Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“TEMIR YOʻL TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1006-sonli “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 29-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
767-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y.,5-son, 119-modda)