Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PASPORT BOʻLINMALARI VA MANZIL-MAʼLUMOT BERISh BYuROLARI TOMONIDAN KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR UChUN TARIF STAVKALARINI OʻZGARTISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq va yangi iqtisodiy munosabatlarga oʻtilishi sababli Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun fuqarolar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan olinadigan tarif stavkalari tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
2. Belgilansinki, SSSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 28-avgustdagi 677-son qarorining pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan tarif stavkalarining miqdorini belgilash qismi qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-avgust,
359-son
Pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot terish byurolari koʻrsatadigan xizmatlar uchun
TARIF STAVKALARI
TARIF STAVKALARI
|
Poshlina olinadigan hujjatlar va harakatlarning nomi |
Stavkalarning miqdori |
| Pasportini berganlik uchun | 50 soʻm |
| Qishloq ovul va posyolka Kengashlari uchun 200 varaqli uy daftarlarini berganlik uchun | 20 soʻm |
| Yakka tartibdagi uy-joy egalariga uy daftarlarini berganlik uchun | 10 soʻm |
| Fuqarolarni propiska qilganlik va propiskadan chiqarganlik uchun | 10 soʻm |
| Chegara zonasiga kirish uchun propusklar berganlik uchun va ruxsatnomalarni rasmiylashtirganlik uchun | 10 soʻm |
| Pasport yoʻqolganda, familiyalar, ismlar, tugʻilgan yil oʻzgartirilganda qilingan ishlar uchun | 50 soʻm |
| Yoʻqolgan pasportning oʻrniga vaqtincha berilgan 9-son maʼlumotnoma uchun | 3 soʻm |
| Manzil-maʼlumot berish byurosi tomonidan beriladigan maʼlumotnoma uchun: | |
| fuqarolar uchun | 1 soʻm |
| korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun | 3 soʻm |
| Alimentlar va davlat qarzlarini toʻlashdan boʻyin tovlab yurgan shaxslarni mahalliy qidirishni tashkil etish va amalga oshirish uchun | 200 soʻm |
| Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosidagi qidiruvlar uchun | shartnomaviy narx boʻyicha |