O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada xizmatlar sohasining tezkor o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan 10 foiz stavkada beriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun 14 foiz stavkada 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)
mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila ― tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur qarorga muvofiq jalb etilgan resurs mablag‘larining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 14 foiz stavkada bitta loyiha bo‘yicha 2 milliard so‘mgacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablag‘lardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyun,
PQ-4752-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 07/20/4752/0769-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son; 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)