ILOVA
T/r | Huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar nomi | Haq miqdori* (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan) |
1-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun | ||
1. | Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash | 15% |
2. | Meros ishi | 20% |
3. | Dalillarni taʼminlash | 20% |
4. | 1 — 3-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish | 5% |
2-bob. Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun*** | ||
5. | Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari | 20% |
6. | Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari | 30% |
7. | Garov (ipoteka) va lizing shartnomalari | 25% (jismoniy shaxslar uchun yoki taraflardan biri jismoniy shaxs boʻlsa) 100% (taraflarning barchasi yuridik shaxs boʻlsa) |
8. | Mulk ijara shartnomalari | 20% |
9. | Mediator sifatida tasdiqlanadigan mediativ kelishuvlar | 55% |
10. | Ishonchnomalar | 10% |
11. | 5 — 10-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa bitimlar | 20% |
12. | Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar | 100% |
13. | Dalillarni taʼminlash boʻyicha hujjatlar | 100% |
14. | 12 va 13-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlar boʻyicha hujjatlar | 10% |
3-bob. Texnik tusdagi harakatlar amalga oshirilishi uchun | ||
15. | “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali maʼlumot chop etish yoki texnik vositalar yordamida hujjatlardan nusxalar koʻchirish (har bir bet uchun) | 0,5% |
16. | Hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlash (har bir bet uchun) | 2% |
4-bob. Boshqa qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilishi uchun | ||
17. | Apostil qoʻyish va (yoki) hujjatlarni legallashtirish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish | 20% |
18. | “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish (har bitta mulk uchun)** | 15% |
19. | “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun elektron ariza toʻldirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish (har bir notarial harakat uchun bir marotaba) | 10% |
20. | Hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish (har bir bet uchun) | 15% |
21. | Umumiy ulushli mulk ishtirokchisini imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qilish | 20% |
23. | Notarial harakatni notarial idora binosidan tashqarida amalga oshirish (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasida davlat boji toʻlashdan ozod etilgan notarial harakatlar boʻyicha belgilangan haq miqdorining 50 foizi undiriladi) | 50% |
24. | Notarial harakatni amalga oshirishda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar olish uchun soʻrovnomalar yozish (elektron shaklda yozilgan soʻrovnomalar bundan mustasno) | 5% |
25. | Hujjatlarni saqlash (har 250 varaqqacha boʻlgan hujjatlar uchun bir sutkagacha) | 0,5% |
26. | Pul summalari yoki qimmatli qogʻozlarni depozitda saqlash (bir sutkaga) | 1% |
27. | Notarial harakatlar doirasida kuryerlik xizmati koʻrsatish | 10% |
28. | Notarius tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlar berilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar stavkalarining 4-bandida belgilangan hujjatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali olish va chop etish (har bir yuridik shaxs uchun)*** | 5% |
29. | Mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni (xatlovni) bekor qilish yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankiga kiritish (har bir mulk uchun) | 5% |