27.02.2017 yildagi PQ-2798-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari aholisi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarini oqova suv xizmatlari bilan qamrab olish darajasini yanada oshirish, shuningdek, ushbu shaharlarda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda ITB deb ataladi) oʻrtasida “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 57,5 mln AQSH dollari miqdorida moliyaviy mablagʻlar berish toʻgʻrisida Istisnaʼa bitimi va Istisnaʼa agentligi bitimi imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 18,04 mln AQSH dollarini tashkil etadi, shundan ekvivalentda 14,7 mln AQSH dollari miqdorida soliq va bojxona imtiyozlari berish shaklida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2017 — 2021-yillar) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kommunxizmat” agentligi va Sirdaryo viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish, ITB mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Sirdaryo viloyati “Suvoqova” DUK) loyihani texnik amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITB tomonidan ajratiladigan moliyaviy mablagʻlarni, shu jumladan ustama haqni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar Sirdaryo viloyatining “Suvoqova” DUK va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi, “Kommunxizmat” agentligi, Sirdaryo viloyati hokimligi va Sirdaryo viloyatining “Suvoqova” DUK oʻrtasida ITBning moliyaviy mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va ITB oʻrtasida tuzilgan Istisnaʼa agentligi bitimini hisobga olgan holda Istisnaʼa bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasi boʻyicha ITBning jalb etilayotgan moliyaviy mablagʻlarini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasi boʻyicha ITBning jalb etilayotgan moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash ulushlarini oldindan taqsimlash 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, “Kommunxizmat” agentligi bosh direktori, Sirdaryo viloyati hokimi va Sirdaryo viloyati “Suvoqova” DUK direktori zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning tasdiqlanadigan texnik-iqtisodiy parametrlariga muvofiq loyihaning toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITBning moliyaviy mablagʻlaridan va loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi, “Kommunxizmat” agentligi, Sirdaryo viloyati hokimligi va Sirdaryo viloyatining “Suvoqova” DUK oʻrtasidagi “Istisnaʼa” agentligi bitimi va ITBning moliyaviy mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning, shu jumladan ustama haqning oʻz vaqtida jamlanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Kommunxizmat” agentligi loyihani amalga oshirish davrida Arab muvofiqlashtirish guruhining Loyihalarni boshqarish guruhini tashkil etsin va unga ITB ishtirokidagi “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini hamda Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va OPEK jamgʻarmasi ishtirokidagi “Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani qishloq aholisining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalarini yuklasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasinlar, bunda loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda 2022-yildan boshlab Sirdaryo viloyati “Suvoqova” DUKning oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish uchun zarur mablagʻlarni, shu jumladan ustamalarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITB mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari qoʻshilgan qiymat soligʻidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha ITB mablagʻlari hisobiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlarga (ishlar va xizmatlarga) tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi va Sirdaryo viloyati “Suvoqova” DUK buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Kommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini va loyihani amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2798-son