25.10.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni xalqaro aralash tashish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni xalqaro tashishni yengillashtirish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni xalqaro aralash tashish sohasida hamkorlik qilish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida savdoning rivojlanishi uchun muhim shart ekanligini inobatga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik manfaatlarni koʻzlab, zamonaviy temir yul va suv transporti tizimini rivojlantirish zarurligini anglagan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy Ipak yoʻlini tiklashni istagan holda hamda Markaziy Transport Koridori va Boku-Tbilisi-Kars temir yoʻli liniyalarini takomillashtirish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash tashish tizimi xalqaro yuk tashishni yengillashtirish uchun ulkan salohiyat va imkoniyatga ega ekanligiga ishonib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni xalqaro aralash tashishga oid xalqaro bitimlarga tayangan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Bitimning qoʻllanilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatdan oʻtgan bir tashuvchi tomonidan aralash transport vositasida Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining hududlari oʻrtasida amalga oshirilgan yoki ulardan birining yoxud har ikkalasining hududi orqali tranzit olib oʻtgan holda yuklarni xalqaro aralash tashishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etuvchi boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim maqsadlari uchun qoʻllaniladigan taʼriflar quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yuklarni aralash tashish — tashish faoliyati asosan temir yoʻlda yoki dengiz orqali boʻlgan hamda boshlangʻich va/yoki oxirgi qismi quruqlik orqali imkon qadar qisqartirilgan yoʻlda amalga oshirilib, tovarlarga ishlov bermagan holda olib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Aralash tashish vositasi — har qanday konteyner, almashinuvchi kuzov, tirkama yoki yarim tirkama, yuklarni aralash tashish uchun moʻljallangan yoʻl transporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Yuklarni aralash tashish terminali — tashish usulining oʻzgarishi mumkin boʻlgan ichki suv yoʻli yoki dengiz porti uchastkasi yoxud temir yoʻl tarmogʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Yuklarni aralash tashish terminaligacha yoki terminalidan tashish — aralash tashish vositasining har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar hududining chegara punkti yoki yuklash punktidan yuk tashish yoʻnalishiga eng yaqin boʻlgan temir yoʻl terminali yoki dengiz portigacha boʻlgan yoʻl boʻyicha safari; temir yoʻl terminali yoki dengiz portidan yuk tashish yoʻnalishiga eng yaqin boʻlgan yoʻnalishdagi chegara punkti yoxud yetib borish punktigacha boʻlgan yoʻl;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Kuzatib boriladigan aralash tashish — boiqa transport turida haydovchi kuzatuvi ostida amalga oshiriladigan yoʻl transporti vositasini tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) Kuzatib borilmaydigan aralash tashish — boshqa transport turida haydovchi kuzatuvisiz amalga oshiriladigan yoʻl transporti vositasini yoki tirkamasini tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Aralash tashish ruxsatnomasi — tashuvchiga yuklarni aralash tashish tizimidan foydalangan holda tashishni amalga oshirishiga ruxsat beruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) Qoʻshma qoʻmita — ushbu Bitimning 8-moddasiga muvofiq taʼsis etilgan “Xalqaro aralash tashish boʻyicha Qoʻshma qoʻmita”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Tashuvchi — Ahdlashuvchi Tomonlar davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq ijaraga olingan, xarid qilingan yoxud lizingga olingan transport vositalarida yuk tashish uchun vakolatga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Transport vositasi — avtotransportning oʻzi yoki shatakchi bilan tirkama va/yoki yarim tirkama majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Transport vositalarnning eng katta ogʻirlign va oʻlchami — Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq yukli va yuksiz holatda boʻlgan transport vositalari uchun ruxsat etilgan ogʻirlik vazni va oʻlchami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) Maxsus ruxsatnoma — Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq tashuvchilarga katta xajmli va/yoki ogʻir yuklarni, shuningdek, xavfli yuklarni transport vositalarida tashish huquqini beruvchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Vakolatli organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek tomonidan — Tashki savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turk tomonidan — “Transport, dengizchilik ishlari va aloka vazirligi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Kuzatib boriladigan yuklarni aralash tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuklarni aralash tashish faoliyati roʻyxatga olingan yoʻl transport vositalarida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududida chegara punktidan yoki istalgan yuk ortiladigan punktidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida joylashgan aralash tashish terminaligacha aralash tashish ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kuzatib boriladigan yuklarni aralash tashish faoliyati uchun beriladigan ruxsatnomalarning namunalari va miqdori Qoʻshma qoʻmita yigʻilishlarida Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan oʻzarolik asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar, xalqaro normalarga muvofiq tekis vagon ustiga transport vositalari yuklangan Ro-La poyezdining chegara hududlarini kesib oʻtishi jarayonlarini imkon qadar qisqa vaqtlarda amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Kuzatib borilmaydigan yuklarni aralash tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududida joylashgan yuklarni aralash tashish terminallari oʻrtasida aralash tashish vositalarini tashish faqat mazkur Ahdlashuvchi tomon hududida roʻyxatdan oʻtgan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aralash tashish operatsiyalari uchun moʻljallangan yuklarni aralash tashish terminallari Qoʻshma qoʻmitayigʻilishlarida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Chegaradan oʻtish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aralash tashish ruxsatnomasi amaldagi xalqaro shartnomalarga muvofiq talab etiluvchi boshqa hujjatlar bilan birga temir yoʻl vagoni yoki kemaga ortilgan transport vositasida saqlanishi lozim. Yuklarni aralash tashishni amalga oshirish huquqini bkruvchi hujjatlar butun safar davomida transport vositasida saqlanishi va Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli vakolatli organlari talab etgan vaqtda koʻrsatilishi lozim. bunday ruxsatnomaning yoʻqligi transport vositasining ruxsatsiz harakatlanayotganligini anglatadi va uning chegara hududini kesib oʻtishga ruxsat berilmaydi. Ruxsatnomaga kiritilgan har qanday noqonuniy oʻzgartirishlar uning bekor boʻlishiga olib keladi. Bunday ruxsatnomalar tegishli tarzda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududidan chiqayotganda yuklarni aralash tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi barcha tegishli hujjatlar (CIM-SMGS yuk xati va boshqa hujjatlar) transport vositasida saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuklarni aralash tashishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hamda transport vositalari, shuningdek, tashiluvchi yuklar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududiga kirayotganda yoki undan chiqayotganda Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarning tegishli milliy qonunchiligiga muvofiq tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.. Tashuvchi yoki xizmat operatori, shuningdek, ularning xizmatchilari Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarning qonunlariga va yoʻriqnomalariga amal qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Yuklarni aralash tashishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar, ularning temir yoʻl agentliklari, port maʼmuriyatlari, transport kompaniyalari va aralash tashish xizmati operatorlari aralash tashishning afzalliklarini hisobga olib, yuklarni aralash tashishni ragʻbatlantirish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida kelishib oladilar. Aralash tashish uchun beriladigan imtiyozlar Qoʻshma qoʻmita yigʻilishlarida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar yuklarni aralash tashish operatsiyalarini amalga oshiruvchi aralash tashish xizmati operatorlari hamda temir yoʻl, suv va avtomobil transporti kompaniyalarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi va ularning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar aralash tashish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida oʻz temir yoʻl kompaniyalari va port maʼmuriyatlariga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlar dam olish va rasmiy bayram kunlari yuklarni aralash tashish terminaligacha yoki terminalidan aralash tashish operatsiyalarining cheklanipsharini bartaraf etish uchun zarur choralar koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashuvchi Tomonlar aralash tashishning boshlangʻich va soʻnggi bosqichida umumiy ogʻirligi 44 tonnagacha boʻlgan ISO konteynerli yuk avtomobillarining oʻtishi uchun oʻz milliy qonunchiliklariga muvofiq eng qulay sharoitlarni yaratib berishga harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga va ularning milliy qonunchiligi talablariga muvofiq transport vositalari yuklangan poyezd vagonlarining chegara hududlarini qisqa muddatda kesib oʻtishini hamda chegara hududlarida tekshirish, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarida oʻzaro amaliy yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Tomonlar har ikkala Tomon tashuvchilari foydalanadigan yoʻnalishlarini rivojlantirishda birgalikda faoliyat olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Axborot almashinuvi va Qoʻshma qoʻmitani tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu Bitimning bajarilishi yuzasidan vakolatli organlari oʻrtasida oʻzaro axborot almashinuvini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitimning bajarilishi va qoʻllanishining barcha masalalarini tartibga solish maqsadida har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning vakillaridan iborat boʻlgan Qoʻshma qoʻmita tashkil etiladi. Mazkur Qoʻmita har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari vakillaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qshma qoʻmitaning yigʻilishlari navbat bilan Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining hududlarida oʻtkaziladi. Yigʻilishlarni oʻtkazish muddatlari tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida belgilanadi. Bir Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tayyorlangan Qoʻshma qoʻmita yigʻilishining kun tartibi boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yigʻilish kunidan kamida ikki hafta oldin taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻshma qoʻmita, mazkur Bitimning bajarilishi va qoʻllanilishidan tashqari, aralash tashish sohasidagi muammolarni muhokama va hal qilish uchun zarur choralar koʻradi Qoʻshma qoʻmita ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Maʼlumotlarni himoyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitim bilan tartibga solingan barcha maʼlumot va axborotlar uchinchi tomonlarga ularni taqdim etgan Ahdlashuvchi Tomonning yozma roziligisiz taqdim qilinmasligini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Fors-major
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklarni aralash tashishning ushlanib qolinishiga olib keluvchi fors-major holatlarida Ahdlashuvchi Tomonlar bunday ushlanib qolishlarni bartaraf etish uchun tegishli choralar koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash yuzasidan kelib chiqadigan nizolar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidaoʻzaro maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Oʻzgartishlar va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu Bitimning 13-moddasida koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki protseduralarning bajarilganligi toʻgʻrisida Ahdaashuvchi Tomonlar tarafidan soʻngi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma xabardor qilmaguniga qadar amal qiladi. Bunday holda, Bitimning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon mazkur tugatish haqidagi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab, olti oydan soʻng tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anqara shahrida 2017-yil 25-oktabrda ikki asl nusxadahar biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)