15.06.2020 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirishda xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish orqali investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va Moliya vazirligining davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlash uchun sotishdan oldin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish va salohiyatli investorlarga sotish orqali xususiylashtirishning muvaffaqiyatli natijalarini ta’minlash bo‘yicha Agentlik muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “UzAssets” investitsiya kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aksiya paketi (ulushi) ustav kapitaliga berilgan korxonalarni (keyingi o‘rinlarda — korxonalar) sotishdan oldin tayyorlash, shu jumladan ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bu borada samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence), jumladan, investitsiyaviy tahlil qilish, “benchmarking” usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning daromadlilik normasini xalqaro amaliyotdagi mezonlar (IRR, NPV, EBITDA va boshqalar) asosida tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitaliga berilgan aksiya paketlarini (ulushlarini) samarali boshqarish, korxonalarni ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh korxonalarga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli investorlarning ro‘yxatini (short-list) shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachilarini jalb etgan holda, “Road Show” dasturlarini ishlab chiqish va maqsadli auditoriyalar uchun taqdimotlar o‘tkazib borilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlarini uzoq muddatli rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib, ustav kapitaliga berilgan aktivlarni salohiyatli investorlarga sotish orqali barqaror va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “UzAssets” investitsiya kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan 20,0 mlrd so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari hamda ushbu qarorga ilovaga muvofiq korxonalarning davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatida berish hisobiga shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitaliga keyinchalik o‘tkaziladigan va xususiylashtirilishi belgilangan davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashi tarkibiga Agentlik direktori kiritilgan holda, uning tarkibi kamida 50 foiz a’zolari yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitaliga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) uning Kuzatuv kengashi qaroriga asosan bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda, xalqaro amaliyotda keng qo‘llanadigan tartiblarga muvofiq sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro organining rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror xorijiy menejyerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sof foydasi uning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan saqlash xarajatlari, jumladan, korxonalarni sotishdan oldingi tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda to‘laligicha Agentlikka o‘tkaziladi hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik bir oy muddatda “UzAssets” investitsiya kompaniyasini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381-son

Vazirlar Mahkamasininng 2020-yil 15-iyundagi 381-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatda beriladigan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/R

Korxona nomi

Davlat ulushi (%)*

Xo‘jalik jamiyati ulushi (%)**

1.

“Kvars” AJ

89,8

2.

“Qizilqumsement” AJ

86,9

3.

“Urganch sharob” AJ

53,9

4.

“O‘zbekiston shampani” AJ

51,0

5.

“O‘zgeorangmet LITI” DUK

100,0

6.

“O‘zshaharsozlik LITI” DUK

100,0

8.

“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ

66,5

9.

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ

73,7

7,7

10.

“Shahrisabz yulduzi” DUK

100,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga beriladigan davlat aksiya paketlari (ulushlari) miqdori o‘zgargan taqdirda, aktivlarning o‘tkazilishi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ushbu jamiyatlar ta’sischilarining ustav kapitalidagi davlat ulushi nominal miqdor bo‘yicha kamaytiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-oktabrdagi 596-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/381/0766-son)