.

2021-yil

avgustga qadar

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari (S. Xusanov)

9.

“Mardlik va mangulik” (Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot) nomli targ‘ibot maydonchasi.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

10.

Yer osti ichimlik suvi bilan ta’minlash va umumiy yer maydonlarini sug‘orish uchun ko‘tarma nasos va sug‘orish tizimini o‘rnatish, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

11.

Qozonxona binosini qurish.

Mavjud bino va inshootlari ryekonstruksiya qilish

12.

210 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv korpusi, faollar zali, yotoqxona va kir-yuvish kombinati.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

13.

Elektron axborot-resurs markazi, kutubxona, ixtisoslashtirilgan sinflar, tibbiy punkt xonalarini ajratish va jihozlash.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

14.

“Yo‘l harakati qoidalari”, “Haydovchilik asoslari” va “Avtomobillar tuzilishi va ularning ishlatilishi” fanlaridan nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazish sinf xonalari.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat nspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

15.

Saf maydoni va minbar (flagshtok).

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

16.

Mavjud binolarni demontaj qilish.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

Moddiy-texnik bazani zamon talablari asosida rivojlantirish

17.

Optik tolali aloqa linyasini tashkil qilish va zamonaviy xizmatlar bilan ta’minlash.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

18.

Zamonaviy avtomobil va maxsus texnikalar, uskuna va agregatlar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.

Jumladan, Neksiya-3 rusumli yengil avtomashina ― 1 ta;

Damas rusumli avtomashina ― 1 ta;

avtobuslar ― 2 ta;

yuk avtomobili ― 1 ta.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

“O’zavtosanoat” AK (Sh. Umurzakov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

19.

Server, kompyuter va o‘quv sinf xonalarini, shuningdek, masofaviy o‘qitish xonalarini ajratish va jihozlash.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

20.

Server va tarmoq uskunalari, uzluksiz quvvat manbai, avtomatik telefon stansiyasi, sovitish tizimi va boshqa texnik vosita va uskunalar bilan ta’minlash.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

21.

Panoramali o‘q otish trenajyori.

22.

Yengil avtotransport vositasini haydash uchun 1 ta trenajyor.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),
“O’zavtosanoat” AK
(Sh. Umurzakov)

23.

Yuk avtotransport vositasini haydash uchun 1 ta trenajyor.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov)

Transport vazirligi (I. Maxkamov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) ,

Ozavtosanoat” AK (Sh. Umurzakov),

24.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sinfini va chet tili sinflarini 50 ta shaxsiy kompyuter to‘plami bilan jihozlash.

2021-yil
avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

25.

Masofaviy ta’lim uchun sinf xonasini tegishli kompyuterlar, ekran, videokamera, mikrofonlar, audio moslamalar va videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlash.

26.

25 o‘rinli Elektron kutubxona dasturiy-texnik majmuasi.

27.

Klub va uning sahnasini teatr, konsert tomoshalari uchun zarur rekvizitlar bilan jihozlash (musiqa va boshqa jihozlari bilan).

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

28.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan dasturiy ta’minot va o‘quv vositalarini interfaol virtual stendlar
va laboratoriyalar shaklida joriy etish.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

29.

Fizika va kimyo fanlari bo‘yicha laboratoriya xonalarini tashkil etish, shuningdek, ularni tegishli asbob-uskunalar, mebel va inventarlar bilan jihozlash.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

30.

Sport va trenajyor zallarini sport inventarlari, jihozlar (universal trenajyor) va mebellar bilan jihozlash.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
(D. Nabiyev),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

31.

O‘quv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoring tizimi va o‘quv jarayonini nazorat qilishni joriy qilish.

2021-yil avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

32.

Har bir o‘quv xonasi, laboratoriya, sport va trenajyor zallarini video va audio kuzatuv tizimi bilan jihozlash.

33.

Harbiy-akademik litseyniKundalik.uz veb-saytiga ulash.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

34.

Pedagoglar tarkibini va o‘quvchilarni ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv materiallari bilan ta’minlash va ularning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratish.

35.

Har bir o‘qituvchini shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlash.

36.

Badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

37.

O‘quv, ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy dastgohlar va uskunalar bilan jihozlash.

38.

O‘quv majmuasini (kompleksini) mebellar, jihozlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash.

39.

Litsey hududini zamonaviy videokuzatuv tizimi bilan jihozlash.

2021-yil

avgustga qadar

Mahalliy budjet mablag‘lari, harbiy ma’muriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Yakuniy qiymat loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va o‘tkaziladigan tender (konkurs) savdolari natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Moliyaviy xarajatlarning yakuniy summasi belgilangan tartibda tender (konkurs) savdolari o‘tkazilgandan keyin aniqlashtiriladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/473/1157-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2021-y., 09/21/508/0779-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son; 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)