25.01.2017 yildagi PQ-2743-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xalqaro aeroportining infratuzilmasini yanada rivojlantirish, oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, xalqaro havo yoʻnalishlari yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 343,61 million AQSH dollariga teng boʻlgan kapital mablagʻlarni oʻz ichiga olgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgani va vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 28-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Eksport-import banki (keyingi oʻrinlarda — Koreya Eksimbanki) oʻrtasida, shuningdek, 2016-yil 29-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Koreya Respublikasi Strategiya va moliya vazirligi oʻrtasida investitsiya loyihasi moliyalashtirilishini hamda Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi (bundan buyon EDCF deb yuritiladi) tomonidan imtiyozli qarz hamda Koreya Eksimbanki tomonidan kredit ajratilishini nazarda tutuvchi hujjatlar imzolangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-dekabrda Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 200,0 million AQSH dollariga teng miqdorda EDCF imtiyozli kredit 40 yil muddatga, shu jumladan 10 yillik imtiyozli davr bilan ajratilishi maʼqullangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 21-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Eksimbanki oʻrtasida mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha kredit shartnomasi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik-signal uskunalarini loyihalashtirish, xarid qilish va oʻrnatishga, shuningdek, investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq investitsiya davridagi boshqa xarajatlar va moliyaviy sarflarni qoplashga yoʻnaltiriladigan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning 11,92 million AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasi boʻyicha qurilish-montaj ishlarini “tayyor holda topshirish” shartnomasi qiymatining bir qismini moliyalashtirish uchun ajratiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan va 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 2,5 foiz stavkada (qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasini oʻz ichiga olgan holda) beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 100,00 mln AQSH dollarigacha miqdordagi krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tayyor holda topshirish” shartnomasi qiymatining bir qismini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xalqaro maslahatchilar xizmatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan EDCF imtiyozli qarzining ekvivalenti 200,00 mln AQSH dollaridan oshmaydigan va Koreya Eksimbankining 50,00 mln AQSH dollaridan oshmaydigan miqdordagi krediti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EDCFning imtiyozli qarzi Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Eksimbanki oʻrtasidagi qarz bitimi asosida taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzmilliybank EDCF imtiyozli qarzidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Eksimbanki krediti “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga Oʻzmilliybank tomonidan qayta moliyalashtiriladi, bunda qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,5 foiz miqdoridagi ustamasi undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK investitsiya loyihasini amalga oshirish, shuningdek, jalb etilayotgan EDCF imtiyozli qarzi hamda Koreya Eksimbanki va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EDCF imtiyozli qarzini, Koreya Eksimbanki va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlarini qaytarish, shuningdek, ular boʻyicha foizlar, vositachilik haqlari va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini oʻz ichiga olgan texnik-iqtisodiy asos 1-ilovaga* muvofiq va 2019-yil III chorakda foydalanishga topshirish muddati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1- va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va Oʻzmilliybank bilan EDCF imtiyozli qarzidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish tartibi boʻyicha agentlik bitimini imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzmilliybankning Koreya Eksimbanki krediti boʻyicha Koreya Eksimbanki oldidagi majburiyatlari yuzasidan, shuningdek, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Koreya Eksimbankining qayta moliyalashtiriladigan kreditlari boʻyicha Oʻzmilliybank oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzmilliybank Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan birgalikda EDCF imtiyozli qarzidan foydalanish va uni boshqarish, shuningdek, Koreya Eksimbanki krediti boʻyicha banklararo bitim tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Eksimbanki oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek, Koreya Eksimbanki krediti boʻyicha Oʻzmilliybankning Koreya Eksimbanki oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati toʻgʻrisida huquqiy xulosalar taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga, shuningdek, kafolat muddati davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va qismlar, materiallar, texnologik hujjatlar va moslamalar, metall prokati, maxsus transport vositalari, qurilish-yoʻl texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, yoqilgʻi-moylash materiallari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachiga va bosh pudratchiga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koreya Eksimbankining qarz bitimi boʻyicha EDCF imtiyozli qarziga xizmat koʻrsatish natijasida va “Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida bank tomonidan berilgan kredit boʻyicha olingan daromadlari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, istisno tariqasida, “Toshkent xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, texnologik hujjatlar va jihozlar, metall prokati, maxsus transport vositalari, qurilish-yoʻl texnikasi, mashina va mexanizmlar, yonilgʻi-moylash materiallarining bojxona rasmiylashtiruvini eksport bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etmasdan amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 25-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2743-son