O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ovqatlantirish, uy-joy bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish va majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha autsorserlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-avgust,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshiga “Davlat xavfsizlik xizmatiga,” so‘zlaridan keyin “Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markaziga” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshiga “Davlat xavfsizlik xizmati,” so‘zlaridan keyin “Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 42-bandning ikkinchi xatboshiga “Davlat xavfsizlik xizmati,” so‘zlaridan keyin “Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 352-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/352/0444-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan umumfuqaro foydalanishidagi bo‘shayotgan mol-mulklar, shuningdek, avtomobil va maxsus texnikalarni sotishdan olingan pul mablag‘lari to‘liq miqdorda Mudofaa vazirligining ixtiyorida qoladi va maqsadli ravishda Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentabrdagi 505-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 653-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent va Markaziy harbiy okruglarining ayrim harbiy shaharchalarining infrastrukturasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Rejasi I bo‘limi rus tilidagi matni 12 pozitsiyasining “Moliyalashtirish manbalari” grafasiga “Dopolnitelnie istochniki mestnogo budjeta xokimiyata Djizakskoy oblasti” so‘zlaridan keyin “, vnebudjetnie sredstva Ministerstva oboroni i inie istochniki, ne zapreщennie zakonodatelstvom” so‘zlari qo‘shilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/352/0444-son)