O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hamda Indoneziya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2018-yilning 15-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi o‘rinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi (1 shtat birligi) va birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha) (1 shtat birligi) qo‘shimcha lavozimlari kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasining shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yil budjetida tasdiqlangan, xorijiy muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlaridan kelib chikib, 2018-yilda Elchixonaning ta’minoti uchun tasdiqlangan harajatlar smetasiga o‘rnatilgan tartibda o‘zgartirishlar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
joriy yil budjetida tasdiqlangan, chet eldagi muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlaridan kelib chiqib shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda Elchixona harajatlari moliyalashtirilishini amalga oshirsin;
Elchixonaga qo‘shimcha bitta yengil avtomobil ta’minoti uchun limit ajratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarining shtat jadvallariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1379-sonli qarorining 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
PQ-3950-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi PQ-3950-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi shtat jadvali
Oldingi tahrirga qarang.
|
AQSH dollarida | |||||
|
Lavozim |
Shatdagi xodimlar soni |
Elchining maoshiga (2600,00) nisbatan xodimlarning maoshi % hisobida |
Oylik maosh |
Bir yilga ish haqi fondi | |
|
Diplomatik xodimlar tarkibi | |||||
|
1. |
Elchi |
1 |
100% |
2600,00 |
31 200,00 |
|
2. |
Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi |
1 |
85% |
2210,00 |
26 520,00 |
|
3. |
Birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha) |
1 |
75% |
1 950,00 |
23 400,00 |
|
4. |
Birinchi kotib (siyosiy, konsullik masalalari va madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha) |
1 |
75% |
1 950,00 |
23 400,00 |
|
Jami: |
4 |
8 710,00 |
104 520,00 | ||
|
Ma’muriy-texnik xodimlar tarkibi | |||||
|
1. |
Katta buxgalter |
1 |
65% |
1 690,00 |
20 280,00 |
|
2. |
Joyning o‘zida yollanadigan yoki Elchixona xodimlarining oila a’zolaridan iborat xodimlar |
2000,00 |
24 000,00 | ||
|
Jami: |
1 |
3 690,00 |
44 280,00 | ||
|
Hammasi: |
5 |
12 400,00 |
148 800,00 | ||
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 07/20/3950/0899-son)