07.08.2020 yildagi 468-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq 2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo Olimpiya kengashining (keyingi o‘rinlarda — OOK) 2019-yil 28-sentabrda Doxa shahrida (Qatar) bo‘lib o‘tgan 73-Ijroqo‘m yig‘ilishida 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida (keyingi o‘rinlarda — “Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlari) o‘tkazishga rozilik bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tarkibi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ilg‘or davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarni yagona organ orqali tizimli amalga oshirish maqsadida yuridik maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida “Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha OOK bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OOK va sport turlari bo‘yicha Osiyo sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, OOK tomonidan tasdiqlangan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo o‘yinlarining dasturini hamda milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, “Toshkent — 2025” Osiyo o‘yinlarining logotipini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni OOK va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, ularni zarur bo‘ladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni muvofiqlashtirish va zarur hollarda Tashkiliy qo‘mita va manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
televizion ko‘rsatuvlarni taqdim etish va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, o‘yinlar, uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlari g‘oyalari va qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini o‘tkazish, axborot bilan ta’minlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, Osiyo o‘yinlariga homiylarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarining borishi ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sarf-xarajatlar ro‘yxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning borishi va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Tashkiliy qo‘mitaga muntazam ravishda hisobot taqdim etib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Direksiyaning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Direksiyaning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, Direksiyaning tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkiliy qo‘mitaga (A.A. Abduxakimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar OOK rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha OOK bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirib borish hamda ularning hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha masalalarni va yuzaga keladigan muammolarni operativ hal etish vazifalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, OOK, xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi hamda Tashkiliy qo‘mita a’zolarining xizmat safari bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M. Shaabduraxmonov zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
468-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

U.A. Azamov

turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

3.

R.M. Shaabduraxmonov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

4.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

5.

A.K. Shadmanov

sog‘liqni saqlash vaziri

6.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

7.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

8.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

9.

S.E. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni

10.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

11.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

12.

I.U. Madjidov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

13.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

14.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

15.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

16.

I.R. Maxkamov

transport vazirining birinchi o‘rinbosari v.b.

17.

A.Q. Karimov

turizm va sport vaziri o‘rinbosari

18.

B.Q. Yusupaliyev

O‘zbekiston Respublikasi bosh sanitariya vrachi

19.

O.A. Kasimov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi

20.

Sh.I. Asadov

tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

21.

U.A. Xusanov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari v.b

22.

R.M. Ismailov

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b.

23.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

24.

A.K. Kuchimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

25.

R.A. Talipov

Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

26.

Lavozimiga ko‘ra

Sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar (uyushmalar) raislari (rais o‘rinbosarlari, bosh kotiblari)

27.

Lavozimiga ko‘ra

“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi direktori, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Tashkiliy masalalar

1.

Osiyo Olimpiya Kengashi (keyingi o‘rinlarda — OOK) rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini amalga oshirish.

1. OOK delegatsiyasining Toshkentga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2. O‘zbekistonda 2025-yil yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyoo‘yinlarini o‘tkazish uchun rasmiy hujjat imzolanishi (shartnoma, kelishuv memorandumi) tadbirini o‘tkazish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda OOK rahbari o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvni tashkil etish.

2021-yil

1-yanvarga qadar

Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

2.

O‘zbekistonda 2025-yil yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini (keyingi o‘rinlarda — Osiyo o‘yinlari) o‘tkazish uchun hujjatlar to‘plamini OOKga taqdim etish uchun tayyorlash.

Osiyo o‘yinlarini OOK Konstitutsiyasi asosida o‘tkazilishi bo‘yicha:

1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati;

2. Toshkent shahar hokimi;

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari;

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlari tomonidan kafolat xatlarini jo‘natish.

2021-yil

1-yanvarga qadar

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar), Toshkent shahar hokimligi,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

DXX Chegara qo‘shinlari,

Davlat soliq qo‘mitasi

3.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish.

1. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha kutib olish dasturini tayyorlash.

3. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni,
shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash.

2020 — 2025-yillar

kelishuvga muvofiq

Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

4.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalarivakillariga Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan obyektlarni ko‘rsatish.

1. Toshkent shahridagi obyeklarni tayyorlash.

2. Qo‘shimcha tarzda ko‘riladigan obyektlar zaxirasini tayyorlash.

OOK tashrifi davomida

Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

5.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida “Toshkent — 2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasini tashkil etish

1. Direksiya mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, direksiya tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Direksiyasining ustavini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2021-yil

1-aprel

Milliy olimpiya qo‘mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Osiyo o‘yinlarida bo‘lib o‘tadigan sport turlarini aniqlash

1. Osiyo o‘yinlarida majburiy sport turlarini anaqlash.

2. Respublikamizda rivojlangan sport turlarini dasturga kiritish.

3. Medallar olish imkoni bor sport turlarini dasturga kiritish.

2021-yil

1-may

Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

7.

Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish

1. Xalqaro sport federatsiyalari bilan musobaqa o‘tkazish tizimini tanlab olish.

2. Osiyo o‘yinlarining sport turlari bo‘yicha musobaqalarini o‘tkazish uchun musobaqa hakamlari tizimlariga buyurtma berish.

2022-yil

1-may

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

II. O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish

8.

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari, Xitoyning Shantau va Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar va kattalar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlarini tashkilllashtirish tajribasini o‘rganish

2021-yil Yaponiyaning Tokio shahrida yozgi Olimpiya o‘yinlari, 2021 va 2022-yillarda Xitoyning Shantau va Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar va kattalar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlarini tashkillashtirish tajribasini o‘rganish. Bunda:

Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish tajribasini o‘rganish bo‘yicha vazirlik
va idoralararo ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tarkibini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

O‘rganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va O‘zbekiston Respublikasida Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishda sam�rali foydalanish.

Tokio, Shantau va Xangjou Olimpiya va Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish.

2021-2022-yillar

Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi,

Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar),

tegishli vazirliklar
va idoralar

III. O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha respublikada mavjud bo‘lgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini o‘rganish va yangilarini barpo etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yaratiladigan infratuzilma orqali kelajakda O‘zbekistonda sport turizmini rivojlantirish

9.

Toshkent shahri markaziy yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha taklif tayyorlash.

Ishchi guruhini shakllantirgan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

2021-yil

1-may

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Toshkent shahar hokimligi

10.

Toshkent shahrida mavjud bo‘lgan sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini o‘rgangan holda yirik Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun talab etiladigan tegishli qo‘shimcha infratuzilmalar va obyektlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlarini aniqlash.

1. Mavjud infratuzilmalar quvvatini o‘rganish.

2. O‘rganish asosida qo‘shimcha infratuzilmalar va ularni yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

2021-y�l

1-may

Tashkiliy qo‘mita, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi, Iktisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi, Transport vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, AJ “Uzbekistan Airaports”, AJ “Uzbekistan Airways”, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda 2025-yil yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil

1-sentabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlarini borishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

1. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlarini borishi to‘g‘risida roliklar tayyorlash;

2. Turli ko‘rsatuvlar va dasturlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2020-y., 09/20/468/1148-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)