1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar takchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiii muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan, mazkur qarorga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilinganda, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, 5 kun muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlikning qoʻshma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi roʻyxatga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ushbu qaror 1-bandining amal qilish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadogʻida yoki qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi oʻzbek yoki rus yoxud ingliz tilida koʻrsatilishini taʼminlagan holda, ishlab chiqaruvchi tashkilotning sinov bayonnomasini va sinov usullari koʻrsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik toʻxtatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qoʻshma xulosasi asosida ruxsat beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 474-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/474/1158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga boʻlgan cheklovning muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari respublika hududidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara koʻshinlari bilan birgalikda xalqaro yuk tashuvchilar va ekspeditorlik tashkilotlariga mazkur qaror talablari, mazmun va mohiyatini tushuntirilishi va yetkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekistoi Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
449-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlar
Dona
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 09/20/449/1090-son, 12.08.2020-y., 09/20/474/1158-son, 25.09.2020-y., 09/20/582/1319-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)