03.01.2018 yildagi PQ-3456-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3104-sonli qarori bajarilishini taʼminlash hamda oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalarni kutib olish va kuzatishni tashkillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidengining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3104-sonli qaroriga muvofiq ““Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq jami masalalar kompleksini oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida ishchi guruh tuzilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 1166-F-sonli Farmoyishi bilan qiymati ekvivalentda taxminan 363 027,4 ming AQSH dollariga teng loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining “Toshkent-Sharqiy” aerodromini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning loyiha birinchi bosqichini amalga oshirishni 2020-yilda nihoyasiga yetkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Toshkent mexnika zavodi” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Toshkent-Sharkiy” aerodromi binolari, inshoatlari va loyiha maydonini, shuningdek, loyiha doirasida qurilish zonasiga kirmaydigan hududlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan obyektlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga balans qiymatida topshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisoblangan qiymati ekvivalentda 140 million AQSH dollari, shu jumladan, aeroport kompleksi qurilishiga — 100 million AQSH dollari, radiotexnika vositalari, meteorologiya va yoritqich-signal uskunalari xarid qilishga — 40 million AQSH dollari sarflanishi moʻljallanayotgan loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qarz 37-oydan soʻndirila boshlaydigan imtiyozli davrni qoʻshganda 12 yil muddatga, yillik 9 foizli stavka boʻyicha beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ekvivalenti 75 million AQSH dollariga teng krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida valyuta xarajatlarini moliyalashtirish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qayta moliyalashtiradigan bankning 0,5 foiz miqdordagi marjasini qoʻshganda 6 oylik Libor plyus 2,5 foizli foiz stavkasi bilan 4 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 12 yil muddatga beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 65 million AQSH dollari miqdoridagi krediti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini qulash tegishli operatsiyani oʻtkazish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti boʻyicha toʻlov majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2030-yilning 1-yanvariga kadar topshirilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aerodromiga nisbatan yer, mulk soligʻi va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻrtasida bepul asosda topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulk qoʻshilgan qiymat soligʻini, yuridik shaxslarning foyda soligʻi, shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi loyihani amalga oshirish munosabati bilan ajratilgan unumdor yerlardan foydalanganlik, manzarali va mevali daraxtlar qirqilganligi uchun tovon toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida — import qilinadigan materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot qismlar, asboblar respublikada akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda majburiy sertifikatlashtirish tartib-taomilidan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018-yilning 1-sentabriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va loyiha ikkinchi bosqichini amalga oshirishni nihoyasiga yetkazish muddatlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Toshkent-Sharqiy” aerodromi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning II toifasi boʻyicha havo kemalarini qabul qiluvchi fuqaro va davlat aviatsiyasi aerodromi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish nihoyasiga yetkazilgandan soʻng barpo etilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportiga “xalqaro” maqomini berish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Toshkent-Sharkiy” aerodromi negizida barpo etilayotgan fuqaro (ish) aviatsiyasining aeroport kompleksi (keyingi oʻrinlarda — aeroport kompleksi)dan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tijorat reyslarini, shu jumladan, yuklar tashish, maxsus va charter reyslari, aeroport, sayyohlik va boshqa texnik xizmatlar kompleksini koʻrsatishga ruxsat berilsin, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-transport havo kemalarini jalb etish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi loyiha boʻyicha kurilish-montaj ishlarini bajarish davrida “Toshkent-Sharqiy” aerodromi hududi, binolari va inshoatlarini qoʻriqlab tursin, bosh pudratchilar javobgar boʻlgan obyektlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda 2019-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent mexanika zavodi” AJdan aeroport kompleksigacha boʻlgan avtoyoʻl uchastkasini rekonstruksiya qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Toshkent shahrini bogʻlovchi koʻpriklari va yoʻl oʻtkazgichlari bilan avtomobil yoʻli hamda Toshkent avtomobil halqa yoʻli bilan Mahgumkuli koʻchasi kesishgan joyda yoʻl oʻtkazgich qurilishini nihoyasiga yetkazishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning 11-bandida koʻrsatilgan avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va qurish qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl loyiha byurosi” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Sof ichimlik suvi” jamgʻarmasining 2018-yil uchun nazarda tutilgan parametrlariga qushimcha limitlar hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJga — oʻz mablagʻlari hisobidan 2018-yilning iyuliga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish hududiga tushayotgan mavjud muhandislik kommunikatsiyalari mansubligiga qarab koʻchirilishi va ulanishi, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini nazarda tutgan holda ularning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ulanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy zarur boʻlgan tashqi va ishlab chiqarish maydonchalaridan tashqaridagi elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlari va avtomobil yoʻllari qurilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari loyihani amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda loyiha hujjatlari taqdim etilgandan soʻng — loyiha boʻyicha zarur obyektlar qurilishiga yer maydonlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Toshkent shahrini bogʻlaydigan koʻpriklari va yoʻl oʻtkazgichlari bilan avtomobil yoʻli, Toshkent avtomobil halqa yoʻli bilan Mahtumkuli koʻchasi kesishgan joyda yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda Qorasuv kanali oʻzanini koʻchirish uchun yer maydonlari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlarini hisobga olib, buziladigan binolar va inshoatlar, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini, inshoatlar egalarining koʻrgan zarari va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining boy berilgan foydasiga toʻlanadigan tovon puli aniqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish munosabati bilan jamoatchilik va koʻchirilayotgan fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada koʻzda tutilgan muddatlarda — ishlar oʻtkazilayotgan tumanda bino va inshoatlar buzilishini, u yerda yashovchi fuqarolar koʻchirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlari ajratilishi, bino va inshoatlar buzilishi, daraxtlar qirqilishi va fuqarolar koʻchirilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrilgan zararlar oʻrni qoplanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilarning talabnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda — qurilish maydonchalari boʻshatilishini, zarur hollarda koʻchalar yopilishi, aylanib oʻtiladigan avtomobil yoʻllari va boshqa obyektlar qurilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning qurilish maydonchalariga tutash hududlar sugʻorish suv quvuri tizimi, irrigatsiya novlari va tashki yoritish qurilmalarini hisobga olgan holda obodonlashtirilishi va koʻkalamzorlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi aeroport kompleksi obyektlari va avtomobil yoʻllarining tasdiqlanadigan bosh rejalariga muvofiq Qorasuv kanalining yangi oʻzani loyihalashtirilishi va uning koʻchirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi loyihani amalga oshirish davrida — ushbu qarorning tegishli ravishda 14-va 15-bandlarida koʻrsatilgan tadbirlarni bajarishga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining mahalliy budjeti parametrlarida belgilangan tartibda mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 1166-F-sonli Farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Toshkent-Sharkiy” aerodromi negizida fuqaro (ish) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3104-sonli qaroriga ushbu qarorning ilovasiga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3456-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3456-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasining zamonaviy aeroporti kompleksini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3104-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kapital qurilish direksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “OʻzshaharsozlikLITI” DUK” soʻzlari “Boshtransloyiha” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “Trest 12” MCHJ” soʻzlari “maxsus pudrat tashkilotlarini, shu jumladan xorijiy tashkilotlarni jalb qilgan holda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqishni moliyalashtirish qismida — tijorat banklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari, xorijiy moliya institutlarining qarzlari, shuningdek, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari moliyalashtirish manbalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Belgilansinki, loyiha doirasida tijorat banklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari, xorijiy moliya institutlarining qarzlari boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish va foizlar hamda vositachilik haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlari doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ uchun har yili nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 7-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning oʻzida ishlab chiqqan holda, qurilish-montaj ishlarini, shuningdek, “Toshkent mexanika zavodi” AJdan aeroport kompleksigacha boʻlgan avtomobil yoʻli uchastkasini rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatining Qibray va Yuqorichirchiq tumanlarini Toshkent shahri bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻlini koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar bilan birga qurish, Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Maxtumquli koʻchasi kesishmasida yoʻl oʻtkazgichni, tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, Qorasuv kanalining oʻzanini koʻchirish ishlarini 2019-yil 1-noyabrga qadar amalga oshirishga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “ruxsat berilsin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“loyihaning toʻgʻrilangan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda import shartnomalari, shuningdek, mahalliy pudrat va yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha moliyalashtirishni ochishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan maxsus transport vositalari, avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskunalar va instrumentlar, butlovchi buyumlar, uzellar va asbob-uskunalarni davriy bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq loyihani amalga oshirish va kafolat muddati davrida joylashtirishga ruxsat berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 8-bandning beshinchi xatboshisi “orttiriladigan” soʻzidan keyin “va beriladigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 11 — 13 bandlardagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK” soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2018-y., 07/20/3456/0946-son)