07.08.2020 yildagi 468-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq 2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo Olimpiya kengashining (keyingi oʻrinlarda — OOK) 2019-yil 28-sentabrda Doxa shahrida (Qatar) boʻlib oʻtgan 73-Ijroqoʻm yigʻilishida 2025-yilda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini Toshkent shahrida (keyingi oʻrinlarda — “Toshkent — 2025” yozgi Osiyo oʻyinlari) oʻtkazishga rozilik bildirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining ilgʻor davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni yagona organ orqali tizimli amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida muassasa shaklidagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi nodavlat notijorat tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi Boshqaruv kengashining tarkibi 3-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OOK va Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — OPQ) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OOK, OPQ va sport turlari boʻyicha Osiyo sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish, OOK va OPQ tomonidan tasdiqlangan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarining dasturini hamda milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarining logotipini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda ularning doirasida koʻrgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni OOK, OPQ va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, ularni zarur boʻladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni muvofiqlashtirish va zarur hollarda Tashkiliy qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
televizion koʻrsatuvlarni efirga uzatish va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, oʻyinlar, uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoyalari va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini oʻtkazish, axborot bilan taʼminlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga homiylarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik ishlarining ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha sarf-xarajatlar roʻyxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning borishi va amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Tashkiliy qoʻmitaga muntazam ravishda hisobot taqdim etib borish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Sport vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining yillik kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OOK, OPQ va boshqa xalqaro sport federatsiyalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Direksiyaning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyani “Olimpiya shaharchasi” qurilishi yakuniga yetgunga qadar Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Olmazor koʻchasidagi 6-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan vaqtincha joylashtirsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkiliy qoʻmitaga (A.A. Abduxakimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar OOK rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini tashkillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OOK bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha barcha vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirib borish hamda ularning hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha masalalarni va yuzaga keladigan muammolarni operativ hal etish vazifalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ, xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi hamda Tashkiliy qoʻmita aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi mablagʻlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi O.O. Kasimov zimmasiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
468-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.I. Ikramov

—

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

Sh.B. Umurzoqov

—

Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

L.Sh. Kudratov

—

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

5.

B.O. Saidov

—

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

6.

I.I. Norqulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

A.D. Tashkulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

8.

P.R. Bobojonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

9.

B.N. Qurbonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

10.

A.X. Quldashev

—

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri

11.

A.A. Xudayarov

—

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b.

12.

B.I. Zakirov

—

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

13.

Sh.X. Shermatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri

14.

I.R. Mahkamov

—

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri

15.

K.A. Sharipov

—

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

16.

O.A. Nazarbekov

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

17.

J.T. Mirzamaxmudov

—

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

18.

R.M. Djurayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni

19.

S.E. Xusanov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

20.

A.Yu. Mavlonov

—

Iqtisodiyot va moliya huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi

21.

Sh.D. Kudbiyev

—

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

22.

B.Q. Yusupaliyev

—

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

23.

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

24.

M.M. Tashxodjayev

—

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti

25.

Sh.Sh. Xudaykulov

—

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

26.

J.O. Umarxodjayev

—

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b.

27.

A.A. Djurabayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

28.

A.K. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

29.

R.A. Talipov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini tahlil qilish xizmati bosh mutaxassisi

30.

Lavozimiga koʻra

—

Sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar raislari (rais oʻrinbosarlari, bosh kotiblari)

31.

O.O. Kasimov

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy masalalar

1.

Osiyo Olimpiya Kengashi (keyingi oʻrinlarda — OOK) rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini amalga oshirish.

1. OOK delegatsiyasining Toshkentga tashrifini tashkillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2. Oʻzbekistonda 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyooʻyinlarini oʻtkazish uchun rasmiy hujjat imzolanishi (shartnoma, kelishuv memorandumi) tadbirini oʻtkazish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda OOK rahbari oʻrtasidagi oliy darajadagi uchrashuvni tashkil etish.

2021-yil

1-yanvarga qadar

Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

2.

Oʻzbekistonda 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlarini (keyingi oʻrinlarda — Osiyo oʻyinlari) oʻtkazish uchun hujjatlar toʻplamini OOKga taqdim etish uchun tayyorlash.

Osiyo oʻyinlarini OOK Konstitutsiyasi asosida oʻtkazilishi boʻyicha:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati;

2. Toshkent shahar hokimi;

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarlari tomonidan kafolat xatlarini joʻnatish.

2021-yil

1-yanvarga qadar

Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar), Toshkent shahar hokimligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

DXX Chegara qoʻshinlari,

Davlat soliq qoʻmitasi

3.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish.

1. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK OPQ, hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha kutib olish dasturini tayyorlash.

3. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash.

2024-2025-yillar kelishuvga muvofiq

Tashkiliy qoʻmita, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi,

Sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

4.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillariga Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan obyektlarni koʻrsatish.

1. Toshkent shahridagi obyeklarni tayyorlash.

2. Qoʻshimcha tarzda koʻriladigan obyektlar zaxirasini tayyorlash.

OOK va OPQ tashrifi davomida

Tashkiliy qoʻmita, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi,

Sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

5.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida “Toshkent — 2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasini tashkil etish

1. Direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, direksiya tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Direksiyasining ustavini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2021-yil

1-aprel

Milliy olimpiya qoʻmitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Osiyo oʻyinlarida boʻlib oʻtadigan sport turlarini aniqlash

1. Osiyo oʻyinlarida majburiy sport turlarini anaqlash.

2. Respublikamizda rivojlangan sport turlarini dasturga kiritish.

3. Medallar olish imkoni bor sport turlarini dasturga kiritish.

2021-yil

1-may

Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

7.

Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish

1. Xalqaro sport federatsiyalari bilan musobaqa oʻtkazish tizimini tanlab olish.

2. Osiyo oʻyinlarining sport turlari boʻyicha musobaqalarini oʻtkazish uchun musobaqa hakamlari tizimlariga buyurtma berish.

2022-yil

1-may

Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

II. Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasida yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish

8.

Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari, Xitoyning Shantau va Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan yoshlar va kattalar oʻrtasidagi yozgi Osiyo oʻyinlarini tashkilllashtirish tajribasini oʻrganish

2021-yil Yaponiyaning Tokio shahrida yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2021 va 2022-yillarda Xitoyning Shantau va Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan yoshlar va kattalar oʻrtasidagi yozgi Osiyo oʻyinlarini tashkillashtirish tajribasini oʻrganish. Bunda:

Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish tajribasini oʻrganish boʻyicha vazirlik
va idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tarkibini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Oʻrganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasida Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishda samarali foydalanish.

Tokio, Shantau va Xangjou Olimpiya va Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish.

2021-2022-yillar

Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi,

Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar),

tegishli vazirliklar
va idoralar

III. Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasida yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini oʻrganish va yangilarini barpo etish boʻyicha takliflar tayyorlash, yaratiladigan infratuzilma orqali kelajakda Oʻzbekistonda sport turizmini rivojlantirish

9.

Toshkent shahri markaziy yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha taklif tayyorlash.

Ishchi guruhini shakllantirgan holda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

2021-yil

1-may

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Toshkent shahar hokimligi

10.

Toshkent shahrida mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrgangan holda yirik Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun talab etiladigan tegishli qoʻshimcha infratuzilmalar va obyektlar roʻyxatini shakllantirish, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlarini aniqlash.

1. Mavjud infratuzilmalar quvvatini oʻrganish.

2. Oʻrganish asosida qoʻshimcha infratuzilmalar va ularni yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

2021-yil

1-may

Tashkiliy qoʻmita, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi, Iktisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi, Transport vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, AJ “Uzbekistan Airaports”, AJ “Uzbekistan Airways”, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil

1-sentabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarini borishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

1. Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarini borishi toʻgʻrisida roliklar tayyorlash;

2. Turli koʻrsatuvlar va dasturlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi Boshqaruv kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.I. Ikramov

—

sport vaziri, Boshqaruv kengashi raisi

2.

O.M. Umarov

—

Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, Boshqaruv kengashi hamraisi

3.

Sh.B. Umurzoqov

—

Toshkent shahar hokimi

4.

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

5.

M.M. Tashxodjayev

—

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti

6.

O.O. Kasimov

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, Direksiya direktori

7.

X.S. Muxritdinov

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi devoni boshligʻi, Boshqaruv kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Boshqaruv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kengashi tarkibi muassis tomonidan kelishilgan. Zaruratdan kelib chiqqan holda, muassis qarori bilan Boshqaruv kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi va uning mablagʻlari tijorat banklarida ochilgan milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarda jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Direksiya mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Direksiya mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Sport vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining yillik kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo Olimpiya Kengashi (keyingi oʻrinlarda — OOK), Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — OPQ) va boshqa xalqaro sport federatsiyalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni bank depozitiga qoʻyish hisobiga olinadigan foiz koʻrinishidagi tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Direksiya mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Direksiya mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda ularning doirasida koʻrgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni OOK, OPQ va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, ularni zarur boʻladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari logotipi, shiori, piktogrammasi, mashʼali, musiqasi, oʻyinlar ramzlari, “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita va volontyorlar ekipirovkasi, logotip tushirilgan esdalik nishonlari va sovgʻalarining dizaynini yaratish, ularni ishlab chiqarish va xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoritish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya xodimlari, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislarga ish haqi, ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, ularning xizmat safarlari, shu jumladan, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, zarur jihozlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya ehtiyojlari uchun xizmat avtomobillari va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa texnik vositalar xarid qilish, ularni servis xizmati, ehtiyot qismlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya xodimlari, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislar, volontyorlarning oʻqishini, malaka oshirishini va stajirovkasini, shu jumladan, xorijiy davlatlar ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlar, xalqaro sport tashkilotlari, federatsiyalari, kompaniyalar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, nufuzli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha promouterlik kompaniyalarining mahalliy va xorijiy mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa maqsadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Direksiya mablagʻlarini boshqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boshqaruv kengashi Direksiya mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari va ularning miqdorlarini belgilaydi hamda mablagʻlardan samarali foydalanishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Boshqaruv kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning daromadlar va xarajatlar smetasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorak yakuni boʻyicha Direksiya mablagʻlarining tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyadan mablagʻ ajratilishi yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya mablagʻlarini shakllantirish va tasarruf etish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Direksiya faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati Boshqaruv kengashi qaroriga binoan Direksiyaning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha tekshiriladi. Boshqaruv kengashining qaroriga binoan navbatdan tashqari tekshiruvdan ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Direksiyaning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Boshqaruv kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar va boshqa moliyaviy hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchli ekanligiga baho beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, Direksiyaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflarni oʻz ichiga olgan qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Hisobga olish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Direksiya faoliyati natijalari boʻyicha har chorak yakunida Boshqaruv kengashiga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Direksiya buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati har yili belgilangan tartibda auditdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2020-y., 09/20/468/1148-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)