29.06.2020 yildagi PQ-4761-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilanib, ulardan 10 ta shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktoriga boshqaruv xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlikning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, ularga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq, shuningdek, avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda (mavjud bo‘lganda) martaba darajalari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikda ishlagan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi hamda ularni Agentlikda ishlash davrida berish oldingi ish joyi bo‘yicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik xodimlariga Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka o‘tash va tajriba almashish grafigining xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha davlat foydasiga qaratilgan mablag‘lar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Agentlikning yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4761-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PQ-4761-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Tashkiliy-nazorat, ijro va tahlil bo‘limi

3

“Komplayens-nazorat” tizimini joriy etish va ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi

9

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda korrupsiyaviy omillarni tahlil va monitoring qilish boshqarmasi

4

Xalqaro hamkorlik va reytinglar bilan ishlash bo‘limi

3

Kadrlar bo‘limi

2

Jamoatchilik, yoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi

2

Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi

2

Davlat organlari va tashkilotlarning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi

Davlat xaridlarida korrupsiyaviy omillarni tahlil va monitoring qilish bo‘limi

3

Axborot xizmati rahbari — davlat tili bo‘yicha maslahatchi

1

Murojaatlar bilan ishlash va xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘limi

2

Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘limi

2

Davlat organlarida tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash boshqarmasi

4

Buxgalteriya

1

Call-markaz

Birinchi bo‘lim

1

Xavf-tahlil markazi

3

Ishlar boshqarmasi

2

Odob-axloq komissiyalari bilan ishlash bo‘limi

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 50 nafar.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 07/20/4761/1001-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)