1-ILOVA
1-ILOVA
| Nomi | Taʼrifi | |
|---|---|---|
| 1. | Alkogolsiz mahsulot | Suv bilan aralashtirish orqali tayyorlanadigan (siroplar, konsentratlar, quruq aralashmalar) alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat yarim tayyor mahsulotlar. |
| 2. | Alkogolsiz ichimliklarning konsentratlari | Tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlarining asosiy komponentlarini toʻlaligicha yoki bir nechta komponentlaridan olinadigan yarim tayyor mahsulotlarni oʻz ichiga oluvchi tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari; konsentratlar keyinchalik tarkibida toʻyingan yoki toʻyinmagan uglerod dioksidi boʻlgan suv (isteʼmol, mineral, tabiiy-oshxona), yetishmaydigan komponentlar bilan aralashtirish uchun qoʻllaniladigan bir yoki bir necha qismlardan iborat boʻlishi mumkin. |
| 3. | Vino va vinomateriallarga asoslangan ichimliklar va kokteyllar | Turli xil vino va vinomateriallari aralashmasi yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida spirt miqdori 1,2 foizdan koʻp boʻlmagan alkogolsiz ichimliklar. |
| 4. | Alkogolsiz ichimliklar | Ichimlik holidagi (tarkibida ichimlik suvi, mineral va tabiiy-oshxona suvi, meva, sabzavot, don yoki boshqa oʻsimlik xom ashyosi (ekstraktlar, infuziyalar), vino va vinomateriallar, konsentratlar, sut mahsulotlari, shakar yoki uning oʻrnini bosuvchi moddalar, taʼm va hid beruvchi qoʻshimchalar, boshqa oziq-ovqat qoʻshimchalari va tarkibiy qismlari, oziq-ovqat boʻyoqlaridan foydalanib tayyorlangan, issiq yoki sovuq holda quyiladigan) toʻyingan yoki toʻyinmagan uglerod dioksidli tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari. |
| 5. | Tiniq boʻlmagan ichimliklar | Ichimlikka xira koʻrinish beradigan tabiiy va (yoki) sintetik kelib chiqishga ega oziq-ovqat moddalari yordamida tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar. |
| 6. | Kukunsimon ichimliklar | Qayta tiklash yoʻli bilan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun moʻljallangan kukun, granulalar yoki tabletka shaklidagi “alkogolsiz ichimliklar” hisoblanadigan turli xil xom ashyolarning aralashmasi. |
| 7. | Meva va/yoki sabzavot sharbatli ichimliklar | Tarkibiga 4 foizdan kam boʻlmagan meva va/yoki sabzavot sharbati qoʻshilgan alkogolsiz ichimliklar. |
| 8. | Oʻsimlik xom ashyoli ichimliklar | Tarkibi ekstraktlar, infuziyalar, dekoatsiyalar, konsentratlar va oʻsimlik, meva, shu jumladan shirin-xushboʻy xom ashyolardan iborat alkogolsiz ichimliklar. |
| 9. | Don xom ashyoli ichimliklar | Don xom ashyosi va uning mahsulotlarini hid-taʼm beruvchi oziq-ovqat qoʻshimchalari, boʻyoqlar va boshqa komponentlar yordamida qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklar. |
| 10. | Xushboʻylashtirgichli ichimliklar | Tabiiy va (yoki) tabiiy bilan bir xil va (yoki) sunʼiy xid beruvchi moddalar yoki ularning aralashmasi (essensiya, efir moylari, emulsiyalar va boshqalar) yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida sharbat boʻlmagan alkogolsiz ichimliklar. |
| 11. | Achitilgan ichimliklarva kvaslar | Tarkibida etil spirtining hajmi 1,2 foizdan oshmaydigan spirt achitqisi yoki spirt va don ekstraktlarining tugallanmagan sut kislotali achitqisi hamda sabzavot, meva, rezavor ekstraktlar va oʻsimliklarning tabiiy shakarli boshqa xom ashyolari va mahsulotlari bilan hid va taʼm beruvchi qoʻshimchalarni qoʻshib yoki qoʻshmasdan ishlov berilgan alkogolsiz ichimliklar. |
| 12. | Maxsus tayyorlangan ichimliklar | Tarkibida ingrediyentlar (jismoniy qiymatga ega, sogʻlik uchun xavfsiz, aniq fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega), mavjud xususiyatlari aniqlangan va fan tomonidan oʻrganilgan alkogolsiz ichimliklar; maxsus tayyorlangan ichimliklar tetiklashtiruvchi, sport, diabetik, parhezbop va isteʼmolchilarning muayyan toifasi uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin. |
| 13. | Energetik ichimliklar | Tarkibida 150 mg/l dan ortiq kofein va (yoki) inson organizmiga tetiklashtiruvchi taʼsir koʻrsatish uchun yetarli miqdorda boshqa tarkibiy qismlar mavjud ichimliklar. |
| 14. | Gazlangan ichimliklar | Ichimlik idishini ochganda bosimning tushishi hisobiga ichimlikdan qisman pufak shaklida ajralib chiqadigan, tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam boʻlmagan miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar. |
| 15. | Gazlanmagan ichimliklar | Tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar. |
| 16. | Kiritmali ichimliklar | Tarkibida oʻsimliklarning turli tarkibiy qismlari — urugʻ, et (quyqa), pulpa mavjud boʻlgan alkogolsiz ichimliklar. |
| 17. | Funksional ichimliklar | Tarkibida turli oziq-ovqat qoʻshimchalari va taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, bir yoki bir qancha funksional oziq-ovqat ingrediyentlar miqdori mavjud, muntazam isteʼmol qilishda, yetarlicha inson organizmining jismoniy funksiyasini ijobiy natija bilan taʼminlash uchun xizmat qiladigan, asosi suvdan iborat suyuq funksional oziq-ovqat mahsuloti. |
| 18. | Tetiklashtiruvchi ichimliklar | Tarkibida inson organizmiga tetiklashtiruvchi taʼsir koʻrsatadigan individual kimyoviy moddalar qoʻshilgan ichimliklar. Tetiklashtiruvchi komponentlarga kofein, glikozidlar, taurin, eleuterozidlar, sxizandrin, glyukuronolakton kiradi. |
| 19. | Alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq aralashma (keyingi oʻrinlarda quruq aralashma deb ataladi) | Maʼlum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun moʻljallangan quruq oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti. |
| 20. | Sirop | Maʼlum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun moʻljallangan oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti. |
2-ILOVA
| Alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi zaharli elementlar va mikotoksinlarning ruxsat etilgan darajasi | ||
| Mahsulotlar guruhi | Koʻrsatkichlar | Ruxsat etilgan daraja, mg/kg yoki mg/cm3, dan koʻp emas |
| Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli, tetiklashtiruvchi (maxsus tayyorlangan) va sunʼiy-minerallashtirilgan | Zaharli elementlar: | |
| Qoʻrgʻoshin | 0,3 | |
| Margumush | 0,1 | |
| Kadmiy | 0,03 | |
| Simob | 0,005 | |
| Mikotoksinlar: | ||
| Patulin | 0,05 — tarkibida olma yoki pomidor yoki oblepixa sharbati boʻlgan alkogolsiz ichimliklar uchun | |
| Kofein | 150 — tarkibida kofein boʻlgan ichimliklar uchun | |
| Xinin | 85 — tarkibida xinin boʻlgan ichimliklar uchun | |
| Umumiy minerallar, g/l, koʻp emas | 2,0 — sunʼiy minerallashtirilgan ichimliklar uchun | |
|
Bir dona alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar isteʼmol qadogʻida biologik faol komponentlarining ruxsat etilgan maksimal darajasi | |
|
Komponent nomi |
Miqdori, mg |
|
Taurin |
1200 |
|
Glyukuronolakton |
750 |
|
L-karnitin |
900 |
| 2-jadval | |||
| Seziya-137 va Stronsiya-90 radionuklidlarining ruxsat etilgan darajalari | |||
| T/r | Oziq-ovqat mahsulotlari guruhi | Seziy-137 solishtirma faolligi, | Stronsiya-90 solishtirma faolligi, |
| 1. | Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli va sunʼiy-minerallashtirilgan ichimliklar | 70 | 100 |
| 2. | Pasterizatsiyalanmagan va 30 kundan kamroq muddatga ega boʻlgan konservantlarsiz alkogolsiz ichimliklar | 80 | 70 |
| 3. | Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq boʻlgan | 80 | 70 |
| 3-jadval | ||
| Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligining mikrobiologik koʻrsatgichlari | ||
| Mahsulotlar nomi | Koʻrsatkichlar | Ruxsat etilgan darajasi, mg/kg, koʻp emas |
| Alkogolsiz ichimliklar, shu jumladan, sharbatli, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq boʻlgan: | ||
| - shakarda | BGKP* (koliformlar) 100 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE**/100 cm3, koʻp emas | 15 | |
| - tam beruvchilarda | Mezofilli aeroblar miqdori, KOYE/100 cm3, koʻp emas | 100 |
| BGKP (koliformlar) 100 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| - sharbatli tarkiblar | BGKP (koliformlar) 100 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE/40 cm3, koʻp emas | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Alkogolsiz ichimliklar uchun konsentratlar (suyuq, pastasimon), aralashmalar (kukunsimon, tabletkali, granulali va shunga oʻxshash) | KMAFAnM***, KOYE/cm3, (g), koʻp emas (tarkibida bikarbonat natriya boʻlgan konsentratlardan tashqari) | 5x104 |
| BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE/10 cm3, koʻp emas | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Pasterizatsiya qilinmagan siroplar | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE/10 cm3, koʻp emas | 50 | |
| Issiq pasterizatsiyalangan siroplar | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE/40 cm3, koʻp emas | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Tozalanmagan kvaslar: | ||
| - keglarda | BGKP (koliformlar) 3,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| - quyiladigan | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Pasterizatsiya qilinmagan tozalangan kvaslar: | ||
| - polimer shishalarda (PETF) | BGKP (koliformlar) 10,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| - keglarda | BGKP (koliformlar) 3,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| - quyiladigan | BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Pasterizatsiya qilingan tozalangan kvaslar | KMAFAnM, KOYE/cm3, koʻp emas | 10 |
| BGKP (koliformlar) 10,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE/ g, cm3, koʻp emas | 100 | |
| Qaynoq alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq oʻsimlik xom ashyosi | KMAFAnM, KOYE/cm3, koʻp emas | 5x105 |
| BGKP (koliformlar) 1,0 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da | yoʻl qoʻyilmaydi | |
| Achitqi va mogʻorlar, KOYE/ g, koʻp emas | 100 | |
| 4-jadval | ||
| Parazitologik koʻrsatkichlar | ||
| Mahsulotlar guruhi | Koʻrsatkichlar | Ruxsat etilgan daraja, mg/kg, koʻp emas |
| Alkogolsiz ichimliklar, suyuq konsentratlar, siroplar, kvaslar | Gelmint tuxumlari, oddiy patogen ichak kistalari | yoʻl qoʻyilmaydi |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qaroriga
2-ILOVA
Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | ||||
I bosqich | — | “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | — | Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) yetkazish. | — | Uch kun |
II bosqich | — | “Oʻzstandart” agentligi,Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | — | 1. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish boʻyicha mavjud normativ hujjatlar roʻyxatini tuzish va xatlovdan oʻtkazish. 2. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish. | — | Bir oy Oʻn kun |
III bosqich | — | “Oʻzstandart” agentligi | — | Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrish. | — | Olti oy |
IV bosqich | — | “Oʻzstandart” agentligi,Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | — | Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlash. | — | Jadvalga muvofiq |
V bosqich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organi | — | 1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza va unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish. 2. Sinovdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish. 3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy boʻlganda ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologik xulosani berish. | — | Belgilangan tartibda |
VI bosqich | — | Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari | — | Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish. | — | Uch ish kuni mobaynida |
VII bosqich | — | “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | — | Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash. | — | Belgilangan tartibda |