05.05.2018 yildagi PF-5434-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri bo‘lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar o‘zining ifodasini topgan.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.