29.07.2020 yildagi PQ-4791-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, aholi uchun elektr taʼminoti barqarorligini yanada oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4563-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020 — 2023-yillarda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish yuzasidan Jahon banki bilan dastlabki kelishuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 1 400 MVA boʻlgan 500/220/10 kV kuchlanishli, yillik elektr energiyasini taqsimlovchi zamonaviy energiya tejamkor nimstansiya qurilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy uzunligi 410 km, jumladan 322 km uzunlikdagi 220 kV va 88 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskuna va materiallar xarid qilish, shuningdek qurilish-pudrat ishlarini amalga oshirish uchun xalqaro tender savdolari oʻtkaziladigan paket va lotlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda loyiha doirasida elektr energetika obyektlarini qurish uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, “Paxtazor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, mazkur qarorning 3-bandiga muvofiq yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida elektr energetika obyektlarini qurishda yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlari, boy berilgan foyda xarajatlari hamda ularni baholash xarajatlari “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energetika vazirligi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda toʻrt oy muddatda loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlab, loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi va ular boʻyicha belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida loyihaning iqtisodiy samaradorligini taʼminlash nuqtai nazaridan uning qiymatini maqbullashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Energetika vazirligi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda loyihani amalga oshirish, jumladan uning moliyalashtirish manbalarini aniqlash yuzasidan xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralarni yakunlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda malakali xorijiy konsultantlar va mustaqil ekspertlarning tanlov asosida jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzakovga — loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarining jalb etilishi va oʻz vaqtida hamda samarali oʻzlashtirilishini, loyiha doirasida xalqaro tender savdolari sifatli oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, har oyda loyihaning amalga oshirilishi holati yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanovga — loyiha qiymatining maqbullashtirilishi, uning doirasida malakali xorijiy konsultantlar va ekspertlarning jalb qilinishi, qurilish-pudrat ishlari tizimli nazorat qilinishini taʼminlash, shuningdek, loyiha doirasida bajarilgan ishlarni doimiy tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatovga — loyihani amalga oshirish uchun zarur yer maydonlarini oʻz vaqtida ajratish, ular egalarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini toʻliq taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi D.A. Isakulovga — loyiha hujjatlari puxta ishlab chiqilishi, qurilish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4791-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyuldagi PQ-4791-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

Ijro uchun

Nazorat uchun

1.

Jahon banki talabiga asosan ekologik baholash hisobotini ishlab chiqish va Jahon banki bilan kelishish.

1. Hisobot ishlab chiquvchi konsalting tashkilotini aniqlash.

2. Tayinlangan konsalting tashkiloti tomonidan hisobotning ishlab chiqilishini taʼminlash.

2020-yil sentabr

2020-yil sentabr — noyabr

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, (D. Isaqulov) Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev)

Energetika vazirligi (A. Sultanov)

2.

Loyihani amalga oshirish uchun tanlangan yer maydonining ajratilishini taʼminlash.

1. Dastlabki loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

2. Loyihalashtiruvchi tashkilot bilan kelishgan xolda Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, shuningdek, tegishli tuman hokimliklari tomonidan yer maydoni ajratilishini taʼminlash.

3. “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyihalash instituti Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududiy boʻlinmalari bilan shartnomani tuzgan holda tayanch ustunlari uchun vaqtinchalik va doimiy yerlarni aniqlash.

4. “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyihalash instituti Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududiy boʻlinmalari tomonidan hisoblangan kompensatsiyalarni toʻlash.

2020-yil sentabr

2020-yil sentabr



2020-yil avgust —
noyabr


2021-yil davomida

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov), Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev)

Energetika vazirligi

(A. Sultanov)

3.

Loyihaning geologik va topografik smeta hujjatlari hamda texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joylarda loyiha-qidiruv ishlarini bajarish va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Energetika vazirligi

(A. Sultanov)

4.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini vakolatli davlat organlari bilan kelishish.

Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan oʻtkazish.

2020-yil oktabr

Moliya vazirligi (O.Nasritdin-xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzakov), Energetika vazirligi (A. Sultanov)

5.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi asosida ishlab chiqilgan tender hujjatlarini mustaqil vakolatli tashkilotdan ekspertizadan oʻtkazish.

1. Tender oʻtkazishdan oldin tender hujjatlarini texnik jihatdan Energetika vazirligi huzuridagi hayʼatda koʻrib chiqish;

2. Tender hujjatlariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazidan xulosa olinishini taʼminlash hamda mustaqil konsalting kompaniyasidan ekspertizadan oʻtkazib xulosa olinishini taʼminlash.

2020-yil oktabr



2020-yil oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B. Abdinazarov)

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Energetika vazirligi

(A. Sultanov)

Iqtisodiytaraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov)

6.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan loyihaning texnik iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini vakolatli davlat organlariga kelishish uchun taqdim qilish.

2. Kelishilgan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil noyabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Vazirlar Mahkamasi (Sh. Samatov)

7.

Loyihani moliyalashtirish maqsadida Jahon banki bilan kredit shartnomasini tuzish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida Jahon banki bilan muzokaralar olib borish.

2. Loyihani moliyalashtirish taklifi Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi
va tasdiqlanishini taʼminlash.

3. Kredit va loyiha shartnomalarini tuzish.

4. Kredit va loyiha shartnomalarini oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2020-yil dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Sh. Vafayev), “Oʻzbekiston milliy elektr tarm?qlari” AJ (D. Isaqulov)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov)

8.

Loyihani toʻliq va mukammal amalga oshirishda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan investitsiya mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash.

1. Ishlab chiqilgan tarmoq jadvalini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishish va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlash.

2. Jahon banki kredit shartnomasi uchun yuridik xulosa olish va moliyalashtirishni ochish.

2021-yil yanvar

Energetika vazirligi (A.Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Sh. Vafayev), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Energetika vazirligi

(A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

9.

Loyihani boshqarish va amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida konsalting tashkilotini jalb qilish.

1. Loyihani boshqarish va uning amalga oshirilishini nazorat qilishga konsalting xizmatlarini jalb qilish boʻyicha tanlovning texnik vazifalarini ishlab chiqish.

2. Texnik vazifalarni Jahon banki va Xaridlar boʻyicha komissiya bilan kelishish.

3. Tanlov yuzasidan kelib tushgan takliflarni Xaridlar boʻyicha komissiya bilan oʻrganib chiqish va gʻolibni aniqlash.

4. Tanlov gʻolibi boʻlgan konsalting tashkiloti bilan muzokaralar olib borish va Jahon banki hamda tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda shartnoma tuzish.

5. Tuzilgan shartnomani oʻrnatilgan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Jahon banki roʻyxatidan oʻtkazish.

6. Shartnomaga asosan avans toʻlovini toʻlash.

7. Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan konsalting xizmatlaridan foydalanish va shartnomaga asosan toʻlovlarni amalga oshirish.

2021-yil sentabr











Loyihani amalga oshirish davrida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (O. Nasritdin-xodjayev),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Energetika vazirligi

(A.Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzakov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

10.

Loyihani tayyor holda foydalanishga topshirish maqsadida pudrat tashkilotini tanlash boʻyicha tender oʻtkazish.

1. Konsalting tashkiloti tomonidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Tender hujjatlari Jahon banki
va Xaridlar boʻyicha komissiya tomonidan tasdiqlanishini taʼminlash.

3. Loyihani tayyor holda foydalanishga topshirish maqsadida pudrat tashkilotini tanlash boʻyicha tender oʻtkazish.

4. Tender takliflarini ochish va baholash.

5. Jahon banki va Xaridlar boʻyicha komissiya bilan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash.

6. Aniqlangan gʻolib pudrat tashkiloti bilan muzokaralar olib borish va shartnomani tuzish.

7. Tuzilgan shartnomani oʻrnatilgan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Jahon banki roʻyxatidan oʻtkazish.

8. Shartnomaga asosan avans toʻlovini toʻlash.

2021-yil davomida va 2022-yil mart

Investitsiyalarva tashqi savdo vazirligi

(Sh. Vafayev) Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(D. Isaqulov)

Energetika vazirligi

(A.Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzakov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

11.

Pudrat tashkiloti tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan oʻz vaqtida qurilish-montaj ishlarini bajarish.

1. Pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishini taʼminlash.

2. Shu bilan birga uskunalar va materiallar yetkazib berish.

3. Loyiha obyektlarini foydalanishga topshirish maqsadida yakuniy sinov ishlarini amalga oshirish.

2022-yil davomida va 2023-yil iyun

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov)

Energetika vazirligi (A. Sultanov)

12.

Oʻrnatilgan tartibda loyihani yakunlash.

1. Loyiha obyektlarini foydalanishga topshirish maqsadida bajarilgan yakuniy sinov ishlarini qabul qilish.

2. Ishchi komissiya tomonidan loyiha yakunlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirish.

3. Davlat komissiyasi tomonidan loyiha yakunlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirish.

4. Loyihani foydalanishga topshirish.

2023-yil III va IV choraklar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov), vazirlik va idoralar

Energetika vazirligi

(A.Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzakov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyuldagi PQ-4791-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskuna va materiallar xarid qilish, shuningdek, qurilish-pudrat ishlarini amalga oshirish uchun xalqaro tender savdolari oʻtkaziladigan paket va lotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomlanishi

Soni

1-paket. Avtotransformatorlar sotib olish

1.

Quvvati 267 MVA boʻlgan avtotransformator

7 ta

2-paket. Elektr uskunalarini sotib olish

1.

220 kV li ajratgich

13 k-t.

2.

500 kV li ajratgich

7 k-t.

3.

220 kV li elegazli oʻchirgich

13 k-t.

4.

500 kV li elegazli oʻchirgich

7 k-t.

3-paket. Oʻlchov transformatorlarni sotib olish

1.

220 kV li tok transformatori

13 k-t.

2.

500 kV li tok transformatori

7 k-t.

3.

220 kV li kuchlanish transformatori

3 k-t.

4.

500 kV li kuchlanish transformatori

3 k-t.

4-paket. Reaktor va yuqori kuchlanishdan himoya uskunalarini sotib olish

1.

500 kVli reaktor

7 ta.

2.

220 kVli yuqori kuchlanishdan himoya uskunasi

2 k-t.

3.

500 kVli yuqori kuchlanishdan himoya uskunasi

2 k-t.

5-paket. 10 kVli yopiq taqsimlash qurilmasi va akkumulyator batareyalar sotib olish

1-lot

1.

10 kVli yuqori kuchlanishdan himoya uskunalari tarmogʻi uchun 10 kVli yopiq taqsimlash qurilmasi

7 k-t.

2-lot

2.

Akkumulyator batareyalar

2 k-t.

6-paket. Aloqa va rele himoya uskunalarini sotib olish

1-lot

1.

Rele himoya uskunalari

1 k-t.

2-lot

2.

Boshqaruv paneli, shkaflar, aloqa uskunalari va boshqalar

1 k-t.

7-paket. Nimstansiya uchun boshqa materiallar sotib olish

1-lot

1.

Sim va kabel mahsulotlari

1 k-t.

2-lot

2.

LSA, izolyatorlar, metall qurilmalar va boshqalar

1 k-t.

3-lot

3.

Nimstansiya uchun temir beton mahsulotlari vafundamentlar

1 k-t.

8-paket. Elektr uzatish tarmogʻi qurilishi uchun uskuna va materiallar sotib olinishi

1-lot

1.

500 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun sim va kabel mahsulotlari

88 km

2-lot

2.

220 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun sim va kabel mahsulotlari

322 km

3-lot

3.

500 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun tayanch ustunlar, metall konstruksiyalar va boshqalar

88 km

4-lot

4.

220 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun tayanch ustunlar, metall konstruksiyalar va boshqalar

322 km

5-lot

5.

500 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun temir beton mahsulotlari va fundamentlar

88 km

6-lot

6.

220 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun temir beton mahsulotlari vafundamentlar

322 km

7-lot

7.

500 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun LSA, izolyatorlar va boshqalar

88 km

8-lot

8.

220 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun LSA, izolyatorlar va boshqalar

322 km

9-paket. Pudratchi tashkilot aniqlash

1-lot

1.

220 kVli elektr uzatish tarmogʻi qurilish montaj ishlari

88 km

2-lot

2.

500 kVli elektr uzatish tarmogʻi qurilish montaj ishlari

322 km

3-lot

3.

Nimstansiya qurilish-montaj ishlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Paketlar va lotlar qiymati loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi va ular boʻyicha belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishi natijasida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Mazkur jadvalga loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 07/20/4791/1120-son)