O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-maydagi 390-son qaroriga qo‘shimcha kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-fevraldagi PQ-4620-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-fevraldagi PQ-4620-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi 8-kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning kotibiyatlari funksiyalarini amalga oshiradi”.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-iyun,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-iyundagi 375-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida madaniyat, fan va turizm sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 25-sentabrdagi 335-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati tuzilmasida axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 27-yanvardagi 25-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi apparatining shtatlar sonini ko‘paytirish to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi 31-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2020-y., 09/20/375/0751-son)