30.07.2020 yildagi 458-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qo‘shayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini e’tirof etgan holda hamda kirib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son va “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-apreldagi PQ-4695-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-iyuldagi 446-son qarorlari bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari, shu jumladan tez tibbiy yordam xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoniga muvofiq tez tibbiy yordam xodimlarini bir martalik moddiy rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 100 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni muvofiqlashtirish jamg‘armasida (bundan buyon ― Jamg‘arma) jamlanadi;