23.02.2018 yildagi PQ-3558-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada urugʻlik kartoshkasini yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish, kartoshkachilikni yanada rivojlantirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish uchun zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni jalb etish, sifatli urugʻliklarning kafolatlangan hajmi hisobiga ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash, kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish, shuningdek, respublika aholisining kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK va “Agrover” MCHJ hamda boshqa tadbirkorlik subyektlarining Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada xorijiy texnologiyalar asosida mahalliy kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish, yuqori mahsuldor kartoshka urugʻlarini yetishtirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartoshka mahsulotlari va urugʻlari yetishtirishni taʼminlash, ichki bozorni sifatli kartoshka bilan toʻldirish maqsadida bozor konyunkturasini chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarining yer maydonlariga joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yoʻnalishda ish olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navlarning tozaligi va urugʻlik materialining tasdiqlangan standartlar talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida kartoshka urugʻchiligi hududiy markazlari, ixtisoslashtirilgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, kartoshka urugʻchiligi bilan shugʻullanuvchi boshqa subyektlar faoliyati monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasini ekish, yetishtirish va parvarishlash agrotexnikasi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, shuningdek yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olish va saqlash boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartoshkachilik sohasida ilmiy yutuqlarni, serhosil navlarni, yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermerlar malakasini tizimli ravishda oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada urugʻlik kartoshka va oziq-ovqat kartoshkasi yetishtirishning prognoz hajmlari boʻyicha takliflar tayyorlash, urugʻlik kartoshka yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasini yetishtirish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, yoqilgʻi-energetika, suv va yer resurslari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan taʼminlash masalalarida koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrover” MCHJ, “Oʻsimliklar texnologiyasi” MCHJ, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy kartoshkachilik markazlari, shuningdek, kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari Uyushma muassislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil kirishi va uning tarkibidan chiqishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma quyidagi manzilda joylashtiriladi: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sanoat zonasi, Soʻgʻdiyona koʻchasi, 50-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 20 nafardan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tiidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari taʼsischilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Uyushmaning Ustavi va taʼsis hujjatini ishlab chiqish hamda ularni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalarida kartoshkachilik markazlari va ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018-yilda bugʻdoy oʻrim-yigʻimidan keyin asosiy va boʻshaydigan maydonlarga urugʻlik va oziq-ovqatbop kartoshka yetishtirish uchun joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil hosili uchun import boʻyicha olib kelinadigan urugʻlik kartoshka hajmlarining tashkilotlar va viloyatlar boʻyicha taqsimlanishi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida ekishni tashkil etish, shuningdek, ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklariga kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hamda 2018-yil hosili uchun urugʻlik kartoshka olib keluvchi jalb etilgan tashkilotlarga imtiyozli stavkalarda kredit mablagʻlari ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda fermer xoʻjaliklari boʻyicha urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasi hajmlarini joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-martga qadar urugʻlik kartoshka yetkazib beruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga dastlabki toʻlovni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqib, Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumani, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanlari, Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyatining Bulungʻur tumani, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hamda Fargʻona viloyatining Soʻx tumani urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada urugʻlik kartoshka yetishtirish faqat urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan va Uyushmaga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun yer maydonlarini aprobatsiya qilish va urugʻlarning navini aniqlash faqat Uyushma, Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash va sifatini nazorat qilish davlat markazi va kartoshkachilik hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish Uyushma tarkibiga kiruvchi kartoshkachilik hududiy markazlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari kartoshkachilik markazlarini tashkil etish maqsadida ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaga aʼzo boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga laboratoriyalar, issiqxonalar, sabzavot omborlari, shuningdek, ochiq usulda kartoshka ekish uchun togʻli hududlarda unumdor yerlar qurilishini amalga oshirish uchun zarur maydonlar ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq-iqlim sharoitlari va suv resurslari bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib, togʻli va togʻoldi hududlaridagi yer maydonlarida urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini tashkil etishni, shuningdek, mavjud fermer xoʻjaliklarini qayta ixtisoslashtirishni; kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini qayta ixtisoslashtirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan kartoshkachilik markazlarining joylarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma va mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Agrover” MCHJning 2018-yilda tajriba-sinov loyihasi sifatida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasi yetishtirishga ixtisoslashgan, Uyushma aʼzolari uchun shartnoma asosida tayyor mahsulot yetishtirishga buyurtmalarni joylashtiradigan, shuningdek, agrotexnika va agrokimyo, logistika, saqlash, qadoqlash va tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadigan “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanini kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha tajriba loyihasini qisqa muddatlarda amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda “Agrover” MCHJning buyurtmanomasi asosida “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ hamda fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish uchun Boʻstonliq tumani hududidan kamida 3 000 gektar yer maydonlarini ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJni tashkil etish boʻyicha qurilish va qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2019-yillar davrida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan yer maydonlarida irrigatsiya, melioratsiya va sugʻorish tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda ichki bozor ehtiyojlarini qondirish maqsadida yuqori mahsuldor kartoshka urugʻlarini yetishtirishni rivojlantirishga qaratilgan 2018 — 2022-yillarda respublikada urugʻchilikni rivojlantirish va kartoshka yetishtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida respublikada yuqori mahsuldor kartoshka urugʻlarini yetishtirishni rivojlantirish uchun zarur mablagʻlar miqdori va ularni Uyushmaga aʼzo tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi, tijorat banklari tomonidan jalb etiladigan kredit mablagʻlari, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublikada kartoshkachilik va urugʻchilikni yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Uyushma tarkibida tashkil etiladigan kartoshkachilik markazlari 2022-yil 1-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tomchilatib, yomgʻirlatib va sprinklerlatib sugʻorish tizimi asbob-uskunalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlari, urugʻlik kartoshka, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va materiallari, kimyoviy reagentlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalar, maxsus mineral oʻgʻitlar, shuningdek kartoshkani tashish, qadoqlash, qayta ishlash, saralash uchun issiqxona komplekslari, muzlatgichlar va boshqa omborxonalar qurish uchun asbob-uskunalar, materiallar va qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) 5-ilovaga muvofiq ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Belgilansinki, ushbu qarorning 4 va 5-ilovalarida koʻrsatilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan soliq va bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3558-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMA

* Yangi tashkil etilayotgan tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Z.T. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Sh.J. Teshayev

—

Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Ilmiy-ishlab chiqarish markazi rahbari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

T.A. Jalilov

—

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi

4.

S.S. Xodjayev

—

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

5.

J. Xodjayev

—

tashqi savdo vaziri

6.

lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

7.

A.X. Abdullayev

—

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

8.

A.E. Ravshanov

—

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

9.

Sh.X. Atabayev

—

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

10.

I.M. Qurbonov

—

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi rahbari

11.

I.K. Ergashev

—

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi

12.

Z.O. Fayziyev

—

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi

13.

R. Hakimov

—

Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

14.

U.A. Axunov

—

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqaruvi raisi

15.

M.Yu. Fayziyev

—

“Oʻzneftmahsulot” AJ boshqaruvi raisi

16.

A.O. Amanov

—

Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

17.

B.A. Xodjayev

—

“Agrover” MCHJ direktori

18.

lavozimi boʻyicha

—

tijorat banklari rahbarlari

17.

lavozimi boʻyicha

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga
4-ILOVA

Tashkilotlar nomi

Jami ekin maydoni, gektar*

shu jumladan:

Import boʻyicha olib kelinadigan urugʻlik kartoshkaning jami hajmi, tonna

shu jumladan:

asosiy ekish*

qayta ekish*

Elita

I reproduksiya

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

“Agro gold impeks” MCHJ

2 531

1 822

709

1 000

-

1 000

Jami:

2 531

1822

709

1 000

-

1000

Andijon viloyati

“Agrover” MCHJ

5 535

3 200

2 335

3 000

800

-

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari

-

2 200

Jami:

5 535

3 200

2 335

3 000

800

2 200

Buxoro viloyati

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari

1 100

1 100

-

1 000

-

1 000

Jami:

1 100

1 100

-

1 000

-

1 000

Jizzax viloyati

“Agrover” MCHJ

3 873

3 000

873

2 350

350

-

“AGRO TAYYORLOV” MCHJ

-

2 000

Jami:

3 873

3 000

873

2 350

350

2 000

Qashqadaryo viloyati

“Agrover” MCHJ

6 000

3 400

2 600

2 250

250

-

“Imkon Agro” MCHJ

-

2 000

Jami:

6 000

3 400

2 600

2 250

250

2 000

Navoiy viloyati

Jami:

833

600

233

-

-

-

Namangan viloyati

“Agrover” MCHJ

4 113

2 700

1 413

4 000

1 000

-

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari

-

1 000

“Imkon Agro” MCHJ

-

1 000

“Virgo Biznes” MCHJ

-

1 000

Jami:

4 113

2 700

1 413

4 000

1 000

3 000

Samarqand viloyati

“Agrover” MCHJ

14 045

7 350

6 695

6 600

1 600

-

“Maroqand meva-sabzavot” MCHJ

5 000

-

Jami:

14 045

7 350

6 695

6 600

6 600

-

Surxondaryo viloyati

Jami:

2 401

2 000

401

-

-

-

Sirdaryo viloyati

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari

1 750

1 000

750

1 000

-

1 000

Jami:

1 750

1 000

750

1 000

-

1 111

Toshkent viloyati

“Agrover” MCHJ

20 994

7 150

13 844

14 800

4 000

-

“Agrover plyus” MCHJ

2 500

-

“Tagro” MCHJ

1 000

-

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari

-

1 300

“LAVR FARM” MCHJ

-

2 000

“lmkon Agro” MCHJ

-

1 000

“Virgo Biznes” MCHJ

-

3000

Jami:

20 994

7 150

13 844

14 800

7 500

7 300

Fargʻona viloyati

“Agrover” MCHJ

8 400

3 000

5 400

3 000

500

-

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalari

-

1 500

“Virgo Biznes” MCHJ

-

1 000

Jami:

8 400

3 000

5 400

3 000

500

2 500

Xorazm viloyati

“Agro gold impeks” MCHJ

2 600

2 400

200

1 000

-

1 000

Jami:

2 600

2 400

200

1 000

-

1 000

Respublika boʻyicha jami:

74 175

38 722

35 453

40 000

17 000

23 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ekin maydonlari hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2017-yildagi PQ-3281-son qaroriga muvofiq belgilangan, shu jumladan import boʻyicha olib kelinadigan elita va I reproduksiya urugʻlarini joylashtirish maydonlari hajmi kartoshkachilikka ixtisoslashgan tumanlarda 11,4 ming gektarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tomchilatib, yomgʻirlatib va sprinkler bilan sugʻorish tizimlari asbob-uskunalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlari, urugʻlik kartoshka, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va materiallari, kimyoviy reagentlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalar, maxsus mineral oʻgʻitlar, shuningdek issiqxona komplekslari, muzlatgichlar va kartoshkani tashish, qayta ishlash, saralash uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilingan holda olib kiriladigan boshqa omborlar qurish uchun asbob-uskunalar, materiallar va qurilish materiallari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Oʻlchov birligi

Soni

TIF TN kodi**

1.

Urugʻlik kartoshka

tn

50 000

0701 10 000 0

2.

Pushta hosil qiluvchi freza

dona

30

8432 29 900 0

3.

Turli tuproq frezalari (uzluksiz va qator oralariga ishlov berish)

dona

20

8432 29 500 0

4.

Pushtaolgich-Tor hosil qiluvchi

dona

30

8432 29 900 0

5.

Tizma hosil qiluvchi (katta tizma hosil qilish uchun)

dona

10

8432 10 000 0

6.

Kartoshka ekish mashinasi

dona

15

8432 39 900 0

7.

Botvoyqatlagich, jatka

dona

20

8433 20 500 0

8.

Bunkerli ikki qatorli tirkamali kartoshka terish kombayni

dona

20

8433 53 100 0

9.

Bunkersiz ikki qatorli tirkalma kartoshka kovlagich

dona

30

8433 53 100 0

10.

Bunkersiz ikki qatorli osma kartoshka kovlagich

dona

30

8433 53 100 0

11.

Qator oralariga oʻgʻit solib ishlov berish uchun kultivator

dona

40

8432 29 100 0

12.

Shtangani 24-36 m boʻlgan tirkama purkagich, sigʻimi 2000-3000 l

dona

20

8424 82 990 0

13.

Shtangani 15-24 m boʻlgan, sigʻimi 700-1000 l boʻlgan osma purkagich

dona

10

8424 82 990 0

14.

Toʻrt (3+1) va besh korpusli (4+1) aylanma plug

dona

30

8432 10 000 0

15.

Olti korpusli aylanma plug (5+1)

dona

30

8432 10 000 0

16.

Qamrash kengligi 3.0 m va undan yuqori boʻlgan ekishdan oldingi kultivator

dona

30

8432 29 100 0

17.

Kombinatsiyalangan ekish oldi borona

dona

30

8432 29 300 0

18.

Diskli boronalar (tuproqqa ishlov beradigan diskli agregatlar)

dona

30

8432 21 000 0

19.

Chuquryumshatkichlar

dona

20

8432 29 100 0

20.

Aniq ekish seyalkalari

dona

20

8432 39 110 0

21.

Boshqa seyalkalar

dona

20

8432 39 190 0

22.

Turli xil seyalkalar (kartoshka, sarimsoqpiyozning kichik tuganaklari, ekish dastasi)

dona

10

8432 39 900 0

23.

Organik oʻgʻitlarni sochgichlar va taqsimlagichlar

dona

10

8432 41 000 0

24.

Noorganik (mineral) oʻgʻitlarni sochgichlar va taqsimlagichlar

dona

40

8432 42 000 0

25.

Tuproqni ajratuvchi manina (tosh tozalagich)

dona

10

8432 80 000 0

26.

Traktor, osma yoki tirkama oʻroq mashinalari

dona

20

8433 20 500 0

27.

Dvigatelining quvvati 37 kVt dan ortiq, lekin 75 kVt dan ortiq boʻlmagan qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlar

dona

50

8701 93 100 0

28.

Dvigatelining quvvati 75 kVt dan ortiq, lekin 130 kVt dan ortiq boʻlmagan qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlar

dona

80

8701 94 100 9

29.

Dvigatel quvvati 130 kVt dan ortiq boʻlgan qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlar

dona

20

8701 95 100 9

30.

Qatorlar orasiga ishlov beruvchi gʻildiraklar

dona

60

8708 70 990 9

31.

Yuklarni tashish uchun transport vositalarining shinalari

dona

500

4011 20 900 0

32.

Qishloq xoʻjaligi transport vositalari va mashinalari uchun shinalar

dona

1 000

4011 70 000 0

33.

Qishloq xoʻjaligi samosval yarim tirkamasi (yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnagacha)

dona

40

8716 20 000 0

34.

Qishloq xoʻjaligi samosval yarim tirkamasi (yuk koʻtarish qobiliyati 14 tonnagacha)

dona

40

8716 20 000 0

35.

Qishloq xoʻjaligi samosval yarim tirkamasi (yuk koʻtarish qobiliyati 20 tonnagacha)

dona

20

8716 20 000 0

36.

Yarim tirkama (transportyorli yuk tushirgich bilan)

dona

10

8716 20 000 0

37.

Kartoshka qutilarini tashish uchun yarim tirkama platformasi

dona

20

8716 40 000 0

38.

YaraLiva Nitrabor (kalsiy nitrat + bor) yoki analogi

kg

500 000

3102 60 000 0

39.

KRISTA SOP (kaliy sulfat) yoki analogi

kg

120 000

3104 30 000 0

40.

KRISTA MKR (Monokaliy fosfat) yoki analogi

kg

50 000

2835 24 000 0

41.

Kristalon 18-18-18 Spesial (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analog

kg

50 000

3105 20 100 0

42.

YaraVita Kombiphos (Suyuq mineral oʻgʻit NPK) yoki uning analogi

l

50 000

3105 10 000 0

43.

YaraMila Somplex 12-11-18 (Kompleks granulalangan NPK oʻgʻit) yoki uning analogi

kg

250 000

3105 20 000 0

44.

Kristalon Spesial 20-20-20 (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analogi

kg

50 000

3105 20 000 0

45.

Kristalon 12+12+36 Red (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analog

kg

50 000

3105 20 000 0

46.

Kristalon 13+40+13 Yellow (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki analog

kg

50 000

3105 20 000 0

47.

Folisare 10-5-40 (Suvda eriydigan NPK oʻgʻit) yoki uning analogi

kg

50 000

3105 20 000 0

48.

A-Imazalil (imazalil) urugʻlarni dorilovchi yoki analog

l

100 000

3808 92 500 0

49.

Selest Top 31,25% sus.k. (thiametoxam + fludioxonil + difenosonazole) zaharlovchi yoki analog

l

100 000

3808 91 900 0

50.

Prokleym 5% s.d.g. (emamestin benzoate) insektitsidlar yoki analogi

kg

40 000

3808 91 900 0

51.

Gezagard 50% s.k. (prometryn) gerbitsidlari yoki analogi

l

100 000

3808 93 130 0

52.

Zenkor Ultra (methribuzin) gerbitsidlari yoki analogi

l

20 000

3808 93 130 0

53.

Fors 1,5% G. (teflithrin) tuproq insektitsidi yoki analogi

kg

500 000

3808 91 100 0

54.

Karate 5% em.k. (lambda-syhalothrin) isektitsid yoki analogi

l

20 000

3808 91 100 0

55.

Detsis 2,5% em.k. (deltamethrin) insektitsidi yoki analogi

l

20 000

3808 91 100 0

56.

Koragen (chlorantraniliprole) insektitsid yoki analogi

0

2 500

3808 91 900 0

57.

Ridomil Gold MS 68% s.d.g. (mansozeb + metalaxylM) fungitsid yoki analogi

kg

50 000

3808 92 900 0

58.

Kurzat R (sopper oxychloride + symoxanil) fungitsid yoki analogi

kg

25 000

3808 92 100 0

59.

Izabyon (ishlab chiqaruvchi Syngenta Agro, Shveysariya) biostimulyator yoki analogi

l

50 000

3105 90 800 0

60.

Reglon Super 15% s.e. (dikvat) desikant yoki analogi

l

50 000

3808 93 270 0

61.

Aksial 50% em.k. (pinoxaden + sloquintoset mexyl) gerbitsid yoki analogi

l

50 000

3808 93 270 0

62.

Derbi 17,5% sus.k. (flumetsulam + florasulam) gerbitsid yoki analogi

l

25 000

3808 93 270 0

63.

Moddus 25% em.k. (trinexapas-ethyl) oʻsish regulatori yoki analogi

l

4 000

3808 93 900 0

64.

Sprinkler sugʻorish tizimlari, doiraviy, frontal, barabanli yomgʻirlatish qurilmalari komplektda

ga

6 000

8424 49 100 0

65.

1000 gektargacha boʻlgan komplektdagi sugʻorish tizimlari va qurilmalari

ga

5 000

8424 82 100 0

66.

Kartoshka saqlash uchun maxsus qutilar (yogʻoch) qismlarga ajratilgan holda

dona

125 000

4415 10 1000

67.

Yogʻoch uchun poliuretan yelimi (yogʻoch quti bilan komplektda)

kg

15 000

3506 10 000 0

68.

Poʻlat burchaklarni mahkamlash (yogʻoch quti bilan komplektda)

kg

100 000

7326 90 980 7

69.

Burama mixlar (qutilarni yigʻishda burchaklarni mahkamlash uchun)

kg

23 000

7318 12 1000

70.

Rulonlarga ruxlangan mixlar (yogʻoch qutilarni yigʻish uchun)

kg

60 000

7317 00 200 0

71.

Sabzavot omborining seksiyali yoki qiya darvozasi

dona

200

7308 30 000 0

72.

Gofrlangan (qovurgʻasimon) listdan tayyorlangan olovbardosh (G1) penopoliizotsianurat (PIR) dan yuqori issiqlik izolyatsiyasiga ega panellar

kv. m

160 000

7308 90 510 0

73.

Saqlash hajmi bilan komplektda sabzavot omborining yigʻma konstruksiyalari 10000 tn

toʻplam

7

9406 90 390 9

74.

Sabzavotlarni saqlash uchun karkasli metall konstruksiyalar 10000 tonna saqlash komplektida

toʻplam

8

7308 90 980 9

75.

Avtomatlashtirilgan qadoqlash uchun qadoqlash materiali

t.m

500 000

3921 90 600 0

76.

Avtomatlashtirilgan qadoqlash uchun oʻrama toʻrli material

oʻram

5 000

6305 33 100 1

77.

Yuklagichga oʻrnatiladigan yashiklar agʻdargichi

dona

40

8431 20 000 0

78.

Suv tayyorlash uchun rezervuarlar

dona

12

7309 00 510 0

79.

Issiqxonalar uchun qozon uskunalari komplektda

toʻplam

2

8403 10 900 0

80.

Mikrofotosuratga olish, mikrokinotasvirga olish va mikroproyeksiyalash uchun optik mikroskoplar

dona

4

9011 20 900 0

81.

Issiqxonalar uchun maxsus yoritgichlar (oʻsimliklarni oʻstirish uchun yoritgich)

dona

3 000

9405 10 980 9

82.

2 ga kompleksdagi issiqxona

toʻplam

2

9406 90 310 0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Imtiyozlar yangidan tashkil etilayotgan kartoshkachilik markazlariga — Uyushma aʼzolariga Uyushma tomonidan tasdiqlangan loyihalarga muvofiq taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Tovarlarning TIF TN boʻyicha yakuniy kodlari bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlanadi.