16.06.2020 yildagi PQ-4752-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada xizmatlar sohasining tezkor oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mazkur yoʻnalishda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa maishiy, taʼlim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha 1 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarori bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila ― tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4752-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 07/20/4752/0769-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son; 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)