27.07.2020 yildagi PQ-4790-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6035-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy oʻchoqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va oʻta xavfli kasalliklar tashxisi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

inson salomatligiga taʼsir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;

jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, mazkur yoʻnalishda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirish, bu boradagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xom ashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalar tayinlash va oʻtkazish;

sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy profilaktika boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va idoraviy tibbiyot statistikasini yuritish, toʻplash, tahlil qilishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va soʻrovlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish va qonunbuzilish holatlari aniqlanganda qonunchilikda belgilangan choralarni qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tizimidagi tashkilotlar oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash;

yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish;

inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir boʻlishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar obyektlarda tekshirishlar oʻtkazish;

sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilganligi aniqlangan holatlarda litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga nazorat obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, ammo oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini laboratoriya-instrumental usulini qoʻllagan holda oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatgacha tekshiruvdan oʻtkazish hamda tekshiruvdan oʻtkazishga begʻaraz ekspert yoki mutaxassis sifatida laboratoriya xodimlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish;

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlar jalb qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining umumiy cheklangan soni 17 554 nafar etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Sogʻliqni saqlash vazirligining tarkibiga kiradi, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining boshligʻi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari oʻz faoliyatida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari esa — Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga bevosita boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning oʻrinbosarlari esa sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning L.M. Isayev nomidagi filiali Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti hamda L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi barcha davlat yuqumli kasalliklar shifoxonalari va dispanserlari hamda davlat tibbiyot tashkilotlarining yuqumli kasalliklar boʻlinmalari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti yuridik shaxs maqomi saqlangan holda — Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori bir vaqtning oʻzida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutining klinikasi yuridik shaxs maqomi saqlangan holda — Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining L.M. Isayev nomidagi filialining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy referens laboratoriya Laboratoriya kompleksi negizida tashkil qilinadi. Bunda, uni moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi va u respublika hududidagi barcha sanitariya-gigiyena, radiologiya, toksikologiya, bakteriologiya, parazitologiya hamda virusologiya laboratoriyalari natijalarini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik maqomiga ega boʻlmagan Biologik xavfsizlik markazi hamda Gen texnologiyalari markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarida tegishlicha Sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlari tahlili va istiqbolni belgilash markazi va uning boʻlinmalari tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:

sogʻliqni saqlash tizimi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining tarkibiga kiruvchi tibbiyot va yordamchi tashkilotlardagi tibbiy statistika maʼlumotlarini toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, aholi sogʻligʻining holatiga va kasalliklar tarqalishiga taʼsir qiluvchi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlash Sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlari tahlili va istiqbolni belgilash markazining asosiy vazifalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha davlat tibbiyot va yordamchi tashkilotlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlar va shakllarda sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlariga oid maʼlumotlarni Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlari tahlili va istiqbolni belgilash markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy institutlar, kompaniyalar, mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sanitariya-epidemiologiya xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari va boʻlimlarining namunaviy tuzilmalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati va tarkibiy tuzilmalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy referens laboratoriya bazasida mikroorganizmlar banki (biologik va genetik kolleksiya) hamda maxsus immunoglobulin va zardoblar banki, vivariy va genetik laboratoriya singari boʻlimlar tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sanitariya-epidemiologiya xizmati Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xavfni tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun nazorat ostidagi obyektlarning yagona elektron bazasini yaratsin va 2021-yil 1-yanvardan boshlab, uning toʻliq ishga tushirilishi hamda “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona elektron bazani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, uni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar esa — Sanitariya-epidemiologiya xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati yagona elektron bazani shakllantirish, samarali faoliyatini taʼminlash va keyinchalik rivojlantirish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati nazorat ostidagi obyektlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish natijalarini oʻzining veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda joylashtirib borsin hamda ushbu yoʻnalishda jamoatchilik fikrini tizimli ravishda tahlil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi (B.A. Musayev) Sanitariya-epidemiologiya xizmati tuzilishi munosabati bilan barcha zarur tashkiliy masalalarni (qayta tashkil etish, joylashtirish, taʼminot, moliy-iqtisodiy masalalar va boshqalar) tezkorlik bilan xal etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sanitariya-epidemiologiya xizmati Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 46-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4790-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmasi

* Har bir tuman (shahar)da bittadan birlik.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 107 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Taʼminoti Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari, shuningdek, uning tarkibiga kiradigan tegishli idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Moliya vazirligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan tijorat banklarida ochilgan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek, aholining sanitariya-epidemiologiya sohasidagi xalqaro va xorijiy tashkilotlarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Sanepidxizmat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Slujba sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Sanepidslujba;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Sanitary-epidemiological Welfare and Public Health Service of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Sanepidservice;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sanitariya-epidemiologiya xizmati joylashgan manzil (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 46-uy, 100097.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Sanitariya-epidemiologiya xizmatining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi boʻyicha belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilangan tartibda qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xom ashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi obyektlar faoliyati, shuningdek, zarur xalqaro amaliyotlarni qoʻllash tajribasiga asoslangan standartlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalar tayinlash va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli boʻlmagan, yuqumli, parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va oʻta xavfli kasalliklar tashxisi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson salomatligiga taʼsir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini taʼminlash sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish jarayonida xavf-xatarlarni tahlil qilish va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosatni amalga oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻlatning tabiiy oʻchoqlari epizootologik monitoringini olib borishni, oʻlat va oʻta xavfli infeksiyalar boʻyicha epidemiologik nazorat hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIV-infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, OIV va hamroh kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha yagona tizimning amal qilishini taʼminlash, OIV yuqtirgan shaxslarga tibbiy yordam va ularning ijtimoiy himoyasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi, sanitariya, gigiyena, epidemiologiya, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiyaning dolzarb masalalari boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarni sanitariya-gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashni tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli soha xodimlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va idoraviy tibbiyot statistikasini yuritish, toʻplash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va soʻrovlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasida tartibga solishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ularni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson salomatligi uchun xavf-xatarlar omillarini boshqarish, monitoring olib borish va tahlil qilishning yangi shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibiy va hududiy boshqarma va boʻlimlari tomonidan qabul qilingan qarorlarga, shuningdek, ularning mansabdor shaxslarining harakatlariga (harakatsizliklariga) nisbatan shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga respublika hududida sanitariya-epidemiologiya osoyishtalikni taʼminlash, shu jumladan karantin, oʻta xavfli va boshqa infeksiyalarni, aholi uchun oʻta xavfli boʻlgan tovar va yuklar Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidagi oʻtkazish punktlaridan olib kirilishi, olib oʻtilishi va tarqatilishining oldini olish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya xizmati bilan birga kasallik keltirib chiqaruvchi manbalarni yoʻq qilishga, antroponoz va zooantroponoz infeksiyali va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi boʻyicha belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilangan tartibda qoʻllash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, sanitariya-epidemiologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan belgilangan tartibda davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini (keyingi oʻrinlarda — nazorat) laboratoriya va instrumental tadqiqot usullarini qoʻllagan holda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarni vodoprovod suvi bilan taʼminlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshiruvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga koʻra xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan savdo va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga tibbiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratdagi obyektlar ishchi-xodimlarini majburiy, dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi va davriyligini hamda tibbiy tashkilotlar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishining toʻliqligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy ovqatlanish obyektlarida ratsional va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etilishi ustidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanish, shovqin, tebranish va inson salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boshqa fizikaviy omillar bilan ishlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektlarida oʻtkir va surunkali kasb kasalliklarini kelib chiqishi holatlari ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli va parazitar kasalliklar manbai boʻlgan, shuningdek, tibbiy koʻriklardan oʻz vaqtida oʻtmagan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish toʻgʻrisida ish beruvchilarga taqdimnoma kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida yoritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasida xalqaro tashkilotlar va qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro hamkorlik va muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtiradi va uygʻunlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xom ashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi obyektlar faoliyati, shuningdek, zarur xalqaro amaliyotlarni qoʻllash tajribasiga asoslangan standartlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat siyosatni olib boradi, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtiradi va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni, kontaminantlarni ruxsat etilgan maksimal miqdorini, jumladan pestitsidlar, biologik va kimyoviy omillar, ozuqa qoʻshimchalari va veterinariya dori vositalarining qoldiq miqdorlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish jarayonida sanitariya-epidemiologik holatini oʻrganadi, oziq-ovqat korxonalarini tekshirish va mahsulotlar importini tartibga solish boʻyicha xavflarni tasniflash mezonlarini belgilaydi va ular asosida tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish toʻgʻrisida xabar berish tartibini belgilaydi va oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarbop oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol va oziq-ovqat qoʻshimchalarni, yangi oziq-ovqat mahsulotlari, funksional hamda ixtisoslashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va ularning davlat reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligini tartibga solish va ularni amalga oshirish masalalari boʻyicha tavsiyalar va ilmiy asoslarni ishlab chiqaruvchi ilmiy ekspert komitetlarni tashkil qiladi va ularning faoliyatini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kodeks Alimentarius va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini tartibga soluvchi boshqa xalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuqumli boʻlmagan, yuqumli, parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni karantin va oʻta xavfli, yuqumli va parazitar kasalliklarning olib kirilishi, olib oʻtilishi va tarqalishidan sanitariya jihatidan himoya qilish boʻyicha sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga profilaktik emlashlar oʻtkazish sifati va samaradorligini, oʻz vaqtida qamrab olish jarayonida xavf-xatarni tahlil qiladi va ilmiy asoslangan yondashuvlarni inobatga olgan holda yuqumli kasalliklarning immunologik profilaktikasi sohasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida surishtiruv ishlarini tashkil etadi, sanitariya-gigiyenaga oid va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologik holatni baholash natijalari boʻyicha aholining sanitariya-epidemiologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam ravishda buzayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy hamda taqdimnomalar kiritish boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi yashaydigan hududlarni rivojlantirish, yer uchastkalari ajratish boʻyicha loyiha materiallarini, xoʻjalik va sanoat maqsadidagi obyektlarni qurilish va rekonstruksiya qilish loyihalarini koʻrib chiqishda va xulosa berishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlarni aprobatsiya qilish hamda dezinfeksiyalash va sterilizatsiyalashning yangi zamonaviy usullarini joriy qilish uchun sinov bazasini tashkil etadi, yangi texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish uskunalari, asboblar va qurilmalarni sanitariya-gigiyena jihatidan ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson salomatligi va atmosfera havosiga zararli fizik omillar orqali taʼsir koʻrsatuvchi obyektlarning roʻyxatini va hisobini olib boradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli yuklarni tashishga boʻlgan talablarga rioya qilgan holda biomateriallar namunalarini respublika ichida va uning tashqarisida tashish chora-tadbirlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularni kamaytirishga, ular yuqish yoʻllari va omillariga taʼsir koʻrsatishga va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bogʻliq boʻlgan epidemiologik asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan profilaktik va oʻchoqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya, epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini taʼminlash sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish jarayonida xavf-xatarlarni tahlil qilish va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosatni amalga oshirishga koʻmaklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining xavfsiz ovqatlanish konsepsiyasi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan milliy standartlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining turli guruhlari ovqatlanishi maqomini baholaydi, ovqatlanish sifati bilan bogʻliq boʻlgan aholi salomatligi koʻrsatkichlarini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish va ularning tarqalishi darajasini pasaytirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi, aholi sogʻlom turmush tarzining asoslari sifatida keng tushuntirish ishlari olib borilishini va targʻibotini, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tibbiyot tashkilotlarida ovqatlanishni tashkil etish tizimlarini tartibga solish, uyushgan bolalar jamoalarining ovqatlanish ratsionini yaxshilash mexanizmlarini takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va xorijdan yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sifatini nazorat qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻlatning tabiiy oʻchoqlari epizootologik monitoringini olib borishni, oʻlat infeksiyasi boʻyicha epidemiologik nazorat hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning sanitariya himoyasi, oʻlat infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyat ogʻirlashuviga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari va tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi aholisini karantin va oʻta xavfli kasalliklar epidemiyalaridan muhofaza qilish masalalarida ishtirok etuvchi boshqa vazirliklar va idoralar bilan hamkorligining shakllari va tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) OIV-infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, OIV va hamroh kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha yagona tizimning amal qilishini taʼminlash, OIV yuqtirgan shaxslarga tibbiy yordam va ularning ijtimoiy himoyasini tashkil qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIV infeksiyasi profilaktikasini amalga oshirish, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va OIVni yuqtirib olganlarni maxsus davolash, shuningdek, tashxis qoʻyish, davolash va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy preparatlarning, biologik suyuqliklarning xavfsiz boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida aholini xavfsiz va maxfiy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIVni yuqtirib olganlarning umrini uzaytirish va turmushi sifatini oshirishga, ularning oʻlimini kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi, sanitariya, gigiyena, epidemiologiya, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiyaning dolzarb masalalari boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borilishini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasida istiqbolli yoʻnalishlarni belgilaydi va dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli, parazitar va ommaviy yuqumli boʻlmagan, zaharlanish va kasbiy kasalliklarning laboratoriya diagnostikasi, davolash va ularga qarshi kurashishning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar tanlovlariga taqdim qilingan ilmiy loyihalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gigiyena va epidemiologiya masalalari boʻyicha ilmiy, oʻquv tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va jamgʻarmalar, shu jumladan xorijiy ishtirokchilar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro ilmiy forumlar va anjumanlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni taʼminlash, baholash va bartaraf etish maqsadida kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bogʻliq kasalliklar ustidan milliy monitoring olib borish va nazorat qilish tizimini joriy etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklarni oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish va realizatsiyasini oʻrnatilgan tartibda nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy ovqatdan zaharlanish va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan yuqumli kasalliklarni roʻyxatga olish elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va yuritadi, ularni erta aniqlash va xavflarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarni sanitariya-gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashni tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni gigiyenaga oid oʻqitish va tarbiyalash borasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish, aholiga maishiy va kommunal xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlarni, shuningdek, tibbiyot, taʼlim tashkilotlari xodimlarini ishga qoʻyishdan oldin, tayyorlash va qayta tayyorlashda gigiyena boʻyicha taʼlim berilishini toʻlov-kontrakt asosida tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasida normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, obyektlarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishda, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, xavfli kimyoviy, radioaktiv moddalar, biologik vositalar va materiallar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi va tegishlicha gigiyenik xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va aholining sanitariya boʻyicha savodxonligini oshirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari uchun materiallar va maxsus dasturlar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) davlat va idoraviy tibbiyot statistikasini yuritish, toʻplash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va soʻrovlar oʻtkazish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining tarkibiga kiruvchi tibbiyot va yordamchi muassasalardagi tibbiy statistika maʼlumotlarini toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi sogʻligʻining holatiga va kasalliklar tarqalishiga taʼsir qiluvchi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va idoraviy tibbiyot statistikasini yuritish, toʻplash va tahlil qilinishida uslubiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) tarmoqning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga rejalashtirish va tayyorlashda nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ixtisoslikdagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim tashkilotlari bilan birga Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislarini tayyorlash uchun darsliklar, monografiyalar, oʻquv tavsiyalari va qoʻllanmalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibiy boshqarma va boʻlimlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari lavozimlarini toʻldirish uchun rahbar kadrlar zaxirasini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmati huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga sanitariya-epidemiologiya sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga nazorat obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, ammo oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir boʻlishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar obyektlarda tekshirishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlar jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xom ashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan inspeksion nazorat oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

davlat organlari va mansabdor shaxslardan Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan statistik maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan roʻyxat va tariflarga muvofiq pullik xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Sanitariya-epidemiologiya xizmati vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo ahamiyatdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya masalalari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda Sogʻliqni saqlash vazirligi Hayʼati yigʻilishlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan shtat birliklari doirasida Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli tuzilmalarni tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sanitariya-epidemiologiya xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibiy tuzilmalarining Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, ish rejalari, tadbirlar, yoʻl xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi) boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan toʻrt nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarlarining funksional majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalarga muvofiq Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakkaboshchilik asosida Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi oʻrinbosarlarining va Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshqa mansabdor shaxslarining faoliyatning ayrim yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish boʻyicha vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Sanitariya-epidemiologiya xizmati ish yuritish sohasiga daxldor takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida sanitariya-epidemiologiya sohasi va jamoat salomatligiga oid davlat siyosatiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari, uning tarkibiy tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ishga qabul qilish va Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, ularning samarali mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni va uning xodimlari lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati rejalashtirilishini tashkil etadi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati yillik ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalarni bajarishda Sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli boshqarma va boʻlimlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbariyatning topshirigʻiga binoan kichik sanitariya-epidemiologiya sohasida ustuvor vazifalarning va dasturlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻziga topshirilgan va mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalari ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibiy tuzilmalari boshliqlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻzi mutasaddilik qilayotgan boshqarmalar va boʻlimlari boshliqlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi oʻrinbosari Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Maxsus jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi va uning faoliyati uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu nizom hamda boshqa qonun hujjatlari bilan oʻziga yuklangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya xizmati ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar boʻyicha kutilgan natijalarga erishilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati ijro intizomiga ogʻishmay rioya etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻining oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlar oʻz vaqtida va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarini va dasturlarini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Sanitariya-epidemiologiya xizmati Sogʻliqni saqlash vazirligi, uning hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining sanitariya-epidemiologiya kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi eng muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, tavsiyalarni koʻrib chiqish va ishlab chiqish uchun Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuqori malakali xodimlar, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining vakillari, sanitariya-epidemiologiya sohasidagi yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus ilmiy kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash Sanitariya-epidemiologiya xizmati doimiy ishlovchi maslahat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash nizomi va uning tarkibi Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sanitariya-epidemiologiya xizmatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, shu jumladan markaziy apparat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash Davlat budjeti, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan jarimalar va jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlarning 50 foizi (nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlarning 25 foizi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtisoslashgan pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlarning ularni amalga oshirishga ketgan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining 15 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shu jumladan uy-joyni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining farmoyish berish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tarkibiy tashkilotlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, koʻp yil xizmat qilganligi uchun ustama haqlardan, dam olish va bayram kunlari uchun toʻlovlar, boshqa ustama, qoʻshimcha haqlar va qonunda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati xodimlariga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq muddatli uzluksiz xizmati uchun oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 dan 5 yilgacha — 0,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 dan 10 yilgacha — 0,8;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 dan 15 yilgacha — 1,0;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 dan 20 yilgacha — 1,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yildan ortiq — 1,8.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzoq muddatli uzluksiz xizmati uchun oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmati hisobdorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi tizimli ravishda Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻi Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibiy tuzilmasidagi barcha rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya xizmati alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sanitariya-epidemiologiya xizmatini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2020-y., 07/20/4790/1116-son; 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; 13.11.2020-y., 07/20/4891/1514-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)