Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Indoneziya Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2018-yilning 15-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi oʻrinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi (1 shtat birligi) va birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha) (1 shtat birligi) qoʻshimcha lavozimlari kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasining shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yil budjetida tasdiqlangan, xorijiy muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlaridan kelib chikib, 2018-yilda Elchixonaning taʼminoti uchun tasdiqlangan harajatlar smetasiga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
joriy yil budjetida tasdiqlangan, chet eldagi muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlaridan kelib chiqib shtatlar jadvalidagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Elchixona harajatlari moliyalashtirilishini amalga oshirsin;
Elchixonaga qoʻshimcha bitta yengil avtomobil taʼminoti uchun limit ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarining shtat jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1379-sonli qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
PQ-3950-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi PQ-3950-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi shtat jadvali
Oldingi tahrirga qarang.
|
AQSH dollarida | |||||
|
Lavozim |
Shatdagi xodimlar soni |
Elchining maoshiga (2600,00) nisbatan xodimlarning maoshi % hisobida |
Oylik maosh |
Bir yilga ish haqi fondi | |
|
Diplomatik xodimlar tarkibi | |||||
|
1. |
Elchi |
1 |
100% |
2600,00 |
31 200,00 |
|
2. |
Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi |
1 |
85% |
2210,00 |
26 520,00 |
|
3. |
Birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha) |
1 |
75% |
1 950,00 |
23 400,00 |
|
4. |
Birinchi kotib (siyosiy, konsullik masalalari va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha) |
1 |
75% |
1 950,00 |
23 400,00 |
|
Jami: |
4 |
8 710,00 |
104 520,00 | ||
|
Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi | |||||
|
1. |
Katta buxgalter |
1 |
65% |
1 690,00 |
20 280,00 |
|
2. |
Joyning oʻzida yollanadigan yoki Elchixona xodimlarining oila aʼzolaridan iborat xodimlar |
2000,00 |
24 000,00 | ||
|
Jami: |
1 |
3 690,00 |
44 280,00 | ||
|
Hammasi: |
5 |
12 400,00 |
148 800,00 | ||
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 07/20/3950/0899-son)