1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy teleradioeshittirish tizimi yuz berayotgan voqea-hodisalarni yoritish jarayonida muhim oʻrin tutadi, uning faoliyati, birinchi navbatda, aholining keng qatlamlariga xolis axborotni oʻz vaqtida yetkazish, tashqaridan kirib kelayotgan notoʻgʻri, gʻarazli va boshqa buzgʻunchi axborot hamda mafkuraga nisbatan munosib munosabat bildirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, respublikada axborot eshittirishlari holatining tahlili teleradiokanallarning axborot xizmatlari salohiyatidan, eng avvalo, aholida faol fuqarolik pozitsiyasini va amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishda yetarlicha foydalanilmayotganligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori sifatli mediakontentni shakllantirishga yaxlit va tizimli yondashuvning mavjud emasligi efir vaqtining talabgir boʻlmagan axborot mahsulotlari bilan rasmiyatchilik yuzasidan toʻldirilishiga, auditoriya qamrovining torayishiga va aholi ishonchining pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vujudga kelgan vaziyat milliy axborot makonining koʻp hollarda ham mamlakat ichkarisida, ham uning tashqarisida yuz berayotgan voqealarni xolis yoritishni taʼminlamaydigan muqobil manbalar bilan toʻldirilishiga zamin yaratishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga xolis va ishonchli axborotni yetkazishni tashkil etish tizimini takomillashtirish, respublika mediamakonini mamlakatimizda va xorijda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohalarida yuz berayotgan muhim voqealarning tezkor yoritilishini taʼminlaydigan sifatli axborot-tahliliy mahsulotlar bilan boyitish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat unitar korxonasi shaklida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “Oʻzbekiston 24” milliy axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUK);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniyat va maʼrifat” telekanali” DUKning “Diyor” telekanali hamda “Toshkent” teleradiokanali” DUKning “Toshkent” radiokanalini tugatish va ularning teleradioeshittirish chastotalarini hamda boʻshayotgan shtat birliklarini “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUKga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangiliklar jurnalistikasining yangi formati asosida ichki va tashqi siyosatning dolzarb masalalari boʻyicha butun respublika hududida toʻgʻridan-toʻgʻri tunu kun axborot uzatilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng avvalo, aholining sifatli axborot mahsuloti olishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish hamda tashqaridan notoʻgʻri, gʻarazli va boshqa buzgʻunchi axborot hamda mafkura tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan mamlakatimizda va xorijda yuz berayotgan voqealarni oʻz vaqtida va ishonchli yoritish, ularga begʻaraz va xolis baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni yoritishda mediatexnologiyalar, zamonaviy standartlar va kreativ yondashuvlarni joriy etish orqali teledasturlarning yuksak professional va badiiy saviyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati masalalari boʻyicha xolis va prinsipial pozitsiyani hisobga olgan holda zamonaviy tendensiyalar, hodisalar va voqealarga oʻz vaqtida hamda munosib munosabat bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari masʼul rahbarlarining aholi bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, fuqarolarning hayotiy muhim muammolarini va joylardagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda hal etish uchun sharhlovchilar, ekspertlar hamjamiyati va akademik doiralar vakillarini keng jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUKning cheklangan shtat soni 251 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 10 nafardan iborat tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ushbu shtat birliklarining 80 tasi “Madaniyat va maʼrifat” telekanali” DUKning tugatilayotgan “Diyor” telekanali va “Toshkent” teleradiokanali” DUKning “Toshkent” radiokanalining boʻshayotgan shtat birliklari, 171 nafari esa Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi boshqa teleradiokanallari xodimlarining sonini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUK xodimlariga Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining boshqa teleradiokanallari xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUK butun respublika hududlari boʻylab tarqatiladigan raqamli teleeshittirishlarning umumfoydalaniladigan ijtimoiy paketi tarkibiga ikki formatda (SD va HD) kiritiladi, mazkur telekanalni HD formatda translyatsiya qilish esa respublikada telekoʻrsatuvlar toʻliq HD formatiga oʻtguniga qadar parallel ravishda “UzHD” telekanalida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda teleradioeshittirishning zamonaviy formatini yaratish maqsadida “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUK boshqa ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, eng avvalo, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Xalqaro press-klub bilan yaqin hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUKni xorijiy tillarni biladigan, yuklatilgan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir boʻlgan har tomonlama tayyorgarlikka ega malakali mutaxassislar bilan taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUK ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, uni davlat roʻyxatidan, shu jumladan ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUKning xorijdagi muxbirlik punktlarini tashkil etish masalasi boʻyicha asoslantirilgan takliflarni puxta ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUK va Xalqaro press-klub Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Toshkent shahar, Olmazor koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan “Oʻzbekiston MTRK Mediamarkazi” DUK binolar majmuasiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston MTRK Mediamarkazi” DUK binolar majmuasi Xalqaro press-klubning majlislari, konferensiyalari, seminarlari, “davra suhbatlari” va treninglarini, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʻtkazish joyi etib belgilansin hamda ularning oʻtkazilayotgan tadbirlarga belgilangan tartibda kirishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi teleradiokanallarining shtat sonini maqbullashtirish hisobidan tejalgan mablagʻlarni hisobga olgan holda Davlat budjetining ijtimoiy soha parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” DUKni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mazkur telekanal faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2944-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2944-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor
Badiiy kengash
Direktorning birinchi oʻrinbosari
Direktor oʻrinbosari — radiokanal direktori
Direktor oʻrinbosari
“Axborot” bosh tahririyati
9
Bosh muharrirlar guruhi
7
“Oʻzbekiston 24” radiokanali
30
Reklama va marketing boʻlimi
2
Prezident puli muxbirlari guruhi
3
Xronikal-hujjatli filmlar va jurnalist surishtiruvlari studiyasi
5
“Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar boʻlimi
6
Chiqaruvchi muharrirlar guruhi
17
“Axborot” tahririyati
12
Gonorar toʻlash boʻlimi
2
Bosh rejissor xizmati
(rejissorlar, operatorlar, videomuhandislar, ovoz rejissorlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va infografika guruhlari)
49
Videoteka va arxiv
2
Moliya-iqtisod boʻlimi
2
Xalqaro axborot boʻlimi
4
Siyosiy sharhlovchilar guruhi
4
Buxgalteriya
2
Moddiy-texnik taʼminot boʻlimi
4
Kadrlar boʻlimi
2
Ijtimoiy-siyosiy mavzular boʻlimi
4
Suxandonlar guruhi
4
Bosh prodyuser xizmati
(kreativ-innovatsion guruh, PR va mediatuzilmalar bilan aloqa guruhi, “Meteo-TB”)
9
Yurist
1
Ijtimoiy-iqtisodiy mavzular boʻlimi
4
Tarjimonlar guruhi
4
Umumiy boʻlim
2
Ilm-fan, taʼlim va madaniyat boʻlimi
4
Hududiy muxbirlik punktlari
24
Masʼul kotib xizmati
(rejalashtirish va veb-saytni muvofiqlashtirish guruhlari)
10
Sport boʻlimi
4
Xorijiy muxbirlik punktlari
18
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 251 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 10 nafar.