06.03.2018 yildagi PQ-3587-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan maʼqullangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli kreditlarini jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2018-yil 31-yanvar kuni Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — STJ deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida STJ ishtirokida Navoiy, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida zamonaviy uy-joylar va tegishli infratuzilma qurish dasturini amalga oshirish uchun 187,5 mln. Saudiya riali (50,0 mln. AQSH dollari) miqdorida 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda foiz stavkasi yillik 2% boʻlgan qarz bitimi (keyingi oʻrinlarda — loyiha deb yuritiladi) imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan umumiy muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq qurilish bank” ATB loyiha doirasida STJ qarzidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish uchun javobgar boʻlgan moliya agenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq qurilish invest” MCHJ IK loyihaning umumiy amalga oshirilishi va STJ qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar ijro etuvchi agent hisoblanadi. “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK STJ nomidan qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish boʻyicha ishlarni tashkil etadi va buyurtmachi vazifalarini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish va nazorat qilish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-sonli qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” MCHJ IKda tashkil etilgan Islom taraqqiyot banki ishtirokida loyihani amalga oshirish boʻyicha guruh zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, STJ qarzlari “Qishloq qurilish bank” ATB va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan uziladi va u boʻyicha foizlar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan loyihani moliyalashtirish boʻyicha “Qishloq qurilish bank” ATB bilan STJ qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va STJ oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Qishloq qurilish bank” ATBga STJ qarzini milliy valyutada 15 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda yiliga 4 foizlik stavkasi boʻyicha qayta kreditlashni, kredit liniyasining mablagʻlarini loyihani moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Navoiy, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida zamonaviy uy-joylar va tegishli infratuzilma qurish dasturini amalga oshirish doirasida STJ qarzi boʻyicha asosiy qarzni uzish va qarz boʻyicha foizlar toʻlash prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyihani amalga oshirish, shuningdek, kafolat muddati davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (loyihalarning ijrochilari) — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STJ qarzi hisobiga loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) — qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur imtiyozlarning berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Navoiy, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda STJ xaridlari boʻyicha rahbariyat talablariga muvofiq pudrat tashkilotlarining oʻz vaqtida belgilab olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining va “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasining talabnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik xamda boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining va “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasining talabnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining va “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasining talabnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali chet ellik mutaxassislarning (mazkur mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmasa) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilishi uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, mazkur chet ellik mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarorining 11-bandidagi “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining” degan soʻzlar “tumanlar hokimliklari qoshidagi daʼvogarlarni saralash boʻyicha komissiyalarning” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov hamda Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3587-son