28.08.2018 yildagi PQ-3923-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida strategik sherikchilikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga qilgan birinchi Davlat tashrifi Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tarixida prinsipial yangi sahifani ochdi, birodar xalqlar oʻrtasidagi koʻpyoqlama hamkorlikni rivojlantirish hamda doʻstlik, strategik sherikchilik, hamjihatlik va yaxshi qoʻshnichilikni yanada mustahkamlash uchun kuchli turtki boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq, doʻstona va konstruktiv muhitda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, parlament, hukumat, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli va tub manfaatlariga javob beradigan, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga boʻlgan mustahkam intilishlarini yana bir bor tasdiqladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnik, suv-energetik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama etildi va ular boʻyicha qoʻshma qarorlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Raxmonning doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonoti imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki davlat Rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida Strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi tarixiy voqea boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar hamda erishilgan ahdlashuvlarning soʻzsiz va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan Davlat tashrifi chogʻida hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq amaliy monitoring va qattiq nazorat oʻrnatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tojikiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan Davlat tashrifi chogʻida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tojikiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan Davlat tashrifi chogʻida imzolangan savdo bitimlari va shartnomalar boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi koʻpyoqlama hamkorlikni yanada kengaytirishga oid kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorning 3-ilovasiga* kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini uch kun muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan birinchi Davlat tashrifi chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-energetik, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirishni nazorat qilish boʻyicha Maxsus komissiya 5-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus komissiya (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgustda Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan birinchi Davlat tashrifi chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha alohida hujjatlar hamda erishilgan kelishuvlarning kuchga kirishiga oid ichki davlat tartib- taomillari oʻz vaqtida bajarilishini hisobga olgan holda, imzolangan ikki tomonlama bitimlarning qatʼiy va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy va tizimli monitoringni tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari”ni soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha masʼul ijrochilar -vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining, ular tomonidan koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari muntazam tinglab borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, Tojikiston tomoni bilan yuqorida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan, shu jumladan, Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyasi faoliyati doirasida muntazam va samarali bahamjihat harakatlarni tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar — masʼul ijrochilar tomonidan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — masʼul ijrochilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar hamda loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga har oyda ularning amalga oshirilishi yuzasidan axborot berib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror va tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining tanqidiy tahlilini har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparatiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijro etuvchi apparati rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3923-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 07/20/3923/0850-son)