17.11.2017 yildagi PQ-3394-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanining taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga, bu yoʻlda bor bilimi va salohiyatini safarbar etishga qodir boʻlgan, sogʻlom, barkamol rivojlangan, maqsad sari intiluvchi, gʻayratli yosh avlodni tarbiyalash — biz uchun eng muhim masaladir. Jamiyat hayotida hal qiluvchi kuch boʻlib shakllanib kelayotgan bunday yoshlarimiz qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan farzandlarimizning mustahkam oʻrni borligini alohida taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini Qurolli Kuchlar tizimida joriy qilish orqali yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash jarayonlariga jalb etish, ularning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash, maʼnaviy, kasbiy saviyasini yuksaltirish hamda intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlardan ularning ham unumli foydalanishlari uchun zamin yaratish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tuzilib, unga Dasturdagi tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash boʻyicha vazifalar yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa daxldor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda koʻrsatilgan chora-tadbirlarning yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va harbiy tuzilmalari, Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari harbiy qism, boʻlinma, muassasalari (bundan buyon matnda — harbiy qism deb yuritiladi) va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi va hamkorlik tizimi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlarining faoliyati samarali tashkil etilishini komandir (boshliq) larning harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boʻyicha (kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha) oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining harbiy qismdagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi lavozimiga saylangan harbiy xizmatchi oʻz faoliyatini jamoatchilik faoliyati sifatida olib borishi va u komandir (boshliq)ning harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boʻyicha (kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha) oʻrinbosarning yordamchisi deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi ikki oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda harbiy qismlardagi boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi va hududiy kengashlari apparatlarida alohida boʻlimlarni tashkil etish va mazkur boʻlimlarga ofitserlar tarkibiga mansub tajribali kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni jalb etish masalasini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi ikki oy muddatda har yili respublika oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻrnatilgan davlat grantlari va kvotalariga qoʻshimcha ravishda har bir harbiy qismdan yuqori natijalari, faolligi, shijoati bilan alohida ajralib turgan bir nafardan yoshlarni harbiy qism qoʻmondonligi (rahbariyati) va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining harbiy qismdagi boshlangʻich tashkilotlari tavsiyasiga koʻra respublika oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish tizimini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga kuch tuzilmalarida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi, daxldor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3394-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Moliyalashtirish manbalari

Javobgar ijrochilar

1.

Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy qismlari, boʻlinmalari, muassasalarida, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari va harbiy tuzilmalarida, Ichki ishlar vazirligi qoʻriqlash qoʻshinlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari toʻgʻrisida Namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hamkorlikdagi (qoʻshma) qaror

2017-yil

20-dekabr

-

Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi                (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati
(R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi
(K. Kuranbayev)

2.

Xizmat yoʻnalishi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kuch tuzilmalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni Namunaviy nizom asosida ishlab chiqish va tasdiqlash

Hamkorlikdagi (qoʻshma) qaror

2018-yil

20-fevral

-

3.

Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini chuqur anglaydigan, tugʻma yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega 35 yoshgacha boʻlgan harbiy qism ofitserlari orasidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini saylash

Umumiy (hisobot-saylov) yigʻilish oʻtkazish

2018-yil

20-mart

-

4.

Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy qismlari, boʻlinmalari, muassasalarida, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari va harbiy tuzilmalarida, Ichki ishlar vazirligi qoʻriqlash qoʻshinlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari va masʼul xodimlari uchun oʻquv seminar tashkil etish va oʻtkazish 

Qoʻshma qaror va tashkiliy-huquqiy hujjatlar

2018-yil

2 chorak

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy)

5.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi huzurida harbiy qismlarda boshlangʻich tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish maqsadida Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya,  Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatlari, chegara qoʻshinlari va Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari boshqaruv apparatining masʼul xodimlari, shuningdek, Yoshlar ittifoqi hududiy boʻlinmalarining mazkur yoʻnalishga masʼul boʻlgan shaxslaridan iborat boʻlgan Respublika birlashgan shtabini tashkil etish va faoliyatini taʼminlash

Qoʻshma qaror

2018-yil

2 chorak

-

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlari faoliyati sohalari rahbarlari ishtirokida yosh harbiy xizmatchilar bilan muntazam ravishda ochiq muloqotlar oʻtkazish

Idoraviy hujjatlar

Yil davomida

-

7.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qismdagi boshlangʻich tashkilotlari tomonidan yuqori natijalar, faollik va tashabbuskorligi bilan ajralib chiqqan yosh harbiy xizmatchilar nomzodini “Kelajak bunyodkori” medali, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti va “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash uchun taqdim etish tizimini ishlab chiqish va joriy etish

Qoʻshma qaror va tashkiliy-huquqiy hujjatlar

Alohida reja boʻyicha

-

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy)

8.

Turmush oʻrtoqlardan bittasi harbiy qismlarda oʻz sohasida samarali faoliyat olib borayotgan va mamlakat mudofaasini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan yosh harbiy xizmatchilar oilalariga hududlarda barpo etilayotgan Yoshlar uylaridan har bir hududdan ikkita kvartira ajratish tizimini ishlab chiqish va joriy etish

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

2 chorak

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlaridan

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimiyatlari

9.

Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, chegara qoʻshinlari va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy tuzilmalari, Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi harbiy qism, boʻlinmalar va muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini yuqori lavozimlarga tayinlash kadrlar zaxirasiga kiritish tizimini tashkil etish

Idoraviy hujjatlar

Muntazam

-

Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati
(R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy)

10.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasiga binoan “Temurbeklar maktabi”ning eng yaxshi oʻquvchilarini Oliy harbiy taʼlim muassasalariga imtihonsiz qabul qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

2 chorak

-

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim markazi (M. Xolmuxamedov),

Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati
(R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy)

11.

Yoshlar oʻrtasida profilaktika va targʻibot-tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish, ularning diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalizm va missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida harbiy qismlardagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari uchun qisqa muddatli kurslarni tashkil etish va oʻtkazish

Chora-tadbirlar dasturi

Muntazam

(Doimiy)

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (O. Yusupov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov), Toshkent Islom universiteti (R. Abdullayev)

12.

Harbiy qismlar kutubxonalarini “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida nashr etilgan milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari toʻplami bilan taʼminlash, shuningdek harbiy xizmatchilarning kitob oʻqishga qiziqishini kuchaytirish

Chora-tadbirlar dasturi

Muntazam

(Doimiy)

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy)

13.

Harbiy qismlardagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlarini binolar, zarur mebellar, moddiy-texnik va boshqa vositalar bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish

Idoraviy hujjatlar

2018-yil

20-mart

Ijrochilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R. Djurayev), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Yusupov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy)

14.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlarini tarbiyaviy yoʻnalishdagi tegishli oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali targʻibot materiallari bilan taʼminlash

Idoraviy hujjatlar

Muntazam

(Doimiy)

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha Respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi  —  Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

4.

A.A. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

5.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

6.

R.M. Djurayev

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri

7.

B.X. Tashmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni

8.

R.S. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

9.

M.V. Toxiriy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

10.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

11.

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

12.

G.K. Saidova

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

13.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

14.

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

15.

M.M. Xolmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari  —  Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim markazi direktori

16.

M.B Nurmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi

17.

O.O. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

18.

A.K. Kadirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

19.

Lavozim boʻyicha

 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, ishchi guruh tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan (saylangan) shaxslar kiritiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari va harbiy tuzilmalari, Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari harbiy qism, boʻlinma, muassasalari va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI VA HAMKORLIK TIZIMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi tegishli lavozimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** boshlangʻich tashkilot yetakchisi va tegishli yoʻnalishlar ilgʻorlari oʻz faoliyatlarini jamoatchilik faoliyati sifatida amalga oshiradilar