O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillar amaliyoti fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli foydalanish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalar samarali bajarilishiga, shu jumladan, yer fondining operativ monitoringini olib borish va yerdan, uzoqqa cho‘zilgan obyektlardan (temir yo‘llar, quvurlar va shu kabilardan) nooqilona foydalanish holatlarini aniqlash sohalarida, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik talablarini ta’minlashda sezilarli darajada ko‘maklashishini ko‘rsatdi, shaharsozlikda ishlarni va geoaxborot xaritalarini yaratishni optimallashtiradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda uchuvchisiz uchish apparatlari katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga uchuvchisiz uchish apparatlarining keng ko‘lamli turlarini ishlab chiqarish, qo‘yilgan vazifalarga muvofiq foydalanilayotgan modellar va ixtisoslashtirilgan funksiyalarning xilma-xilligi uchuvchisiz uchish apparatlarining narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari narxlari shakllanishini tahlil qilish narxning asosiy ulushi konstruktiv elementlarga emas, balki intellektual qismga (dasturiy ta’minotga) to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ularning qiymatini pasaytirish imkonini beribgina qolmay, balki valyuta mablag‘larini tejash imkoniyatini ham beradi.
Bugungi kunda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli va “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-avgustdagi 287-sonli qarorlari qabul qilingan. Ayrim tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik maqsadlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlari olib kelingan va ulardan samarali foydalanilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yanada rivojlantirish, konstruktiv elementlarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va fuqaro aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi maqsadli vazifalarni hal etish uchun ularni tizimli qo‘llash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi;
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 40 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisiga, zarur hollarda, Markazning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
fazoviy ma’lumotlarni standartlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash orqali olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash;
uchuvchisiz uchish apparatlari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishda va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalarni va xorijiy tajribani joriy etish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini manfaatdor tashkilotlarga ijaraga berish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ta’mirlash xizmatlari va texnik xizmat ko‘rsatish.
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
uchuvchisiz uchish apparatlarini belgilangan tartibda ijaraga berishdan hamda uchuvchisiz uchish apparatlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tuzilmasiga rais o‘rinbosari — zamonaviy geoinnovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni ma’muriy va ishlab chiqarish binolari bilan ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK bilan birgalikda bir oy muddatda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, ulardan foydalanishni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llash bo‘yicha Kompleks tadbirlar rejasi — “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3639-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor o‘rinbosari |
Direktor o‘rinbosari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Buxgalteriya 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ekspluatatsion-texnik boshqarma |
Fazoviy ma’lumotlar sohasida standartlashtirish boshqarmasi 4 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Yuriskonsult |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ekspluatatsiya bo‘limi 4 |
Strategik rejalashtirish va marketing bo‘limi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tahlil-ishlab chiqarish boshqarmasi |
Ishlar boshqaruvchisi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ish yurituvchi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Topografiya bo‘limi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi 4 |
Maxsus bo‘lim |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Fotogrammetriya bo‘limi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassis |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari* |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
* Kadastr agentligi tizimi xodimlari.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2020-y., 07/20/3639/0863-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)